02:01
Jinsi kimlarning kiyimi?

Jinsi shim yoshlarning sevimli
kiyimi. U nafaqat yoshlarning, balki
kattalarning ham didiga mos
tushyapti. Ayniqsa, o‘zini
zamonaviy ko‘rsatishni xohlaydigan
yoshlar jinsining yangicha
uslubdagilarini, masalan, yirtig‘i
yoki yamog‘i borlarini, rangi
ayqash-uyqashlarini kiyyapti.

Barchaga birday manzur bo‘lishning
o‘zi bo‘lmaydi. Xo‘sh, jinsi qanday
ixtiro qilingan? Uning bunday
muvaffaqiyat qozonishiga nimalar
sabab?

“Jinsi” inglizcha “jeans” so‘zining
talaffuzdagi ko‘rinishi.
Jinsi shim
ixtirochisi Levi Straussdir. Asli
bavariyalik bo‘lgan bu odam 1853
yili pishiq ip-gazlamadan fermerlar
uchun maxsus korjoma – ishkiyim
tayyorlaydi. O‘sha paytlari bug‘
bilan yuradigan kemalar keng
ommalasha boshlagani sabab
yelkanli kema sanoati inqirozga
uchraydi. Yelkan tayyorlashda
ishlatiladigan mato – parusina
nihoyatda arzonlashib ketadi.
Kanopdan to‘qiladigan bu xildagi
qalin gazlama Fransiya yoki
Italiyada ishlab chiqarilar edi. Yangi
turdagi kiyimlar ayni shu
parusinadan tikiladi. Bu mato qalin
va pishiq bo‘lgani uchun undan
tayyorlangan jinsi shimlar o‘z
chidamliligi bilan tezda shuhrat
topadi. Keyinchalik kanop
gazlamalar asta-sekin iste’moldan
chiqib, uning o‘rnini paxtadan
to‘qilgan matolar egallaydi.

Lekin Levi Strauss fermerlarga
ishkiyim tikkuniga qadar ham
jinsiga o‘xshash shimlar ishlab
chiqarilgan. Buyuk Britaniyaga
Genuyadan “denim” degan mato olib
kelinar, undan shim tikilib, butun
Yevropa bo‘ylab “jeyn” yoki “jin”
nomi bilan sotuvga chiqarilardi.
1750 yili Jon Xolker “Fransiya
to‘qimachilik sanoatidan namunalar
kitobi”ni yozadi. Unda tasvirlangan
sakkiz modeldagi shim hozirgi jinsi
shimlarga juda-juda o‘xshab ketadi.
Miloddan oldingi 300 yillarga yaqin
Fransiyaning Nim shahrida “serge
de Nimes” – “Nim gazlamasi” deb
nomlangan mato ishlab chiqarila
boshlaydi. Oradan 1500 yil o‘tib,
“de Nimes” (“denim”) nomini olgan
ana shu matodan jinsi tikila
boshlagan.

1492 yili Xristofor Kolumb
Hindistonga yangi yo‘l qidirib
dengiz safariga chiqqanidan
xabardorsiz. Uning kemalaridagi
yelkanlar ham “serge de Nimes”
gazlamasidan tayyorlangan edi.
XVI asrda genuya (Italiya)lik
matroslar parusinadan tikilgan
shim kiygan. Vaqt o‘tib bunday
shimlarni “jenes” yoki amerikancha
talaffuz bilan “jins” atay
boshlaganlar.

XVI asr Yevropasida Genuya
paxmoq matosining bir turi – “jean”
mashhur bo‘lgan. Genuyaning
italyancha atalishi – “Gene” eski
frantsuz tiliga “Janne” bo‘lib o‘tgan,
undan esa ingliz tiliga ko‘chgan.
Demak, bu matoning nomi “Genuya”
toponimidan kelib chiqqan.

Gazlamaning o‘zi esa Fransiyaning
Nim shahrida to‘qilgan. Genuyaga
olib kelinib ko‘k rangga bo‘yalgan.
Jinsi shimlarning tarixi uzoqlarga
borib taqalar ekan, nega uning
ixtirochisi Levi Strauss hisoblanadi,
deb o‘ylayotgan bo‘lishingiz
mumkin. Buning sababi bor. Strauss
janoblari 1873 yilning 20 may kuni
AQSH savdo markalari va patentlar
idorasi (US Patent and Trademark
Office) dan № 139121 raqamli
patent oladi va ixtiro egasiga
aylanadi. Bu vaqtga qadar Strauss
Nyu Yorkda gazlama savdosi bilan
shug‘ullanardi. Kaliforniyaga
borgach, ko‘pchilik qatori tillo
talvasasiga tushadi: inglizlarning
parusinasidan shim tikib oltin
izlovchilarga sotishni mo‘ljal qiladi.
U tikkan shimlar ko‘pchilikning
talabiga javob berardi: qalin; teridan
emas, paxtadan tayyorlangan,
bemalol yuvish mumkin; uchta
katta cho‘ntagi bor, ikkitasi oldinda,
bittasi orqada va bitta cho‘ntakcha
ham qo‘shilgan. Shimlar o‘sha
vaqtda eng chidamli, turg‘un
hisoblangan to‘q ko‘k rang
(indigo)ga bo‘yalgan.

San Fransiskoga kelgan Levi
Straussning savdosi yurishib ketadi
va tez orada jinsi ishlab chiqarish
bo‘yicha yirik kompaniyaga – “Levi
Strauss and Co.”ga asos soladi.
Birinchi jinsilar 1 dollar 46 tsent
turgan.

Keyinchalik, XIX asrning o‘rtalarida
jinsi kavboylarga mos uslubda
ishlab chiqarildi.

XX asrning 60-yillariga kelib “jinsi
inqilobi” boshlandi, u butun dunyoni
zabt etishga kirishdi.

Hozir juda ko‘p firmalar jinsi ishlab
chiqarish bilan shug‘ullanadi. Har
bir ishlab chiqaruvchi o‘z uslubi,
o‘ziga xos belgi-qo‘shimchalariga
ega. Lekin keng tarqalgan
umumuslublar ham bor. Masalan,
“Slim Fit”, “Regular Fit”, “Relaxed
Fit”, “Loose Fit”, “Skinny”, “Easy Fit”,
“Low Waist”, “Boot Cut”, “Baggy”,
“Capris” kabilar.

Jinsi denim, shambri, jin, streych,
eykru kabi matolardan tikiladi.
Denim – eng qimmat mato, dastlab
dag‘al bo‘ladi, yuvilgach,
yumshaydi. Jin esa arzon,
sidirg‘asiga bo‘yalgan gazlama,
o‘rish ipi qiya (diagonal) bo‘ladi.
Jinsi ishlab chiqaruvchilar ko‘payib,
texnika va texnologiyalar
rivojlangani sari turli-tuman
modellar, yangiliklar ham ortib
boryapti.

2009 yili Levi Strauss firmasi
karnaycha (naushnik)li,
kompyuterga bog‘lanish moslamasi
bor va iPod pleerlarini masofadan
boshqaruvchi pultga ega jinsilarni
sotuvga chiqardi.

Maqolamiz boshida jinsi kattayu
kichikning didiga mos kelayotgani,
ko‘pchilikning sevimli libosiga
aylangani haqida aytgandik.
Dunyoda jinsi kirib bormagan
mamlakatning yo‘qligi ham bu
kiyimning muvaffaqiyatidan dalolat.
Biroq o‘zini hurmat qilgan har
qanday odam odob-axloqqa,
madaniyatga to‘g‘ri kelmaydigan
kiyimni (u qanchalik mashhur,
zamonaviy bo‘lishidan qat’i nazar)
kiymaydi. Yirtiq-yamoqli, yosh
bolaning xalta-ishtonini eslatadigan
shimlarni kiyib boshqalarga kulgi
bo‘lgandan yomoni yo‘q. Xoh milliy,
xoh xorijniki bo‘lsin o‘zimizga
yarashadigan, ham libos, ham ko‘rk
bo‘ladigan kiyimlarni kiyganimiz
ma’qul.

Orif TOLIB tayyorladi.
Manba: oriftolib.uz
Просмотров: 2095 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytga Baho Bering!
Всего ответов: 127
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama