00:41
Jinsiy yaqinlik vaqtlari to‘g‘risida

Ko‘pgina adabiyotlarii ko‘rib chiqsak, amaliy
faoliyatda orttirilgan tajribalarga e’tiborni
qaratsak, bu borada ibn Sino keltirgan dalillar
to‘g‘riligi isbotlanadi, shu bois biz bu o‘rinda
uning asosiy fikrlarini targ‘ib bilan keltirishni lozim
topdik.

1. Qorin to‘lib turganda, to‘q paytda yaqinlik
qilmaslik kerak
, chunki oshqozon faoliyatiga zid
kelib, mazkur holatdagi jinsiy muloqot kelib
chiqadigan kasalliklarga tez va og‘ir ta’sir etadi.
Och qoringa ham aloqa qilmaslik kerak, chunki u
yanada zararliroq bo‘lib, kishi tabiatiga ziddir,
tabiiy quvvatini kesib tashlaydi va bu bilan
kasallik keltirib chaqiradi.

2. Me’da buzilgan vaqtda, shuningdek, qusish, ich
ketish bilan bog‘liq kuchli bo‘shanishdan, hayz va
qonli ich ketishdan so‘ng, jismoniy hamda
nafsoniy harakatlardan keyin qon oldirish, jinsiy
yaqinlikni vaqtincha to‘xtatib turish lozim. Issiq
vaqtlarda va issiq joylarda bunday aloqadan
saqlanish lozim.

3. Ichkilik ichilgandan keyingi mast holdagi jinsiy
yaqinlik ham keraksiz va xavflidir
. Jinsiy yaqinlik
sog‘lom va haqiqiy istak bilan bo‘lishi, shu nozik
soniyalarda noxush narsalarni o‘ylash, qo‘pol
harakat va muomala qilmaslik kerak. Mayl istak
ko‘pligi va to‘laligi bilan qo‘zg‘alishi lozim, bular
erkak quvvati sog‘lomligiga kafolat beradi. Aloqa
ikkinchi kechaga o‘tish vaqtidan keyin bo‘lsa bu
erkak quvvati sog‘lomligiga kafolat beradi. Ovqat
hazmi kamolotiga yetguncha erkak va ayol biroz
sabr qilib, aloqani ikkinchi kechaga o‘tish
vaqtidan keyin boshlasalar maqsadga muvofiq
bo‘ladi. Buning ikkinchi tomondan ham foydasi
borki, bundan keyin uyqu bo‘lib, quvvat qaytib
keladi, xotin uzoq vaqt uxlaganida bachadonida
urug‘ joylashib qaror topadi.
Manba: wiki.arxiv.uz
Просмотров: 12148 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Каердан Ташриф Буюрасиз?
Всего ответов: 176
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama