01:39
Bolaning bachadonda noto'g'ri joylashuvi

Homiladorlikning 32-35 haftasidan so'ng
bola chiqish yo'li tomon boshi bilan
emas, yoni yoki tozi bilan joylashgan
bo'lsa, noto'g'ri joylashuv hisoblanadi va
kesarcha kesish orqali tug'dirilishni
taqazo etishi mumkin.

Normada bola homiladorlik ning ohirgi
haftalariga kelib chiqish yo'llari tomon
boshi bilan joylashib oladi. Har 2500
ming homiladorlik larning faqat 1
donasida bola tug'ish davriga kelib
bachadonda noto'g'ri joylashgan bo'ladi.
Ko'pincha bola tug'ish kuniga qadar
kerakli holatga ag'darilib oladi. Lekin
ba'zi sabablarga ko'ra bola boshi bilan
pastga qarab joylashib ola olmasa, u
holda uni kesarcha usulda tug'dirib
olish kerak bo'ladi. Aks holda tug'ilish
jarayonida bolaning salomatligiga zarar
yetkaziladi.

Nega bola bachadonda noto'g'ri
joylashib oladi?

Bolaning vazni juda kichik bo'lsa;
Homila oldi suv miqdori normadan
ko'p bo'lsa;
Bundan oldingi bola kesarcha kesish
usuli bilan tug'dirilgan bo'lsa;
Yo'ldosh pastda joylashgan bo'lsa;
Homilador ayolda preeklampsiya
holati bo'lsa;
Bolaning salomatligida muammolar
bo'lsa;
Ko'p homilali homiladorlik da;
Bachadon shakli bilan bog'liq
kasalliklar mavjudligida va boshqalar.

O'ttiz besh - o'ttiz
yetti haftagacha aniqlangan bolaning noto'g'ri joylashuvi tug'ish davriga qadar to'g'irlanib ketish
ehtimoli juda katta .


Nima qilsa bo'ladi?

Shifokor ruxsat bergan holda ko'p
yurish tavsiya etiladi;
Tabiiy to'lg'oq lar kelish davrigacha
kutgan ma'qul. Ba'zi chaqaloqlar
aynan to'lg'oq lar arafasida kerakli
holatga ag'darilib oladi;

Bunda eng muhimi
to'lg'oqlar boshlanmasidan
shifoxonaga yetib
borish . Chunki bola ag'darilib olishga
ulgurmagan bo'lib , to'lg'oq lar boshlanib
qolsa, shoshilinch kesarcha tug'dirish
yoki noto'g'ri holatda tabiiy tug' dirishga
to ' g' ri kelib qoladi.
Bu ona va bola salomatligiga ziyon
keltirishi mumkin . Kesarcha kesish operasiyasini
rejalashtirish borasida shifokor bilan jiddiy maslahatlashmoq lozim. Bola kerakli holatga ag ' darilib olishiga ham vaqt
berish kerak, ham ag' darila olmasa ,
rejalashtirilgan kesarcha kesish
operasiyasini o' tkazishga ulgurish
muhim .


Shifokor man etmagan holda bolani
ag'darilib olishi uchun emaklash
(kaft va tizzaga suyanib yurish)
tavsiya etiladi;
Qorinning past qismiga klassik
musiqani yoqib qo'yish. Bola
musiqani eshitishga talpinib
ag'darilib olish imkoniyati katta
bo'ladi;
Bola bilan gaplashib, undan mehr
bilan ag'darilib olishini so'rash.

Agar bola bachadonda noto ' g' ri
joylashganligi aniqlangan bo' lib ,
muddatidan oldin suv ketib yoki to ' lg ' oq lar
boshlanib qolsa, u holda tez yordam
chaqirish yoki darhol shifoxonaga borish
talab etiladi . Bola tug' ish yo' llariga
o' tmaguncha shoshilinch tarzda
kesarcha tug'dirib olinishi muhim .
Bachadonda noto'g'ri joylashgan bolani
tabiiy tug'ilishi qanday muammolarni
keltiradi?


Bolada kuchli asfiksiya bo'lishi (bo'g'ilib
qolishi, tana a'zolariga kislorod
yetishmasligi, natijada rivojlanishida
muammolar yuz berishi), oyoq-qo'llari
yoki yelkasiga shikkast yetkazilishi,
nafas olishda qiynalishi, tug'ish jarayoni
cho'zilib ketsa jiddiy muammolar
yuzaga kelishi ehtimoli katta.
Bolani boshi bilan pastga qarab
ag'darilib olilshi uchun
www.spinningbabies.com sayti ko'plab
mashg'ulotlar ishlab chiqqan.
Ushbu mashg'ulotlarni shifokor bilan
maslahatlashgan holda gina bajarib
ko'rish mumkin.
Manba: Uzbaby.uz
Просмотров: 4897 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 5.0/1
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Каердан сайтимизни Топдингиз?
Всего ответов: 110
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama