15:39
Ayol jinsiy funktsiyasini izdan chiqishi

Ilmiy ommabop maqola
Jinsiy disfunktsiya erkakka ham ayolga ham juda katta ta’sir qiladigan MUAMMO dir.
Butun Dunyo sog’liqni saqlash tashkilotini ta’rifiga ko’ra: - jinsiy sog’lomlik; kishi
jinsiy mavjudligini, shaxsiyat, munosabat va muhabbatini ortiradigan badanan,
xis – tuyg’u yoli bilan, aqliy va sotsial bir butunlashishidir. Jinsiy
munosabatdagi buzulishlar yoki kasalliklar yuqoridagilarning butunligini
buzulishiga va shaxsda psixologik va sotsial muammolarga sabab boladi.
Jinsiy aloqa(munosabat) – iki qarama qarshi
jinslarning biologik, ruhiy va ijtimoyi jihatlari bilan birlashishidir. Bu
birlashishni ma’lum, qa’tiy qoidalari yoq, juftlar bir birlariga va atrof,
muxitga zarar bermasdan va qoniqish hosil bo’lgungacha qancha, qanday
shakllarini o’zlari hal qilgan holatda yaqinlik qilaoladilar.

Bu maqolamda ayollar jinsiy funkstisyasini izdan chiqishi sabablari, belgilari,
tashxis va davolashga yondashish kabi savollarga javob olasizlar.

Ayollarda jinsiy qo’zg’alishlar qanday yuzaga keladi?

Ayollarda taktil (teginish) va ruhiy ta’sirlar natijasida bosh miyadagi kerakli markazlar
ishga tushadi. Bosh miyadan klitor va boshqa jinsiy a’zolarga yuborilgan
buyruqlar natijasida qo’zg’alish ro’y beradi. Ya’ni ayollar jinsiy aloqaga bosh
miyalari bilan ishtirok etishadi va bunung uchun ba’zi psixologik
tayyorgarliklar ham ahamiyatlidir. (Erkaklar diqqatiga)
Qo’zg’alish 4 bosqichda boradi:
- Jinsiy xohish bosqichi (Libido)
- Jinsiy qo’zg’alish bosqichi
- Orgazm bosqichi
- Boshalish, rezolyutsiya bosqichi
har bir bosqichda turli kimyoviy o’zgarishlar ro’y beradi va oxirgi
bosqich bilan yakunini topadi.

Jinsiy xohish bosqichi (Libido)

Xohish bosqichidir. Qarama qarshi jinsga psixologik qiziqish va xohish
paydo boladi. Yana boshqa tomondan esa o’tmishdagi jinsiy malakalari va
fantaziyalari qo’zg’alishga yordam beradi. Bir necha minutdan bir necha soatlab
davom etishi mumkin.

Qo’zg’alish bosqchi

Xarakatlar, teginishlar va psixologik qo’zgalishlar kuzatiladi. Ayol
ta’sirlanganda vagina va boshqa jinsiy a’zolarda qon oqimi kopaydai va
namlanadi. Oldingi 1/3 qismi torayib, orqa 2/3 qismi kengayib uzayadi. Bachadon
yuqoriga ko’tariladi. Bachadon bilan qindagi bu o’zgrishlar spermatozoidlarni
yurishini qulaylashtirish uchun bolsa kerak degan fikr bor. Klitor erkak jinsiy
olati kabi qattiqlashadi. Ko’kraklar kengayib, uchlari qattiqlashadi. Yurak
urishi tezlashadi, qon bosim ko’tariladi. Mushaklar sezuvchanligi oshadi. Nerv
sistemasini ta’sirida tomirlarni kengayishi hisobiga yonoq, boyin, ko’krak, va
qorin ust taraflarida qizillik paydo boladi.Nafas olish, puls tezlashadi,
mushaklar taranglashadi.

Orgazm bosqichi

Orgazm jinsiy extirosni eng ust bosqichidir, yani jarayonlarining pik
nuqtasidir. Teginishlar, xarakatlar, fikrlar orgazm bolishni qulaylashtiradi.
Mushak va asabdagi taranglik birdaniga boshashadi va butun vujudda bir
qator qisqarishlar navbatlashib keladi. Klitor, vagina, anus va qorin osti
mushaklarda kuchli qisqarishlar kuzatiladi. Jinsiy soxadagi mushaklardan
tashqari orqa, yuz, boyin va son mushaklarida ritmik qisqarishlar 5-12tagacha
kuzatiladi. Ortalama orgazm 19sekund davom etadi. Yurak urishi, qon bosim
ko’tarilishi va nafas olishlarning eng yuqori nuqtaga erishishi orgazm
bosqichidir.

Bo’shalish, rezolyutsiya bosqichi

Kuchli terlashdan keyin organism ozini normal holatiga qaytadi. Jinsiy
a’zolardagi qon tezlik bilan chiqadi. Klitor, bachadon ham o’z holiga qaytadi.
Ko’kraklar kichrayadi, uchlari yumshaydi. Qizargan joylar o’z holiga qaytadi.
Yurak urishlari, qon bosim va nafas olishlari iziga tushadi. Boshashish,
roxatlanish hissi, baxtlilik tuyg’usi paydo boladi.
Son va sifat jihatidan yetarli jinsiy ta’sirotlar tasirida ayollar bir
necha marta orgazm orqama orqa bolishlari ham mumkin.
Har doimgi jinsiy yaqinlik orgazm bilan tugamasligi ham mumkin. Jinsiy
aloqani sifatini korsatkichi bu orgazm bolishlik emas balki toyinish hissini
paydo bolishidir. Atrof muxit shartlarni mosligi, yaxshi juft, yetarli ruhiy
qo’zg’atishlar va o’ziga ishonch jinsiy aloqani eng asosiy parametrlaridir.

Ayollardagi jinsiy muammolar nimalardan
iborat?


Jinsiy xohishni buzulishi (jinsiy xohishni kamayishi, ozidan itarish)
Qo’zg’alishdagi o’zgarishlar
Sub’ektiv qo’zg’alishlarni buzulishi
Kombinatasiyalashgan qo’zg’alish o’zgarishi, Doimiy qo’zg’alishdagi
o’zgarish, Orgazm buzilishlari:
Jinsiy aloqada og’riqlar (Disparoniya)
Vaginizm
Jinsiy aloqadan qochishlik
Koitussiz genital soxadagi ogriqlar
shaklida tavsiflanadi.

Jinsiy xohishni buzulishi (jinsiy xohishni kamayishi, ozidan itarish)

Jinsiy aloqaga xohish yoqligi, yoki kamligi hatto yomon korishlik shaklida
ifodalanadi. Organik va psixologik sabablari bor. Jinsiy aloqaga yoki
hayol-fantaziyalarga be’tiborlik boladi.
Ayollarda juda ham kop uchraydi. Xohlamaslik erkaklarda 5% ayollarda 35% uchraydi. Ayol
kishi hayotida umuman kongli tolmagan yoki keyinchalik kamaygan bolishi mumkin.
Bu xolda ayol kishi orgazm bolmaydi yoki juda ham kam hollarda boladi.
Sabablari:
a’zolarda yoki gormonal muvozanatni buzulishi, ba’zi dorilar, yoqimsiz jinsiy
tajribalar, o’ziga ishonmaslik, jufti bilan jinsiy aloqadan boshqa paytda
yaxshi muomalada bolmasliklar, stress, depressiya holatlari bolishi mumkin.
Jinsiy aloqadan qochish, yomon korish jinsiy a’zolarga yoki jinsiy a’zolardagi
ajralmalarni yomon korish tarzida bolishi mumkin. Bunga yoshlikdagi xotiralari,
noto’g’ri yoki kam ma’lumotga ega bolishlik, tajjavuz, travmalar, zorlashlar,
jinsiy hayotga bolgan qo’rquv va uyalishlar sabab bolishi mumkin.
Juftlar bir birlariga jinsiy xohish va tanlovlarni aytaolishi kerak, sabrli va bir birini
tushunishi kerak, kundalik hayotda ham er- xotinlik yaxshi muomala, dostlik
bolishi kerak. Xohish yoqligi davom etaversa shifokorga murojaat qilishlik va
davolanishlik kerak.

Qo’zg’alishdagi o’zgarishlar

Qo’zg’alishni izdan chiqishi kuzatilgan ayollarda koitusga tayyorlash va jinsiy aloqa
davomida lazzatlanishiga yetarli qo’zg’atishlar bo’lmaydi. Qo’zg’alish
bolmaganligi sababli kerakli biologik jaryonlar ro’y bermaydi va klitor
qattiqlashuvi, qinning namlanishi, lazzatlanish va orgazm qiyinlashadi. Ayollar
shu holatda ham jinsiy aloqada bolaoladilar, lekin vaginada namlik bo’lmagani
sababli mayda shikastlanishlar sababli ogriq, achishish paydo boladi. Sabablari
sifatida; sistemalik kasalliklar (diabet), gormonal muammolar, menopauza,
dorilar, xirurgik yondashuvlar sababli nervlarni jarohatlanganligi va shu
juftga nisbatan xohish yoqliklarini ko’rsatishimiz mumkin.

Jinsiy aloqada og’riqlar (Disparoniya)

Tibbiyotda disparoniya deyiladi va ayol kishini jinsiy aloqa paytida og’riq sezishiga
aytiladi. Jarrohlik operatsiyasi
o’tqazgan ayollarning 30%ida kuzatiladi
bu holat va o’g’riqli jinsiy aloqa shikoayati bilan shifokorga murojaat qilgan
bemorlarni 40%ida tibbiy o’zgarishlar
topiladi . Juftlar bilan yotoqda mos kelmaslik ham psixologik og’riqlarga sabab
boladi. Og’riq bilan murojaat qilgan ayollarning yarimida vaginizm aniqlanadi.
Vaginizm; jinsiy aloqa paytida vaginani tashqi 1/3 qism mushaklarni beixtiyori
qisqarishi va jinsiy olat kiritishga xalaqit berishidir. Travma, tajavvuz va
operatsiyalar natijasida paydo bolgan bolishi mumkin. Bundan tashqari qizlik
pardasi qoldiqlari, tug’ruqdagi tikishlar, bezlardagi shamollashlar va
menopauzadagi qindagi ozgarishlar sabab bo’lishi mumkin.
Vaginizm
asosan psixologik sabablar tufayli yoki qattiqqo’llik bilan qilingan tarbiya
sababli rivojlanishi ham mumkin. Ota-ona munosabatlarni yaxshi bo’lmasligi, ona
becharohol, ota esa jahldor, onasini uradigan, birinchi aloqani juda ham
og’riqli boladi deyilishi, jinsiy hayot ayollarga hech qachon yaxshi emasligini
lekin chidashga majbur deb tushuntirilishi, vazifasi deb tushuntirilishi, qinga
zarar tegadi degan qo’rquv, o’ziga ishonchsizlik va o’zini aybdor his qilishi
vaginizm rivojlanishiga turtki bo’ladigan holatlardir. Tibbiy davolash,
psixoterapiya va jinsiy terapiya olishlari shart.

Orgazm buzilishlari

Umuman orgazm bolmaslik yoki orgazm kelishi qiyin holat juda ham kam uchraydi. Dastlab
vaginizm sabab va psixologik sabablari
ham bor.
Ba’zi ayollar qin orqali ba’zi ayollar klitorni qo’zg’atish orqali orgazmni his
qilishadi. Bu normal holat.
Ayol kishi orgazmni his qilishi uchun yetarli qo’zg’atishlar, j.aloqaga tayyorgarlik va jinsiy
aloqa davomiyligi kerak omillar hisoblanadi. Ayolda organik yoki psixologik
muammaosi bolmasa lekin erkak kishi tez boshalsa ham ayol kishi orgazm his
qilmasligi mumkin.

Ayollardagi jinsiy muammolarni uchrashi

Avvallari jinsiy muammolar haqidagi ilmiy ishlar asosan erkaklar ustida olib borilgan.
Oxirgi paytlarda ayolni jinsiy aloqadagi ahamiyatini, uni organizmidagi
ozgarishlarni o’rganish keng tus olmoqda.
Ko’pchilik ishtirok etgan ilmiy ishlarda ayollarning jinsiy muammolari haddan tashqari
kopligi aniqlandi. Masalan: Amerikada 31% erkaklarda 43% ayollarda jinsiy
muammolar mavjudligi qayd qilingan. 40million ayol ishtirokida o’tqazilgan
tekshiruvda 10%.dan kam ayol doktorga murojaat qilganligi aniqlangan. Diabet
kasalligi bilan kasallanga ayollarda 77% xohishni buzulishi, yoqligi, 49%ida
esa orgazm bolmasligi keltirib o’tilgan.

Ayollardagi jinsiy muammolarni sabablari

Turli organik va psixologik sabablar tufayli rivojlanadi. Shu paytgacha ayollarda tekshiruvlar
o’tqazilmagan asosan psixologik sabab deb fikr yurutilgan. Oxirgi paytlarda
tekshiruvlar shuni korsatdiki bunga organik sabablar ham bor ekan.
Organik sabablar
Sistemali kasalliklar va qon-tomir kasalliklari
Diabet (Qandli diabet), yurak kasalligi, qon bosim kasalligi, qondagi xolesterinni
balandligi, ateroskleroz, sigaret chekishlik va hakozolar.
Qo’zg’alishni odatdagidek bolishi uchun, qon tomirlar jarohatlanmagan bo’lishi shart. Qon
tomirlari qalinlashgan, qattiqlashgan ayollarda o’tqazilgan tekshiruvlarda
vagina va klitorda qon aylanishi buzulishiga sabab bolishligi va bu ham qo’zg’alishlarga
sabab bo’lishi, kech qo’lishi, og’riqlar, sirpanish kamligi, xohish kamayishi,
orgazmni kamligi aniqlangan. Chanoq soxasidan olingan travmalar sababli ham qon
bilan ta’minlanishini kamayishi ham yuqoridagi holatlarga sabab bo’ladi.
Uremiya (qon tarkibida mochevinani yuqoriligi), buyrak yetishmovchiligi va dializ jinsiy qobilayatdagi
nuqsonlarga sabab bo’ladi.
Qandli diabet a’zolardagi qon tomir strukturasiga va nervlariga beradigan zararlari
tufayli jinsiy hayotda oqsoqliklar uchraydi. 75 ta qandli diabeti bor
bemorlarda o’tqazilgan sorovnomada, 30 ta normal ayol bilan solishtirilganda,
Qandli diabet borlarda jinsiy hayotda o’zgarishlar kuzatilgan eng boshida
jinsiy aloqaga bo’lgan xohishni, orzu-hayolni yoqligi kelsa, klitorial orgazm
yoqligi, qindagi bezovtagarchilik, quruqliklar ham qayd etilgan.
Ayolni o’ziga qaray olishga quvvatini qoldirmaydigan surunkali kasalliklar ham jinsiy hayot
yashashida buzulishlarga sabab bo’ladi.

Nevrologik sabablar

Nevrologik kasalliklar yoki biron sabab (diabet, travma, tos soxasidagi operatsiyalar) tufayli nerv
tizimini jarohatlanishi jinsiy organlarga ma’lumot borishiga xalaqit beradi.
Umurtqadan jarohat olishlik, Epilepsiya, tarqoq skleroz, serebrovaskulyar(miya
qon tomirlari) kasalliklar, Alsgeymer va Parkinson, nerv sistemasi
infektsiyalari salbiy ta’sirga ega.
Gisterektomiya (bachadon amputatsiyasi), jinsiy a’zolarga tegishli operatsiyalar, qovuq va
ichaklardagi operatsiyalar paytida nervlarni zararlanishi ham jinsiy
funktsiyani buzulishiga olib keladi.

Gormonal sabablar

Jinsiy a’zolar rivojlanishida va jinsiy faoliyatni turli bosqichlarini rivojlanishini ta’minlaydigan
gormonlarning qondagi konsentratsiyasini kamayishi jinsiy faoliyatdagi o’zgarishlarga,
nuqsonlarga sabab bo’ladi. Ayniqsa ooferektomiya
(tuxumdonlarni olib tashlash)dan keyin bu muammolarga ayollar juda ham ko’p to’qnash
kelishadilar.

Jarrohlik muolajalari

Jinsiy a’zolardagi operatsiyalar nerv sistemasini jarohatlashdan tashqari gormonal muvozanatni ham
izdan chiqishiga va natijada jinsiy faoliyatni buzulishiga ham sabab bo’ladi.
Ayniqsa mastekatomiya (ko’krak bezlarini olib tashlash) yoki qovuqdagi sistomiya,
ichaklardagi stomiya(ichakni teridan tashqariga chiqarib qoyishlik) sababli
badandagi ko’rinishlar sababli jinsiy funktsiya buzulishiga sabab bo’ladi.
Davolanish va dorilar
Turli davolash usullari, bazi dorilar va narkotiklar jinsiy hayotni turli darajada
zararlaydi. Yurak kasalliklari, qon bosim balandligi, depressiya, gormonal
muammolar, o’sma va oshqozon kasalliklarida ishlatiladigan ba’zi dorilar,
siydik ko’paytiradigan dorilar ham no’joya ta’sir qiladi.
Dorilarni dozasini davolash kursiga zarar bermasdan kamaytirish mumkin yoki no’joya ta’siri
kam doriga o’zgartirish mumkin yoki iloji bolmasa jinsiy funktsiyani
tuzatadigan dorilar berish mumkin.
Yoshni kattaligi
Yosh o’tgan sari klitor va qindagi biriktiruvchi toqima miqdori ortib bo’radi. Natijada klitor
qattiqlashadi, qinni kengayish hususiyati yoqoladi.

Menopauza

Menopauzada esterogen va androgenlarni ozayishiga mos ravishda vaginada kichrayish, namlik
yoqilishi, jinsiy aloqa bolgan orzu, xohishlar ham kamayadi.

Psixologik sabablar

Bolalikdan tarbiyalanish shakli va bu davrlarda ortirilgan tajribalar va odatlar kishi
hayotini keyingi bosqichlariga ta’sir qiladi.
Oiladagi ichki nizolar, jinsiy hayot haqidagi ma’lumotlarni notog’riligi, kamligi va/yoki
jinsiy travma (tajovuz) olgan kishilarda jinsiy hayot nuqsonlari koproq
uchraydi.
Hayotning keyingi bosqichlaridagi jinsiy omadsizliklar, depressiya, xiyonat, homiladorlik va tug’ruqdan
keyingi ruhiy muammolar, organic kasalliklarga javob reaktsiyalari, yosh o’tishligi,
juftidagi jinsiy muammolar va jinsiy aloqadagi azoblashlarga uchrashlik kabi
sabablar ham ta’sir qiladi. Juftlar orasidagi o’ziga jalb qilishlikni yo’qolishi,
munosabatlarni buzulishi, oziga ishonchsizlik, jinsiy aloqada va omadsizlikdan
qoriqish, jinsiy hayot haqidagi standartlashgan noto’g’ri fikrlar,
erkalashlarni kamligi va psixologik muammolar
bu muammoni hal qilishni yanada qiyinlashtiradi.
Ayniqsa keyinchalik rivojlangan orgazmdagi nuqsonlarda organik sabablar bilan
psixologik muammolar ham birga kelishi mumkin. Xar hil psixologik faktorlar
orasida juftiga nisbatan iliqlikni yoqolishi yoki jufti uni yoqtirmasligi qo’rquvi,
qinga zarar berishi mumkin degan qo’rquvi va aybdorlik hissi asosiy o’rinda
turadi.

Ayol jinsiy hayotini izdan chiqqanligini belgilari
nimalardan iborat?


Eng kop quyidagilarga shikoyat qilishadilar:
- Jinsiy aloqaga xohishni , qiziqishni juda ham
kamligiga yoki umuman yoqligiga
- Jinsiy aloqada qo’zg’alishni bolmasligiga
- Jinsiy aloqa paytida qindagi namlikni kamligiga yoki
yoqligiga
- Jinsiy a’zolarda xissizlik
- Juda qiyin yoki umuman orgazm bolmasligi
- Jinsiy aloqada og’riq, noqulaylik bo’lishi
- Jinsiy aloqadan keyin og’riq va noxush sezgilar
bolishi

Ayolda jinsiy hayotida muammo bor yoki yoqligini qanday aniqlanadi?

Jinsiy aloqada muammo borligi, faqatgina ko’rik va ba’zi analizlar bilan tashxis
qilish mumkin boladi. Shuningchun shu soxadagi mutaxassisga murojaat
qilishlaring kerak. O’z muammolaringnni ochiq oydin aytib, davolanishga xarakat
qilishlik eng tog’risidir. Tashxis va
davoni to’g’ri olib borilishligi uchun ham oshkoralik kerak. Bemordan
eshitilgan ma’lumotlar va ko’rik natijasida diagnoz qoyilgan taqdirda ham bazi
analizlar qilish foydadan holi bolmaydi.
Ilk bosqichdagi tekshuruvlar:
Tibbiy ko’rik, psixolosotsial baholash o’tqaziladi, sorovnomalar toldiriladi.
Qon (gluyukoza, kreatinin, xolesterin, trigleseridlar, jigar fermentlari va hakozo) va siydik ,
gormonal profil (FSG, LG, Estradiol, Testosteron) ilk talab qilinadiganlardandir.
Keyingi bosqichdagi tekshiruvlar:

Doppler Ultrasonografiya : - jinsiy a’zolardagi qon oqimi tezligini o’lchaydi, asosan qon tomir patologiyasi bor
yoqligini aniqlash uchun kerakli

Biotenziyometriya : - qo’zgatish signallarini berib javob
reaktsiyaini qayd qilish, nevrologik baholanadi

Vagina pH korsatkichi : - lakmus
qog’oz bilan kislotalik darajasi olchanadi

Vagina kompliyansi : - qin hajmi va qarshiligi olchanadi.

Vagina issiqligini olchash : - qo’zg’alish
natijasida keladigan qon oqimini ortishi hisobiga issiqlik ko’tariladi.

Davolash:
Sabab aniqlangandan keyin kerak dori darmon, psixoterapyia, vakkum jihozlardan
foydalaniladi. Xozirgi kunda davolash metodiklari ustida izlanish olib
borilmoqda.
Gormonal davolash (Testosteron, prostaglandin E1, alprostadil, fentolamin, apomorfin)
fosfodiesteraza 5 ingibitorlari
Klitoriyal vakkum jihozlari
TENS (transkutanoz nerv qo‘zg‘atishlari)
Psixologik qo‘llab quvvatlashlar olib boriladi.

Xulosa:

Jinsiy
aloqani boshlash, davom ettirish va qoniqish bilan tugashiga tosqinlik
qiladigan har qanday muammoni tortinmasdan shu soxadagi mutaxassisga murojaat
qilish kerak va togri, toliq ma’lumotlarni olgandan keyin kerak bolsa davolash
kerak

Jinsiy aloqani izdan chiqishini sabablari va davolashga qaratilgan ilmiy izlanishlar
jadal suratlarda davom etmoqda, qolimizdagi ma’lumotlarga va metodikalarga
yangi yangilarini qoshib borishimiz kerak. Jinsiy hayot juftlarning kuch va
energiya sarflab birga davom ettiradigan mashg’ulotlari va buning natijasidagi
qoniqishni his qilishga har ikki tarafni ham haqqi borligini unutmaylik.
Manba: Andrology.uz
Просмотров: 7632 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Сайтга Кунда Неча Бор Кирасиз ???
Всего ответов: 86
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama