07:57
Jinsiy tarbiya darslari haqida

O‘smirlik yillari boshlanib, yigit va qizlar
organizmda keskin o‘zgarishlar jarayoni
boshlangach, jinsiy hayot mavzusi haqidagi
to‘liq va sifatli ma’lumot, bilim va
ko‘nikmalarga muhtojlik seziladi. O‘z vaqtida
shu talab sifatli axborot manbai orqali
qondirilmas ekan, bo‘shliq o‘z-o‘zidan sifatsiz
manbadan olingan ma’lumot bilan to‘ldiriladi.
Ma’lumotning sifati, ishonchligiga hech kim
kafolat bera olmaydi.

O‘zbek oilalarining necha foizida ota-ona o‘z
farzandiga jinsiy hayot saboqlarini bera
oladi? Juda kam bo‘lsa kerak. Kimdir
uyaladi, kimdir ko‘p narsani, shunchaki, o‘zi
ham bilmaydi. Maktabda bu mavzu
o‘tiladimi? Bizning maktabda o‘tilmagan,
masalan. Qizlarni to‘plab bir narsalarni
o‘tishgan, lekin o‘g‘il bolalar chetda qolgan.
Kimdir maktabda erkak va ayol o‘rtasidagi
jinsiy aloqalar mavzusi yoritilgan darsda
qatnashgan bo‘lsa, shu blogpost ostiga
komment sifatida nima o‘tilgani, qanday
savollar muhokama etilgani haqida yozib
o‘tsa, xursand bo‘lardim. Ko‘rib turibmiz-ki,
o‘smirlar maktabda ham, oilada ham bu
borada bilim olmaydi. Ko‘cha-ko‘yda, gazeta-
jurnal, televizor va internetda o‘zi bilganicha
ma’lumot to‘playdi. Shular asosida bu
mavzu bo‘yicha muayyan qarashlar
shakllansa, ajab emas.

Fikrimcha, jinsiy tarbiya masalasiga davlat
miqyosida e’tibor qaratib, maktab dasturiga
"Jinsiy tarbiya” darslarini kiritish kerak.
Darslar 5-6 sinflardan boshlab o‘tilishi
maqsadga muvofiq. Yo‘q, erta emas. Dars
5-6-sinfdan o‘tiladi degani, 5-sinf
o‘quvchisiga 1 sentyabr kuniyoq jinsiy
aloqalar, ya’ni seks haqida bafurja gapiriladi
degani emas. Jinsiy a’zolar gigienasi,
balog‘atga etish davrida organizmda bo‘lajak
o‘zgarishlar va shunga o‘xshash narsalardan
boshlash mumkin. Eng muhimi, bolalar
yuqorida aytilgan o‘zgarishlar haqida, ular
boshlanmay turib bilishi shart. Oddiy misol:
yigitlardagi pollyusiya, qizlardagi
menstruatsiya haqida.

O‘g‘il bolalar va qizlar bu darslarda birga
o‘tirishi ma’qul emas, deb topilsa, alohida-
alohida bo‘lsa ham bo‘laveradi. Lekin bu
dastur boshqacha bo‘lishi kerak degani
emas. O‘g‘il bolalar qizlarning, qizlar yigitlar
organizmidagi o‘zgachaliklar haqida bilishi
shart. Misol keltiraman.

Bu voqeani yaqinda Issiqko‘llik nonvoyxona
(bo‘lka non chiqaradigan) boshlig‘i aytib
berdi. Uning aytishicha, reproduktiv sog‘liq
borasida avvallari bilimi uncha yaxshi
bo‘lmagan, bunga e’tibor ham bermagan.
YAqin tanishiga sherik bo‘lib borib-kelish
uchun Bishkekka treningga kelib qatnashgan
va bir dunyo yangi ma’lumotlar bilan
qaytgan. Qaytgach, qo‘li ostida ishlaydigan 8
nafar ayolni oldiga chaqirib, menstruatsiya
kunlari 3 kundan dam olish berishi, buning
uchun oylikdan qirqmasligi haqida ma’lum
qilgan. YA’ni ayollar hayzli kunlari 3 kun
ishga kelmasligi mumkin bo‘lgan. Aytishicha,
shundan keyin ayollarning boshliqqa ham,
ishga ham munosabati o‘zgargan.
Samaradorlik oshgan, g‘alva-janjallar ancha
ozaygan.


Ishonchim komilki, agar yoshlarga avval
boshdan shunday darslar berib borilsa,
tartibsiz jinsiy aloqalar soni ham, buning
natijasidagi turli jinsiy yo‘l bilan yuquvchi
kasalliklar soni ham ancha kamaygan
bo‘lardi. Sababi, yoshlarda o‘z organizmiga
nisbatan hurmat, javobgarlik hissi tarbiyalab
boriladi. Qolaversa, baxtli oilalar soni ham
ancha ortadi. Jinsiy hayot oila
mustahkamligining eng asosiy ustunlaridan
biridir.

Shermuhammad Abdug‘ ofurov
Manba: sangzor.uz
Просмотров: 8654 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytga Baho Bering!
Всего ответов: 129
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama