01:28
Lazzatlanish san’ati

Jinsiy yaqinlik tabiat in’om etgan hodisa bo‘lib,
tibbiy tilda koitus deyiladi. Jinsiy yaqinlikda jinsiy
a’zolardan tabiiy foydalaniladi. Bu jinsiy yaqinlik
vaqti sevgi bilan haqiqiy shug‘ullanish bo‘lib,
farzandning dunyoga kelishiga sababchi bo‘ladi.

Jinsiy yaqinlikning ko‘ngilli o‘tishi, undan ayol va erkakning lazzatlanishi uchun ikkala tomon ham
uning barcha san’ati bilan tanish bo‘lishlari lozim.
Jinsiy yaqinlik ayol va erkak o‘rtasidagi mehr-
muhabbatni mustahkamlaydi, oila totuvligini,
turmush halovatini hamda uning mazmunini
ta’minlaydi. Jinsiy lazzatlanishning yo‘qligi, uning
madaniyati, san’ati bilan notanishlik ko‘pchilik
yoshlarning ajralib ketishiga sabab bo‘ladi.

Talabalik davrimda tug‘ruqxonadagi amaliy
mashg‘ulot o‘tish vaqtida yosh juvon va o‘rta
yoshdagi tajribali xotin o‘rtasida bo‘lib o‘tgan
suhbat hali-hali yodimdan chiqmaydi. Bu suhbat
qulog‘imga chalinishi bilan o‘zimii panaga olib,
uni oxirigacha eshitishga muyassar bo‘ldim.
Tajribali xotin yosh juvonga savol berdi: «Hay,
eringiz bilan qo‘shilganda nimani sezasiz? Mazza
qilasizmi? Keyin sizda qo‘shilishga tez-tez ehtiyoj
bo‘ladimi?» Yosh juvon uyalib va bir oz qizarib:
«Qaydam, men bu narsalariing mazmuniga
yetganimcha yo‘q, ko‘pincha bu narsadai
qo‘rqaman ham, hech nimani sezmayman, u
kishim tez uxlab qoladilar», - deb javob berdi.

Tajribali xotin bu javobdan ajablanib, yosh ju­
vonga butun jinsiy yaqinlik lazzatlarini tushuntirib
ketdi va so‘zini: «Dunyoda bundan ortiq
rohatbaxsh lazzat bo‘lmasa kerak»
, - deya
tamomladi. Albatta, yosh juvon tug‘ruqxonadan
chiqqanidan keyin eridan o‘sha «lazzat»ni kutadi.

Iffati kuchli ayollar: «Turmush shu ekan», - deb
o‘tib ketishlari ham mumkin, lekin ilm-texnika
rivojlangan zamonamiz ayollari shunday o‘tib
ketarmikanlar? Hozirgi vaqtda yoshlar o‘rtasida
qo‘ydi-chiqdining ko‘pligi, zino va boshqa
illatlarning yuzaga kelayotganiga nima deysiz?
Demak, bu kabi ko‘ngilsizliklar kelib chiqmasligi
uchun har bir erkak va ayol jinsiy yaqinlik san’ati
haqida yetarlicha bilimga ega bo‘lishlari lozim.

Manba: “Sevgining lazzatli lahzalari” Ergash
Salimov Navro‘z nashriyoti Toshkent 2012 yil
Manba: wiki.arxiv.uz
Просмотров: 16601 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytda sizga nimalar yoqmaydi ?
Всего ответов: 1
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama