00:33
Jinsiy yaqinlik va oila qurish bobida Kaykovusning pandlari

Mashhur axloqshunos mutafakkir Kaykovus
«Qobusnoma» asarining yigirma oltinchi bobida
uylanish, jinsiy yaqinlik masalalarida o‘z pand-
nasihatlarini keltirib o‘tgan. Biz ham mavzu
doirasida ushbu nasihatlarni keltirib o‘tishni joiz
deb topdik.

XOTIN OLMOQ ZIKRIDA

«Ey farzand, agar xotin olmoq tilasang, o‘z
hurmatingni yaxshi saqlagil. Garchi mol aziz
bo‘lsa ham, xotin va farzandingdin darig`
tutmagil. Ammo xotinni pokdil, farzandni
farmonbardor va mehribon tutgil, bu ish sening
qo‘lingdadur, Xotin talab qilsang, xotinning molini
talab qilmagil. Nihoyatda xushro‘y xotin olmagilki,
uni ma’shuq tutarlar. Xotin pok niho1 va pok dil
bo‘lsun: kadbono‘ eriga dust bo‘lgay. Hayolig,
taqvodor, tili qisqa, molni yaxshi saqlaguvchi
bo‘lsun. Debdurlarki, yaxshi xotin erning va
umrning rohati bo‘lur, Agar xotining xo‘bro‘y,
mehribon va maqbul bo‘lsa ham, ixtiyoringni
butkul unga bermagil va uning hukmi ostiga
kirmagil. Nedinkim, Iskandarga debdurlar:
«Doroning qizin nima uchun olib xotin qilmassan,
bag’oyat xushro‘ydur». Iskandar dedi: «Jahon
xalqiga golibman, endi bir xotinga mag‘lub
bo‘lsam, ko‘p yomon ko‘rinur». Bas, o‘zingdin
muhtashamroq xotinni olmagil, qiz topilsa, eridin
qolg’on xotinni talab qilmagil. Nedinkim uning
(qiz bolaning) ko‘nglida sening mehringdin o‘zga
kishining mehri bo‘lmagay, hamma kishi birdek
bo‘lgay deb gumon etgay va o‘zga kishidin toma
qilmagay.

Ammo do‘st bo‘lmagon va kadbonu bo‘lmagon
xotindin qochgil, nedinkim, debdurlar «Kadbonu
bo‘lmagon tezroq band bo‘lur, ammo ul
masobada ermak. Buningdek xotin sening
molingni qo‘lingdin olib, so‘ngra seni unga molik
bo‘lurga qo‘ymagay, undin so‘ng sen uning xotini
bo‘lursan, lekin ul senga xotin bo‘lmas». Xotin
olsang, ulug’ salohlig xonadondii xotin talab qilgil.
Har turluk avboshning qizin olmagil, nedinkim,
xotinni uyning kadbonuligi uchun olurlar, urug
uchun olmaslar.

Xotin kamolga yetgon, oqila bo‘lgon, opasining
kadbo-iuligin, otasining kadxudoligin ko‘rgon va
bilgon bo‘lsun. Agar bundoq nozanin qo‘lingga
tushsa, uni aslo qo‘ldin chiqarmagil va e/sahd
qilibuni olgil... Agar sen xotiningga rashklik
qilmasang, u senga samimiyat bila munosabatda
bo‘lur. U senga ota-onang va farzandingdin ham
mushfiqroq bo‘lur va senga undin do‘stroq kishi
topilmas. Agar unga gayrat ko‘rguzsang, senga
ming dushmapdin dushmanroq bo‘lur va begona
dushmandin hazar qilsa bo‘lur, lekin undin hazar
qilib bo‘lmas. Agar qiz olsang, uni har qancha
yaxshi ko‘rsang ham, har kecha uning bila
yotmagil, ul barchaning odati ushbudur deb xayol
etar, agar bir vaqt sening uzring bo‘lsa, ul xotin
sensiz sabr qilur. Agar har kecha uning bila
yotmoqni odat qilsang, ul sensiz o‘zgani orzu qilar
va sabr qilmogi dushvor bo‘lur.

Gayrat mardin baeso kelturgil. Begayrat kishini
kishi demagil. Har kishida gayrat bo‘lmasa, dini
ham bo‘lmag’usidir. Xotinni aytg’onimdek
tutgopdin so‘ng, agar Xudoyi Taolo senga farzand
bersa, uning parvarishi fikrida bo‘lgil»
Manba: wiki.arxiv.uz
Просмотров: 4311 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Сайтга Кунда Неча Бор Кирасиз ???
Всего ответов: 86
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama