02:11
Unutishga qancha vaqt kerak?

Britaniyalik psixolog va
neyrofiziologlar nashr qilgan
hisobotda aytilishicha, insonlar
o‘rtasida sevgining yuzaga kelishi
muhit, yashash joyi, ovqatlanish
tartibi, shuningdek, ular qaysi
vaqtda birga bo‘lishiga bog‘liq
ekan.

Tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, adabiy
va musiqiy qarashlarning
umumiyligi odamlarning
munosabatlariga eng kam darajada
ta’sir qiladi. Sevgining paydo
bo‘lishida ikki jinsning qaysi
ovqatlarni xush ko‘rishi yoki bo‘sh
vaqtlarini qanday o‘tkazishi kabi
mayda belgilar asosiy o‘rin tutadi.
83 foiz nikoh tomonlarning siyosiy
qarashlari, oziq-ovqatlarga qiziqishi
natijasida yuzaga keladi.

Olimlar ajralishgan er-xotinlar “bir-
birini unutishi” uchun qancha vaqt
ketishini ham hisoblab chiqishdi.
Unga ko‘ra, ajralishgandan so‘ng
nisbiy xotirjamlikka erishish uchun
kamida ular birga o‘tkazgan
vaqtning yarmi kerak bo‘lar ekan.
Masalan, 6 yil turmush qurgan er-
xotin ajrashgandan keyin yangi oila
qurishga tayyor bo‘lishi uchun
kamida uch yil kerak.

Britaniyalik olimlar asosan G‘arbiy
Yevropa mamlakatlari aholisi ustida
tadqiqot olib borgani sababli
chiqarilgan xulosalar ko‘p jihatdan
sharq kishilariga unchalik ham
to‘g‘ri kelavermaydi.

Bizningcha, britaniyalik olimlarning
hisob-kitoblari to‘g‘ri yoki
noto‘g‘riligini tekshirib ko‘rishning
hojati yo‘q. Avvalo, uylanishda yo
turmushga chiqishda yaxshilab
o‘ylab ko‘rish zarur. Keyin
bahamjihat yashab, qo‘sha qarigan
ma’qul.

Orifjon Madvaliyev | 2010
Manba: Oriftolib.Uz
Просмотров: 1856 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytda sizga nimalar yoqmaydi ?
Всего ответов: 1
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama