01:40
Ozish uchun oson yo'l (Allen Karr maslahati)

Dunyoga o'zining ozish haqidagi va
boshqa kitoblari bilan mashhur yozuvchi
Allen Karrning "Ozishning oson yo'li"
kitobiga asoslangan maslahatlar.

Bizga ma'lumki, ozish uchun kam
yeyish emas to'g'ri ovqatlanish zarur.
Ya'ni hammamiz biladigan semirtiradigan mahsulotlardan voz kechish vazn kamayishiga olib keladi. Semirtiradigan kalloriyasi ko'p
mahsulotlar bu - shokolad, yog'liq
go'sht, shirinliklar, non va non
mahsulotlari va hokazolardir. Allen Karr
bu tamoyilga qo'shimcha qilib bir qator
maslahatlar beradi. Ularning ba'zilarini
keltirib o'tamiz:

  • Ozishni niyat qilgan odam kuniga 3-4
    mahal ovqatlanishi kerak. Muhimi
    shundaki, shu ovqatlanish vaqti
    orasida suyuqlikdan boshqa hech
    nima yemaslik kerak.


  • Ertalabki nonushta faqat mevalardan
    iborat bo'lishi kerak.


  • Bir o'tirishda to'yib ketguncha emas,
    balki yetarlicha yeyish lozim. To'yish
    hissi paydo bo'lishi ko'p yeyilganidan
    dalolat beradi. Yetarlicha yeyishga
    esa o'z vazningizdan kelib chiqqan
    holda ma'lum bir portsiyani yeyish
    tushuniladi. Yetarli portsiya hajmini
    aniqlash uchun hozirgi yeyayotgan
    portsiyangizni asta-sekin kamaytirib
    borish kerak. Shunda to'qlik
    hissigacha olib kelmaydigan hajm siz
    uchun yetarli portsiya hisoblanadi.
    Undan ortig'i organizmingizga kerak
    emas.

  • Ora-orada shirinlik, pechenye, pista,
    qurt, sho'r danaklar kabi yengil
    yeguliklardan qo'rqish kerak. Ular
    birinchidan, ishtahani keskin ochib
    yuboradi, ikkinchidan, ularni yeganda
    to'xtash qiyin bo'ladi. Shunda siz
    qorningiz ochgani uchun emas, shu
    yeguliklar oshqozonni qo'zg'atib
    yuborgani uchun bemahalda
    ovqatlanishni istab qolasiz.


  • Qorin haqiqatan ochganda
    ovqatlanish haqiqiy lazzat keltiradi.
    Shunda to'yish hissi ham tez keladi.
    Qorin o'chmay turib shunchaki ora-
    orada yeb yurgan holda
    ovqatlanganda esa to'qlik hissi
    kelishi juda qiyin bo'ladi.


  • Yuqoridagi tamoyillar oddiyga oxshagani
    bilan aslida juda samaralidir. Ulardan
    ozish uchun emas, balki doimiy
    ravishda sog'lom hayot tarzida yashash
    uchun foydalanish kerak. Shunda natija
    dietalar va'da qilgandek 1 oyda yoki 1
    haftada emas, balki butun umr
    mobaynida sizni xursand qiladi.
    Manba: Uzbaby.uz
    Просмотров: 4334 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 0.0/0
    Eng ko'p o'qilganlar
    Материалов за текущий период нет.
    Homiladorlik Taqvimi
    Saytdan izlash
    So'rovnoma
    Saytning yangi ko'rinishi yoqdimi ?
    Всего ответов: 3
    Saytga Kirish

    Hisobot


    Reklama