02:08
Varikotsele tezkor jarrohlikka muhtojmi

Savol: Harbiyga yaroqliligimni aniqlash uchun tibbiy
ko‘rikdan o‘tayotganimda shifokor-urolog menda
xatarli «Varikotsele» kasalligi borligini aniqladi.
Emishki, zudlik bilan operatsiya qildirmasam,
kengaygan ko‘k tomirlar moyaklarni bo‘gib, ularni
ishdan chiqazishi mumkin ekan. Bepusht bo‘lib
qolmaslik uchun tezda davolanishim zarur ekan.
Ularning fikri nechog‘li asosli?


Javob: Taniqli olim I.F.Yu ida (1973) bepushtlik
kelib chiqishida urug‘ tizimchasi vena qon
tomirlarining varikoz kengayishi kasalligi —
varikotselening oqibati adabiyotlarda ancha
bo‘rttirib ko‘rsatilganligini qayd etgan. Varikotsele
va moyak istisqosi (vodyanka) dardlarining
spermatogenez jarayoniga salbiy ta’siri o‘xshash
va albatta, ular moyaklarda qon aylanishining
surunkali qiyinlashuviga olib keladi. Eramizning I
asridayoq Qels varikotsele bilan shikastlangan
tomondagi moyaklarda qon buzilib, atrofiyaga
uchrashi mumkinligini ta’kidlagan.

1952 yilda Tillox bepushtlik kelib chiqishida varikotsele dardining ahamiyati xususida ilmiy xulosalarini e’lon qilgan. Varikotsele asosan chap tomondagi moyakni shikastlab, erkaklarning 10 foizida uchraydi. Bu erkaklarning 50-55 foizining shahvati tarkibida ma’lum salbiy o‘zgarishlar kuzatilgan. Ammo «bu kasallik 40 foiz erkaklarning
bepushtligiga sabab bo‘ladi», degan fikr o‘ta
bo‘rttirilgan va bugunda asossizligi ma’lum
bo‘lmoqda. Odatda, moyaklardan venoz qon oqib
chiqish jarayoni buzilishiga venoz klapanlar
kamligi, bu tomirlar devorlari nozikligi, ularning
ichki sig‘imi torligi hamda yorg‘oqning pastda
joylashganligi sabab bo‘ladi. (I.I.Epshteyn, 1959
y).

Varikotsele kasalligi og‘ir bosqichlarga o‘tsa, (bu
holda yorg‘oq ichi paypaslab ko‘rilganda moyak
girdi chirmoviqday kengaygan qon tomirlar bilan
o‘ralgan bo‘ladi)
jarrohlik davo uslubi shart
hisoblanadi. Ammo kasallikning boshlang‘ich
bosqichi spermatogenez jarayoniga deyarli salbiy
ta’sir ko‘rsatmaganligi bois operatiya qilishga
aslo o‘rin qolmaydi.
Manba: Avitsenna.Uz
Просмотров: 2456 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytda sizga nimalar yoqmaydi ?
Всего ответов: 1
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama