00:59
Jinsiy ojizlikni davolash (Global)

Jinsiy ojizlikni davolash shifokor uchun oson
emas, albatta. Erkaklardagi jinsiy ojizlikni
davolashda uning kelib chiqish sabablarini
aniqlash va shunga qarab davolash rejasini tuzish
kerak bo‘ladi. Mabodo maxsus laboratoriya
sharoitida tekshirish zarurati tug‘ilsa, shifokor uni
ham buyuradi.

Davolashni muvaffaqiyatli o‘tkazishda ayol va er
o‘rtasidagi hamjihatlik hamda ularning shifokorga
yordami juda zarurdir. Agar shunday yordam
bo‘lmasa, shifokor ko‘pincha qiyinchilikka
uchraydi, davolash ba’zan behuda ham ketadi.
Jinsiy yaqinlik masalasida erkak ayolga
qaraganda ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lishi va
tashabbusni doimo o‘z qo‘lida saqlashi kerak
bo‘ladi. Er va xotin jinsiy yaqinlikka to‘siq
bo‘ladigan sabablarni birgalikda maslahatlashib
hal qilishlari - muvaffaqiyat garovidir. Eng avvalo,
jinsiy yaqinlik va uning to‘laqonli ijro etilishini
asab tizimi hal qiladi. Bunday asab tizimiga orqa
miyada joylashgan ereksiya va eyakulyatsiya
markazlari kiradi. Bu markazlar periferik asab
tolalari va jinsiy a’zolar hamda bosh miyaning
po‘stloq qavati bilan bog‘liq. Har qanday jinsiy
yaqinlikdagi buzilish, ozmi-ko‘pmi, asab tizimiga
aloqador bo‘ladi. Jinsiy gormon ishlab
chiqaradigan bezlarning yomon ishlashi,
gormonlar miqdorining kamayishi, jinsiy bezlarni
olib tashlash (bichib qo‘yish) jinsiy ojizlikka olib
keladi, bu hollar asab tizimiga asta-sekin shikast
yetkazadi, oldiniga jinsiy a’zolar ishini saqlashga
intiladi, birmuncha vaqt saqlab turadi ham,
keyinchalik batamom ishdan chiqadi. Ko‘pincha
jinsiy sekretsiya bezlarining faoliyati to‘laqonli
bo‘lsa ham, impotensiya sodir bo‘laveradi.

Demak, bunda jinsiy ojizlik bosh miya yarim
sharlarining po‘stloq qismi izdan chiqqan bo‘ladi.
Aksariyat erkaklarda uchraydigan impotensiyada
«kutish nevrozi» katta ahamiyatga ega. Afsuski,
bunday holat, yoshlar o‘rtasida hozirda keng
tarqalgan. «Yaqinlikni uddalay olarmikanman»
degan fikr ularga xalaqit beradi. Bunday toifadagi
erkaklarning jinsiy a’zolarida hech qanday
o‘zgarish yo‘q, hammasi joyida, lekin unda ruhiy
kamchilik bor, xolos. Bunday erkaklarni
davolashda ularni o‘z imkoniyatlariga ishontirish
muhim. Shifokor ularning jinsiy a’zolari
sog‘lomligi, biror kamchiligi yo‘qligini uqtirib,
bo‘ladigan yaqinlik uning uchun hech qanday
muammo emasligiga ishontira olishi lozim.
Prostata bezi kasalliklarida esa undan suyuqlik
olinib, tekshirishdan o‘tkaziladi va olingan
natijalarga qarab, maxsus davolash usullari
qo‘llaniladi. Shu o‘rinda biz bunday hollarda jinsiy
yaqinlikni kuchaytiruvchi kimyoviy dori-
darmonlarni qo‘llashdan ko‘ra prostata bezini
tabiiy usullar bylan davolashni tavsiya etamiz,
chunki kimyoviy dorilar vaqtincha yordam berib,
prostata bezi kasalligini kuchaytirib yuboradi.
Tabiiy usullar rejasi ishlab chiqilgan bo‘lib, ularga
bezni uqalash, tabiat in’om etgan maxsus «loy
yuborish, «ishtoncha» usulida chaplash, prostata
bezi suyuqligini keltiruvchi boshqa usullarni
qo‘llash, bundan tashqari igna sanchib davolash
muolajalari kiradi. Igna sanchib davolash
muolajasi badandagi hamda quloq suprasidagi
nuqtalarda olib boriladi.

Kezi kelganda shuni ham aytish kerakki, radio va
oynai jahonda, matbuot sahifalarida ekstrasenslar
va boshqa shunga o‘xshash mutaxassislarning
turli xastaliklarni, shu jumladan, jinsiy ojizlikni
davolashlari haqidagi reklama va e’lonlari
berilayotganligining tez-tez guvohi bo‘lib turamiz.
O‘zingiz bir o‘ylang, jinsiy ojizlikni qanday qilib
qo‘lni qimirlatishlar bilan davolash mumkin?
O‘zingizga ma’lum Kashnirovskiyning dovrug‘i
nima bilan tugadi?

Impotensiya ko‘pincha spirtli ichimliklarga ruju
qo‘yish tufayli ham kelib chiqishini yuqorida aytib
o‘tgan edik. Ichkilik ichgan kishi qonida jinsiy
gormonlar miqdorining bir necha marta kamayib
ketishi maxsus tekshirish usullari orqali
aniqlangan. Spirtli ichimliklar ichishni xush
ko‘ruvchi erkak, masalan, ichishni 15-16 yoshda
boshlagan bo‘lsa, ularning jinsiy a’zolari to‘liq
rivojlaimasidanoq jinsiy zaiflikka mubtalo bo‘lishi
mumkin, shuning uchun ular bu og‘udan tez
qutilish chorasini ko‘rishi lozim. • Ichishni
tashlagan jinsiy ojiz erkak, hali vaqtni qo‘ldan boy
bermagan bo‘lsa, bir yilga yetmay erkaklik
xususiyatini tiklab olishi mumkin. Bu hollarda ayol
eriga tanbeh berish o‘rniga, uning ichkilikdan
qutilishiga yordam berishi lozim. 45-50 yoshdan
so‘ng jinsiy yaqinlikni bir oy mobaynida qilmaslik
juda xavflidir. Bu o‘rinda, Abu Ali ibn Sinoning
«Ishlagan a’zo rivojlanadi, ishlamagani o‘ladi»
degan hikmatli maslahati erkaklar uchun doimiy
shior bo‘lishi kerak. Agar erkak yoshligida ko‘p
jinsiy yaqinlik qilgan bo‘lsa ma’lum yoshga
yetganida olati ishlamay qoladi degan gaplar ham
noto‘g‘ridir. Barvaqt boshlangan jinsiy yaqinlik
tartibli, ayolning ham imkoniyatlari hisobga olinib
amalga oshirilsa, bu ko‘p vaqt, hatto
keksayganida ham davom etadi.

Erkaklarda jinsiy ojizlikni davolashga oid
yuqoridagi maslahatlarga quyidagilarni
qo‘shimcha qilishni zarur deb topdik. Agar erkak
urug‘i tez to‘kilib ketsa
, ayol lazzatlanishiii kutish
qobiliyatiga ega bo‘lmasa, «qisish» mashqini
bajarishi lozim: bunda o‘tirganda, turganda, hatto
ayol bilan jinsiy yaqinlik vaqtida qorinni ichga
tortilib, chuqur nafas olinadi, anus mushaklar
qisiladi. Bu mashq bir necha marta kun davomida
bir ma’romda takrorlanib borilsa, barvaqt urug‘
to‘kilishiga barham berilishi mumkin. Jinsiy
qobiliyatni oshirish maqsadida quyidagi ikki tabiiy
retsept tavsiya qilinadi: Birinchi retsept: 50 mgr
yangi limon suviga 100 mgr spirt yoki aroq
qo‘shilib, ikki kun xona yorug‘ligida (bunda quyosh
nuri tushmasligi shart) saqlanadi, uchinchi kupi
muzlatgichning pastki qavatlaridan biriga
(muzxonaga qo‘yish mumkin emas) qo‘yiladi,
keyin 4-6 qavat dokadan o‘tkazilib, shisha idishda
yaxshilab aralashtiriladi. Undan jinsiy yaqinlikdan
20-30 daqiqa oldin 35-40 tomchi ichiladi. Ikkinchi
retsept 20-25 tomchi sarimsoqpiyoz suvi va 20-25
tomchi limon suvi 10-15 daqiqa ilgari tayyorlanib,
jinsiy yaqinlikdan oldin ichiladi.

3. Badanga quvvat beradigan ovqatlarni tanovul
qilish lozim. Bularga Abu Ali ibn Sino tavsiya
etgan dorilar, masalan, boqila, loviya, no‘xat
kiradi. Agar jinsiy zaiflikning sababi badan
kuchsizligi bo‘lsa, badanga quvvat beradigan
oziq-ovqatlar, masalan, yangi qo‘y go‘shtidan
sho‘rva, tovada pishirilgan, qovurilgan va kabob
qilingan go‘shtlar, halim, chala pishirilgan tuxum,
sholg‘om, sut, sariyog‘, oq non va bodom,
yong‘oq, pista mag‘izlari iste’mol qilinadi; bularga
dorivorlar qo‘shilib, piyoz, yalpiz, sariq va qora
beda bilan aralashtirib beriladi. Shuningdek,
hammomga tushish va quvvat beradigan yoglar,
masalan, gulsapsar moyi bilan badanni silash
ham jinsiy quvvatni oshiradi. Jinsiy ojizligi bor
kishi ketma-ket va ko‘p aloqa qilishdan saqlanishi
kerak. Shuningdek, ayoli hayz ko‘rgan, keksa,
kasal, uzoq vaqt jinsiy yaqinlik qilmagan paytda
jinsiy yaqinlik qilishdan saqlanishi kerak. Chunki
bularning hammasi urug‘ organlariiing quvvatini
kesadi. Jinsiy yaqinlikda zaif bo‘lgan kishilar
jinsiy yaqinlik mavzuida hikoya qiluvchi badiiy va
ilmiy asarlar, aloqa usullari va turlari to‘g‘risidagi
yozilgan kitoblarni o‘qishi kerak. Ular quvvat
yig‘ib bo‘lgunicha aloqani butunlay tark etib,
nafsini tiyib, shular ustida fikr qilishi lozim.

Aloqani tark etib, ojiz bo‘lib qolganlar ham ularga
yaqin turadilar. Bularni ham asta-sekin yuqorida
aytilgan usulda davolash kerak. Yana bir misol,
Ibn Sino ovqatlar to‘g‘risida gapirganda, jinsiy
yaqinlikda zaif kishilarning oziq-ovqati semiz
erkak uloq va qo‘y go‘shtidan, no‘xat va piyozdan
tayyorlanishi kerakligini aytadi. Bundan tashqari
go‘sht qovurilmasdan ishlatilishi, chunki qovurish
go‘shtning quvvati va ozuqaviyligiga to‘sqinlik
qilishini ham uqtirib o‘tadi. Ayollarda bo‘ladigan
jinsiy ojizlik ko‘pincha jinsiy sovuqqonlik bilan
bog‘liq. Ba’zi hollarda ayolning jinsiy ojizligi
onanizm bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bu
haqda misol keltiramiz. Bir yosh ayolning hikoya
qilishicha
, 13 yoshligidan onanizm bilan
shug‘ullanib, orgazmga erishib yurgan, turmushga
chiqqach, eri garchi qoniqarli jinsiy yaqinlik qilish
qobiliyatiga ega bo‘lsada, ayol orgazmni his
qilmaydi, ya’ni undan to‘laqonli lazzat ololmaydi.
Erining qo‘lini klitorni (bachadon qini) ushlashga
olib borib qo‘ysa eri g‘azablanib: «Bu yaramas
qiliqni qayerdan o‘rgangansan?», deb ta’ma qiladi.
Oqibat shu darajaga borib yetadiki, u eri bilan
go‘yo mexanizm, bir buyum singari aloqada
bo‘ladi. Shu tariqa muhabbat so‘nadi, nihoyat, u
eridan ajralib, boshqa yoqtirgan kishisiga
turmushga chiqadi. Ikkinchi eri esa ayol ko‘ngliga
yo‘l topadi. Shundan so‘ng ayol bundan keyingi
baxtli hayotidan xursandligini to‘lqinlanib so‘zlab
beradi. Bu keltirilgan misoldan ko‘rinib turibdiki,
erkak ayolning nozik ko‘ngil torlarini chertishga
katta e’tibor bilan qarashi kerak.
Manba: wiki.arxiv.uz
Просмотров: 11475 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytning yangi ko'rinishi yoqdimi ?
Всего ответов: 3
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama