18:30
Bo'y o‘sish nimaga bog‘liq?

Ko‘pchilik ota-onalar
farzandi o‘smayotanidan
xavotirga tushadi. Lekin
ko‘p holatlarda bu o‘rinsiz
bo‘lib chiqadi. Chunki
ozgina vaqt o‘tishi bilan
bola tezlik bilan o‘sib
ketadi.
O‘sish jarayoni ma’lum
qonun-qoidalarga
asoslanadi. Eng tez bo‘y
cho‘zilishi hayotning
birinchi yilida kuzatiladi.
Yangi tug‘ilgan
chaqaloqning bo‘yi
o‘rtacha 48 – 50 sm ni
tashkil etadi. Bir yil
davomida u 25 sm ga
o‘sadi. Demak, 75 sm ga
yaqin bo‘yga ega bo‘ladi.
Yildan yilga uning o‘sishi
pasayib boradi. Bola
ikkinchi yili 8 – 12 sm ga,
uchinchi yili 10 sm ga
cho‘ziladi. Keyingi yillarda
o‘sish 4 sm ga tushib
qoladi.
Sog‘lom bolalar o‘sish
davrida “sakrash”
bosqichini bosib o‘tadi.
Bu tabiiy holat bo‘lib,
birinchi sakrash 4-5
yoshlarda kuzatiladi.
Ikkinchi sakrash esa
balog‘at davriga to‘g‘ri
keladi. Bu davrda bolalar
juda tez, xuddi ikki
yoshliklaridagidek yiliga 8
– 10 sm ga o‘sadi.
Qizlarda bu 1 – 2 yil oldin
sodir bo‘ladi, lekin o‘g‘il
bolalar bo‘y borasida
keyinchalik qizlarni
orqada qoldirib ketadi.
Sakrash paytida bolalar
o‘zini yomon his qila
boshlaydi. Chunki
muskullar, ichki organlar
bolaning bo‘yiga yarasha
ishlay olmaydi. Buning
natijasida bolada
diskomfort – lanjlik
yuzaga keladi. Bu davrda
ota-onalardan alohida
e’tibor talab qilinadi.
Bolada jiddiy holatlar
yuzaga kelganda albatta
mutaxassisga ko‘rsatish
zarur. Bo‘lsa bo‘lar,
bo‘lmasa g‘ovlab ketar
qabilida ish tutish
yaramaydi. Vrach ham
kelajak avlod masalasini
hal qilayotganini anglay
bilishi kerak. Noto‘g‘ri
tashxis yoki maslahat
butun bir insonning
fojiasiga olib kelishi
mumkin.
Bola bo‘y borasida kimga
tortayotganini qanday
aniqlash mumkin? Buning
hech bir qiyin joyi yo‘q.
Bola birinchi o‘rinda ota-
onasiga mos bo‘yga ega
bo‘ladi. Odatda, bolalar
dadasiga, qizlar onasiga
o‘xshaydi. Agar ota-ona
novcha bo‘lsa bola ham
baland bo‘yli bo‘ladi, aks
holatda buning teskarisini
kuzatish mumkin.
Bola katta bo‘lganda
qancha bo‘yga ega
bo‘lishi mumkinligini
aniqlash formulasi
mavjud. Buning uchun
ota-onaning bo‘y
o‘lchamlari qo‘shiladi va
ikkiga bo‘linadi. Chiqqan
natijaga o‘g‘il bolaning
bo‘yi va 6,5 qo‘shiladi.
Qizlarda esa 6,5 ayriladi.
Oxirgi yig‘indi bolaning
bo‘yini ko‘rsatadi. Lekin
bu hamma holatlarda
ham to‘g‘ri
chiqavermaydi. Masalan,
og‘ir mehnat bolaning
o‘sishini sekinlashtirishi
mumkin. Lekin mehnat
bilan shug‘ullanmaslik
aqliy va jismoniy
rivojlanishga qusur
yetkazadi.
Yana bir masala. O‘n-o‘n
besh yilcha oldin ayrim
“madaniyatli” olimlar
beshik bolaning sog‘ligiga
zarar ekani to‘g‘risida
“tarbiyaviy soat”
o‘tkazgandi. Go‘yo
o‘zbeklar asrlardan buyon
foydalanib kelgan beshik
koni zarar emish. Shu
o‘rinda bir savol tug‘iladi:
axir, o‘zbek xalqining
dunyo tan olgan daho
farzandlari ham bir
paytlar beshikka
belangandir?.. Nega bu
“dono gap”ni aksioma
sifatida qabul qilish
kerak? So‘nggi yillarda
olib borilgan
tadqiqotlarga ko‘ra, bola
yoshligida yotqizib
qo‘yilsa o‘sishiga ijobiy
ta’sir ko‘rsatadi. Chunki,
o‘sish gormonlari uyqu
paytida ajralsa bola yaxshi
rivojlanadi.
Orifjon Madvaliyev
Manba: OrifTolib.uz
Просмотров: 3086 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Ёшингиз Неччида ??
Всего ответов: 372
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama