13:10
Semirish va ayol salomatligi

Ozishni istaganlar ko'p,
lekin haqiqiy natijalarga
faqat ba'zilar erisha
oladi. Tez muddatda dori
vositalar yordamida yoki
och qolish yo'li bilan
ozayotganlar katta xato
qiladilar.
Birinchidan, bu
organizmga qattiq zarba
keltiradi, ikkinchidan,
bunday yo'l bilan
yo'qotilgan vazn tez
orada o'z o'rniga
qaytadi. Chunki tez ozish
natijasida organizmda
yog'lardan tashqari suv,
mushak massasi va
uglevodlar miqdori ham
kamayadi, ketgan yo'g'
o'rni esa bo'sh qoladi,
natijada ushbu bo'sh
qolgan to'qimalar yana
yog' bilan qoplanib
olishga harakat qiladi.
Undan tashqari har xil
dietalar natijasida
mushak massasi
o'zgaraverib yurak
kasalliklarini va qandli
diabet kasalligini yuzaga
keltirishi mumkin.
Yuqoridagi salbiy
oqaibatlardan xoli
bo'lish uchun kuniga 5-6
marta, lekin kichik
miqdorda ovqatlanish
tavsiya etiladi. Vazn
yo'qotilgandan so'ng
esa, yeyish porsiyasini
oshirmagan ma'qul.
Yana bir ayyorlik-bu
oshqozonni aldash. Ya'ni
oshqozonga to'qlik
hissini berish. Bunga
yengil sho'rvalar,
sabzavotli pyure,
yog'sizlangan sut
mahsulotlari, qaynatilgan
jigarrang guruch va
tabiiy sharbatlar yordam
beradi. Undan tashqari
ovqatlanishdan oldin
ichib olingan 1 stakan
iliq suv to'qlik hissi
tezroq kelishini
ta'minlab beradi.
Vazn yo'qotayotganda
nafaqat ozish balki
chiroyli ozish kerak.
Buning uchun jismoniy
mashg'ulotlar sherik
bo'lishi darkor. O'ta og'ir
mashg'ulotlar talab
etilmaydi. Lekin kuniga 1
soat davomida havoda
yurish, asta chopish,
jismoniy mashg'ulotlar
bajarish maqsadga
muvofiq bo'ladi.
Yapon
olimlarining
fikricha,
kuniga 10
000
qadam
bosib
o'tish
ozish
uchun
eng
yaxshi
vosita.
Ozayotganlarga
ko'pincha oqsillik dieta
tavsiya etiladi. Lekin
oqsillik dieta natijasida
organizmdan suv ko'p
miqdorda chiqib ketadi.
Ayollarda bu holat tez
ajin tushishida namoyon
bo'ladi. Undan tashqari
organizm ko'p suv
yo'qotishi buyrak va
jigarga salbiy ta'sir
ko'rsatadi.
Quyidagilarni bilib
qo'yish foydali:
Uglevodlar (un va yorma
mahsulotlari, shirinliklar,
shakar) - eng asosiy
energetik modda. Ular
vazn oshishiga asosiy
sababchidir. Ozmoqchi
bo'lganlar uglevodlar
miqdorini kamaytirishi
lozim.
Oqsillarning
yetishmovchiligi soch
holatida salbiy namoyon
bo'ladi.
Shakar semirtiradigan
uglevod bo'lgani bilan
miya ishlashi uchun
zaruriy modda. Bu
haqda talabalar, aqliy
mehnat vakillari
unutmasligi kerak.
Tuz organizmda suvni
ushlab qoladi natijada
buyrak va yurak faoliyati
zo'riqadi. Ozish
davomida tuzning
miqdorini kamaytirish
maqsadga muvofiq
bo'ladi.
Yoshi 35dan oshgan
ayollarda barcha dietalar
oqibati yuz terisida
namoyon bo'lib, ajinlar
soni tez ko'payib
ketishiga olib keladi.
Dieta davomida
yetarlicha boshoqli
mahsulotlardan iste'mol
qilish zarur. Ular
yordamida soch va teri
holati yaxshilanadi.
Manba: uzbaby.uz
Просмотров: 3565 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Каердан Ташриф Буюрасиз?
Всего ответов: 176
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama