23:39
Erkak jinsiy a’zosi kichikligi - Mikro-Penis (Suhbat)

Bemor ota onasi: - : Assalomu aleykum, Zarif
aka sizga bir ikki savollarim bor edi ruxsat
bersez?

- Eshitaman

- Og’limizni jinsiy a’zosi boshqa og’il bola
tengqurlariga nisbatan kichikdekmi tuyuldi.

Dr. Zarifjon: - - Juda ko’p ota onalar kerak
bolmgan taqqoslashlar bilan murojaat qilishadi,
lekin ularni ichida haqiqatdan ham mikropenis
holatlari kuzatmoqdaman. Aniqlashtirish
faqatgina ko’rik va olchash orqali boladi xolos.
Bemor ota onasi: - : Mikro penis nima degani?
Va buni bizning farzandimizda bormi yoqmi
qanday bilamiz nima qilaylik?

Dr. Zarifjon: - - Siz aytdingizku jinsiy a’zosi
kichikdek deb shuni tibbiy atalishi mikro penis
deyiladi. Vahimaga hojat yoq. O’lchab kormasdan
qaror qabul qilish tog’ri emas. Yangi tug’ulgan
chaqaloqlarda 2smdan kichik bolishi mikro penis
diagnozini qoyishimizga asos boladi. O’lchashni
albatta shifokor o’tqazgani ma’qul. Yoshga mos
jadvali quyidagicha:

O’rtacha penis boyi: normal/tortilganda

0-28 kun 3.2/3.5 cm,

1-5 oy 3.7/4.0 cm,

6-12 oy 3.9/4.2 cm,

1-2 yosh 4.3/4.7 cm,

2-3 yosh 4.8/5.0 cm,

3-4 yosh 5.1/5.5 cm,

4-5 yosh 5.3/5.7 cm,

5-6 yosh 5.6/6.0 cm,

6-7 yosh 5.7/6.1 cm,

7-8 yosh 5.9/6.2 cm,

8-10 yosh 5.7/6.2 cm,

10-11 yosh 6.3/6.9 cm,

11-12 yosh 7.6/8.5,

Voyaga yetganlarda8,5/9.3,

Bemor ota onasi: - : Boshqa biron bir kasallikka
aralashtirayotgan ham bolishimiz mumkinmi?

Dr. Zarifjon: - - Penis kichikligini “Komilgan
penis” yoki “yashiringan” penisdan ajratish kerak
boladi, buningchun pediatrga yoki andrologga
korishishlaring kerak boladi.

Bemor ota onasi: - : Gormonal ozgarish sababli
boladimi bular?

Dr. Zarifjon: - - Xaqiqiy mikropenis
homiladorlikdagi va yoshlik yillaridagi Testosteron
gormonini ishlab chiqarilishi yoki normal ishlab
chiqargan bolsa ham jinsiy a’zodagi sezuvchi
retseptorlardagi muammo natijasida rivojlanadi.
Davolashda endokrinolog bilan birga olib borilgani
maqul.
Chunki eng ko’p gonadotropinlar yetishmovchiligi
korinadi, qolqonsimon bez oldi bezi gormonlarida
ham kamchiliklar bolishi mumkin bazan
Keyingi sabablaridan biri esa moyaklardagi
Leyding nomli hujayra bor shunni Testosteronni
yetarli ishlab chiqarmasligidadir.

Bemor ota onasi: - : Deylik xaqiqatdan ham mikro
penisi bolsa qanaqa tekshiruvlar kerak boladi?

Dr. Zarifjon: - - Avvallo bemorni korikdan
otqaziladi undan keyin man sizga bolishi mumkin
bolgan tekshiruvlarni yozman lekin kopi ko’rikda
belgilanadi Kariotip, qondagi qand miqdori,
kortizol va samototropin, qolqonsimon bez
gormonlari, Gipofiz MRT.sini qilish kerak boladi.
Moyak funktsiyasini aniqlash uchun esa, FSG, LG
va Testosteron tekshrish kerak boladi.

Bemor ota onasi: - : Bu biron boshqa kasallikn
belgisi ham bolishi mumkinmi ?

Dr. Zarifjon: - - Tog’ri ba’zi irsiy kasalliklarni
belgisi bolishi mumkin yuqorida aytib otgan
tekshiruvlarimzda ularni ham kopi istisno qilinadi:
Klinefelter, Prader- Willi, Laurance- Moon-Biedl
ve Robinow kabilari bor.

Bemor ota onasi: - : Diagnoz qoyganizdan keyin
davolash haqida ham ozroq ma’lumot
beraolasmi?

Dr. Zarifjon: - - albatta diagnoz qoyganimdan
keyin kopincha erkaklik gormonlarni ishlab
chiqarishni stimulyatsia qilishim kerak boladi.
Kerak bolsa boshqa mutaxassislar xulosasini ham
sorashim mumkin masalan eng ko’p
endokrinologlar bilan birga nazorat qilaman
bemorlarni .

Bemor ota onasi: - : Kelajakda erkakligida
qo’zg’alishida, farzand korishida muammo bolishi
mumkinmi ?

Dr. Zarifjon: - - Gormonal dorilar ta’sirini boyga
nojo’ya ta’siri haqidagi fikrlar baxs munozarada
aniq toxtam yoq. Bu davolarni otqazmasak
bemorni kelajakda ayoli bilan yaqinlik qilishida,
farzand korishiga zararli tasirlarga ega,
shungchun shubxalanayotgna bolsez korikdan
otqazing, www.andrology.uz ga kirsez ishxonam,
telefon raqamim, qabul vaqtlarim yozilgan.
Kelajakda qo’zg’alishida muammo bolsa unga
mos davolaymiz. Undan tashqari bemor voyaga
yetgungacha tez tez ma’lum bir oraliqlar bilan
nazoratda turishi kerak boladi.

Bemor ota onasi: - : Yana bitta savol mumkinmi?
Sal oldin korsatgan tablitsangizda yoshi
kattalarda 9.3smdan kichik bolsa ham mikro
penismi? Agar shunaqa bolsa nimalar tavsiya
qilasiz?

Dr. Zarifjon: - - Albatta mikro penis hisoblanadi.
Kopincha bunday bemorlarda boshqa patoogiyalar
ham birgalikda keladi shuningchun bemorni
korgach kerakli tekshiruvlarni otqazgach,
Tavsiyalanri beramiz: Faqatgina jinsiy olatni
9.3sm dan kichik bolgan holatlarida xozirgi kunda
turli firmalar, internet saytlari, nafs qurbonlarini
Xitoydan va boshqa davlatlardan olib kelib
sotayotgan dorilarni hech biri ta’sir qilmaydi,
Juda kopchilik shularni tuzog’iga tushganlar
murojaat qilishmoqda..

Voyaga yetganlarda jinsiy olat kichik bolsa davosi
faqatgina jarrohlik yoli bilangina bolishi mumkin
xolos. So’z ochilganda yana shuni aytishim kerak
ki ba’zi bemorlar turli videolardagilarga xavas
qilib konglini ko’chasiga quloq solib
kattalashtirish va yog’onlashtirish dardida
bolishadi shularga ham javobim maqol bilan
aytganda “Taka bo’lsin sut bersin” deyman. Yani
uni o’lchami ahamiyatga ega emas asosiysi ish
bajarishda. Agar uylangan, farzandli bolgan bolsa
ham jinsiy olatni olchamidan
tashvishlanmasalaring ham boladi.
Manba: Andrology.uz
Просмотров: 8229 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytda sizga nimalar yoqmaydi ?
Всего ответов: 1
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama