01:44
Bo‘yida bo‘lish va homilaning rivojlanishi

Tabiatning jinsiy yaqinliqdan ko‘zda tutgan
maqsadi yangi hayotning dunyoga kelishini
ta’minlashdir. Qanday qilib inson-dan inson paydo
bo‘ladi? Yorug‘ dunyoni ko‘rgunicha u qanday
yashay-di?

Homilaning paydo bo‘lishiga sabab urug‘lanishdir.
U jinsiy yaqinlik natijasida ayol tuxum
hujayrasining erkak pusht hujay-rasi
spermatazoid bilan qo‘shilib ketishi (singaliya)
oqibatida yuzaga keladi. Qinga tushgan
spermatozoidlar bachadon bo‘yni or-qali bachadon
bo‘shlig‘iga, so‘ngra tuxum yo‘liga o‘tib, shu
yerda jinsiy yaqinliqdan 1,5—2 soat o‘tgach,
tuxum hujayra bilan to‘qnash keladi. Tuxum
hujayraning pusti hisoblanadigan yupqa par dani
teshib faqat bitta spermatozoid (eng kuchlisi)
ichkariga o‘tib oladi; spermatozoid yadrosi va
tuxum hujayra bir-biriga qo‘shilib ketadi (bu
vaqtda tuxum hujayrada shunday murakkab
o‘zgarishlar yuz beradiki, natijada boshqa
millionlab spermatozoid o‘tolmay halok bo‘ladi) va
urug‘lanish (singaliya) sodir bo‘ladi.

Dastlab urug‘langan tuxum hujayra (zigota)
faqat mikroskop-lardagina ko‘rinadigan juda
kichik tomchi holida bo‘ladi. Bachadon nayining
to‘lqinsimon qisqarishi tufayli urug‘langan tuxum
bachadon bo‘shlig‘i tomon surilib boradi. Ayni
vaqtda urug‘langan tuxumda bo‘linish jarayoni
boshlanadi: avval ikki nimtaga ajra-ladi, ularning
har biri o‘z navbatida yana bo‘linaveradi.
Shunday qilib, bitta tuxum hujayrasidan shaklan
diametri 1,5 mm li tut mevasiga o‘xshab
ketadigan sharsimon tanani hosil qiluvchi behi-sob
hujayralar paydo bo‘ladi. Mana shu bir talay
hujayralardan asta-sekin juda murakkab yo‘l
bilan tabiatning eng ajoyib tuhfasi — homila,
odam pushti (homila tuxumi) hosil bo‘ladi. U
embrion ichida rivojlanib boradi. Aytish kerakki,
homilaning eng murakkab, eng sirli davri ham
aynan ana shu davr. Hech bir ayol o‘z ichida
kechayotgan bu murakkab jarayonlarni his
qilmaydi, qachon homilador bo‘lganini ham aytib
bera olmaydi.

Bachadon bo‘shlig‘iga tushgan homila tuxumi 6—8
kunda bachadon shilliq pardasiga payvandlanib
o‘rnashib oladi va homiladorlik (bo‘yida bo‘lish)
vujudga keladi. Homiladorlik 9 oy — 40 hafta yoki
280 kun davom etadi va bolaning tug‘ilishi bilan
yakunlanadi.

Homiladorlik vujudga kelib homila shakllana
boshlagan payt-dan ayol organizmida ham
tegishlicha o‘zgarishlar jarayoni kechadi.
Yuqorida aytib o‘tganimizdek homila ona qonidan
kislorod va oziq moddalarini (oqsil, yog‘, uglevod,
suv, vitaminlar, gormon-lar, mineral tuzlar)
oladi. Homiladorlikning 4-oyi boshida platsenta,
ya’ni yo‘ldoshning tarkibiy qismi — bola o‘rni
hosil bo‘ladi. Homila uzun chilvir ipga o‘xshash
(taxminan 50 sm) kindik orqali platsenta bilan
tutashadi. Kindiqdan qon tomirlari o‘tadi,
platsenta esa bachadon devoriga o‘rnashgan
bo‘ladi. Ona orga-nizmi bilan homilaning
platsenta orqali bog‘lanishi bola tug‘ilgunga
qadar davom etadi. Mubolag‘a qilmasdan aytish
mumkin-ki, tug‘ilajak bolaning rivojlanishi va
salomatligi platsentaning to‘g‘ri tuzilishi,
shakllanishi (kattaligi, qalinligi, to‘likdi-gi) va
faoliyatiga bog‘liq. Platsenta murakkab kimyo
laboratoriya -si vazifasini bajaradi, unda ona
qonidan keladigan oziq modda bir sidra «qayta
ishlanib» bolaga o‘tadi. Platsenta ayni vaqtda
homilaning har turli noxush tashqi ta’sirlardan
saqlab turadi-gan o‘ziga xos to‘siq vazifasini
ham bajaradi. Homilador ayollar turli dori-
darmonlarni faqat vrachning ruxsati bilan va
uning nazorati ostida qabul qilishlari va har xil
infeksiyalardan saklanishlari lozimligini homila
boshlanishidanoq ularga tu-shuntirib boriladi.
Sababi platsentaning tanlov qobiliyati ancha past.
U ona organizmiga tasodifan tushib qolgan
begona modda-larni ham onadan homilaga
o‘tkazib yuborib, unga ziyon yetkazishi mumkin.
Platsenta deyarli barcha kimyoviy va dorivor
moddalarni, ko‘p virus va mikroblarni o‘tkazib
yuboradi. Bola tug‘ilgandan keyin platsenta
bachadon devoridan ajraladi va kindik, homila
pardalari bilan birgalikda tug‘ruq yo‘llari orqali
tashqariga chiqadi.

Homila kun, hafta, oy sayin usadi va rivojlanadi.
18-kun-dayoq mo‘jizaviy tomchining shakli
o‘zgara boshlaydi, u torayib cho‘ziladi. Unda
asab, qon ishlab beruvchi yurak-tomir, hazm
qilish, chiqarish va boshqa a’zolarning kurtaklari
hosil bo‘la boshlaydi va yurakka o‘xshash narsa
vujudga keladi. Bu mittigina «tana»da tomir ura
boshlaydi. Yana 8 kun o‘tgach, tomchi ikki
baravar uzayadi, uning yuzasida juda kichkina
bo‘rtmachalar bilinib turadi, ke-yinchalik ular
quloq, iyak, umurtqalarga aylanadi. Bu jarayon
7-haftada sodir bo‘ladi.

Homilaning ikki oylikkacha bo‘lgan rivojlanish
davri emb rional davri deyiladi. 2 oylikda
homilaning bo‘yi 3 sm, massasi 11 g bo‘lib, sut
emizuvchilardan farq qilmaydi — ko‘zlari yirik,
bosh suyagi katta, ko‘rinishi baliqni eslatadi.
Homila sekin-asta odam qiyofasini ola boshlaydi.
11 haftadan so‘ng uvoqqina odam organiz-mi
shakllanadi. Homilaning a’zo va sistemalari hamda
platsenta yetilib boradi va mukammallashadi.
Ona homilaning harakatini birinchi homiladorlikda
20-haf-tadan seza boshlaydi. Homila qisqa-qisqa
turtkilar yoki muskul-larni qo‘zg‘atib
yuboradigan darajada o‘zini rostlash, kerishishga
o‘xshash qattiq harakatlar qiladi. Shuningdek,
homilaning yurak urishini ham eshitish mumkin; u
onaning yurak urishidan deyarli ikki baravar
tezroq uradi. Lozim bo‘lsa, 5—6 haftalik homila­
ning yurak urishini maxsus apparatlarda
anikdanadi. 5 oylik homilaning quloqlari yaxshi
eshita boshlaydi, u faqat onaning yurak
urishinigina emas, balki hali o‘zi ko‘rmagan,
bilmagan sirli tashqi dunyodan eshitilayotgan
qattiq ovozlarni ham ajrata olish qobiliyatiga
ega. Uning ham o‘ziga yarasha tashvishlari bor:
onasi harakat qilayotgan vaqtda behosdan nozik
tanasi qisilib shikastlanmasligi uchun mahkam
o‘rnashib olishga ulgurishi kerak; ona dam
olayotgan paytda erkin bo‘lishi, qo‘l-oyoqlarini
bemalol yozib olishi mumkin.

Homiladorlikning oxirida homilaning bo‘yi 50 sm va
undan ortiq, og‘irligi 3200—3500 g (ba’zida
undan ham ortiq) bo‘ladi. Shuni ham ta’kidlash
lozimki, to‘ng‘ich boladan ko‘ra, keyingila-rida
homilaning vazni og‘irroq bo‘ladi, 5—6-boladan
so‘ng yana kichiklashadi. Tug‘ilajak bolaning o‘zi
yorug‘ dunyo yuzini ko‘rishga astoydil tirishadi,
kuniga 200 dan ortiq harakatlar qiladi, endi qo‘l-
oyoqlarini qimirlatish bilan chegaralanib qolmay,
ag‘da-rilib ham turadi. Ichaklar, buyrak, me’da
ishlab turadi, terisi-ning rangi o‘zgarib
burishganlari tekislanadi. Go‘yo hamma hara-
katlagj bilan: «qani nimam meni odamga
o‘xshamaydi», deyayotgan-day. O‘xshashligini
isbotlash ma’nosida barmog‘ini so‘radi, hiqichoq
tutadi. Bu homila uchun eng mas’ul davr
hisoblanadi.

Homilaning bachadonda qanday joylashuvi
hammani qiziqti-radi. Bachadonda homila har
tomondan o‘ziga xos qobiq bilan o‘ralgan bo‘ladi.
Uni o‘rab turadigan «qog‘onoq suvlari» deb
ataladigan sarg‘ish rangdagi suyuqlik tashqaridan
bexosdan bo‘ladigan zarblarga to‘siq bo‘lib,
homilaning vaziyatini o‘zgartirib turishga imkon
beradi, qindan infeksiya kelib tushishdan
sakdaydi. Qog‘onoq suvi oqsil, tuzlar,
mikroelementlar, yog‘lar, qand, gormonlar,
fermentlar-dan iborat. Bunday tuzilma
homilaning o‘sishi uchun qulay sharoit yaratadi,
tashqi g‘ayriixtiyoriy shikastlardan sakdaydi,
unga harakatlar qilishga imkon beradi. Taxminan
homiladorlikning 30— 32-haftasiga qadar homila
bachadonda o‘z holatini osonlik bilan o‘zgartira
oladi, keyinchalik esa harakatlar sustlashadi.
Homiladorlikning oxiriga kelib homila ona tanasiga
nisbatan bo‘yla masiga holatda joylashgan bo‘lib
uning bo‘ylama markazi bachadon bilan ona
tanasining markaziga muvofiq keladi.

Homiladorlik-ning oxirida 99,5 foiz homila boshi
pastga qaragan tik holatda bo‘ylama holatini
oladi va bu normal holat hisoblanadi. Homila-
dorlikning 36-haftasida qorindagi bola shu qadar
katta bo‘lib qoladiki, bachadon bo‘shlig‘ida bor
gavdasi bilan harakatlana olmaydi, shuning uchun
u o‘zgarmas vaziyatni egallaydi. Ko‘pincha
bolaning boshi pastga qaragan, dumbasi tepada,
qo‘llari tirsak-laridan bukilib, ko‘ksiga
qovushtirilgan, oyoqlari chanoqson bo‘g‘i-mi
hamda tizzalaridan bukilib, tanasiga taqalib,
engagi ko‘kra-giga tegib turadi, natijada
bachadon bo‘shlig‘iga bemalol joyla-shib olgan
tuxumsimon tuzilma vujudga keladi.
Bachadonda bolaning boshi yuqoriga, dumbalari
esa pastga qaragan holatda yotishi kamdan-kam
uchraydigan hodisa. Shunday bo‘lgan taqdirda
tug‘ruq vaqtida homilani to‘g‘ri holatga o‘nglash
uchun shifokorning yordami kerak bo‘ladi.
Homilaning holati, qaysi tomoni balan yotganini
mutaxassis shifokor ko‘rib biladi, noa-niq
hollarda esa ultratovush yoki rentgenografiya
tekshiruvida anikdanadi hamda zarur choralar
ko‘riladi.
Manba: Wiki.arxiv.uz
Просмотров: 8479 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 2.0/1
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Ёшингиз Неччида ??
Всего ответов: 372
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama