01:02
Homila tushishi

Homiladorlik davrining 20-haftasigacha
homiladorlik ni o'z-o'zidan
yakunlanishiga homila tushishi deb
ataladi.
Aslida homiladorlik larning taxminan
15-20% homila tushishi bilan
yakunlanadi.
Ba'zida ayol hatto homilador ekanligini
bilishga ulgurmay turib homila tushishi
yuz berishi mumkin.

Homila tushishi alomatlari

- qindan qon ajralishi, qonli surkalish
kuzatilishi;
- qorin past qismida va belda qattiq
og'riqlar paydo bo'lishi;
- qindan to'qima qismlari ajralishi;
- qattiq ich ketishi;
- qizil yoki jigarrang ajralishlar chiqishi.

Homila tushishi sabablari

I. Gen yoki xromosoma anomaliyalar:
1. Ko'pincha homila tushishi homila
rivojlanishidagi patologiya mavjudligi
tufayli ro'y beradi. Bu patologiya
embrion hujayralarini bo'linishi noto'g'ri
bo'layotganidan vujudga keladi. Bunday
embrion noto'g'ri xromosomaga ega
bo'lganligi tufayli o'z-o'zidan tabiiy
ravishda nobud bo'ladi.
2. Homila tuxumining bo'shligi. Bunda
urug'langan tuxum hujayrasi embrion
emas, yo'ldosh to'qimalarini tashkil
qiladi, xolos. Ushbu holat homiladorlik
davrining dastlabki 12 hafta ichida ro'y
bergan homila tushishining 50% iga
sabab bo'ladi.
3. Homilaning nobud bo'lishi. Bunda
homiladorlik yakunlanishidan avval
homila nobud bo'ladi. Bunga embrion
rivojlanishidagi anomaliyalar sabab
bo'ladi.
4. Molyar homiladorlik . Bu holat juda
kam uchraydigan bo'lib, bunda yo'ldosh
rivojlangan sari bachadon ichida
o'simtaga aylanib boradi, bunday
yo'ldoshda embrion rivojlana olmaydi.
II. Homilador ayol sog'lig'i muammolari:
1. Qand kasalligining og'ir shakli.
2. Qalqonsimon bez kasalliklari.
3. Infeksiyalar (jinsiy infeksiyalar, gripp,
angina, pielonefrit va boshqalar)
4. Gormonal buzilishlar.
5. Bachadon yoki bachadon yo'llarining
jismoniy yoki tuzilmaviy o'zgarishlari.
6. Shikastlanish yoki jismoniy zo'riqish.

Homiladorligi homila tushishi bilan
yakunlanishiga kim moyil?


- Yoshi 35 dan oshgan ayollar;
- Bundan oldin bir necha marta homila
tushishini kechirgan yoki abort qilgan
ayollar;
- Spirtli ichimliklar ko'p iste'mol qiluvchi
va chekadigan ayollar;
- Ayrim surunkali kasalliklar (masalan,
qand kasalligining og'ir shakli) ga ega
bo'lgan ayollar.

Homila tushishining darajasi

1. Homila tushishi xavfi bor:
bachadondan juda oz miqdorda qon
chiqishi namoyon bo'ladi. Ko'pincha
tuxum hujayrasi bachadonga o'rnashib
olayotganda bunday holat ro'y berishi
mumkin. Bunda bachadon bo'yni yopiq
bo'ladi.
2. Chala homila tushish jarayoni: qindan
qon ajralishi beldagi yoki qorindagi
og'riqlar bilan birga namoyon bo'ladi.
Shunda qo'shimcha ravishda bachadon
bo'yni ochilishi va homila po'sti yorilishi
kuzatilsa, homila tushishini to'xtatib
bo'lmaydi.
3. To'liq homila tushish jarayoni:
embrionning bachadonni butunlay tark
etadi. Bunda qon ajralishi tez to'xtab,
og'riqlar ham tugaydi. Homilaning to'liq
tushganini ultra tovushli diagnostika
orqali aniqlasa bo'ladi.
4. Namoyon bo'lmagan homila tushishi:
homila nobud bo'ladi, lekin
bachadondan tark etilmaydi. Bunda ayol
homila tushganini bilmay yuradi. Bu
holatni homiladorlik alomatlari birdaniga
yo'qolib qolganidan yoki ultra tovushli
diagnostika orqali homila yuragi
urmasligidan bilib olsa bo'ladi. Uzoq
vaqt mobaynida ayol organizmida
nobud bo'lgan homilaning saqlanishi
isitma chiqishini keltiradi. Bu esa ayol
organizmi uchun juda xavfli.
5. Anembrioniya: urug'langan tuxum
hujayrasi bachadonga yopishadi, lekin
embrion hosil bo'lmaydi.
6. Bachadondan tashqari homiladorlik:
embrion bachadondan tashqarida,
ko'pincha bachadon yo'llarida
rivojlanadi. Ayol uchun juda xatarli
bo'lgan bu holatda tezda shifokorga
murojaat qilish zarur.

Homila tushishini davolash

Homila tushishidan oldin yoki keyin
amalga oshiriladigan davolanish
bachadondan qon chiqishini to'xtatishga
va infeksiya tushmasligini ta'minlashga
qaratiladi.
Homiladorlik davri qanchalik kichik
bo'lsa, embrion hujayrasi bachadondan
shunchalik oson mustaqil ravishda
ajralib chiqa oladi. Agar embrion
hujayrasi mustaqil ajrala olmasa, u
holda jarohlik yo'li bilan bachadon
tozalanadi. Jarohlik o'tkazilgandan
so'ng dorilar ichish tavsiya etiladi.
Bunda uy sharoitida ayolda qon ajralishi
ko'payishi, isitma chiqishi yoki
sovqotish kabi holatlar kuzatilsa, tezda
shifokorga uchrash talab etiladi.

"Homiladorlikni ko' p
kutib , homilasi tushgan ayollar qattiq
tushkunlikka tushadilar. Ularga
ruhiy yordam berib keyingi homiladorlik
ro' y berishidan oldin ularning salomatligini
mustahkamlash kerak."

Homila tushishini oldini olish

Homilador bo'lishdan oldin:
Er-xotin sport bilan shug'ullaning;
Sog'lom ovqatlanishga odatlaning;
Stresslardan xoli bo'ling;
Vazningiz haddan tashqari ortib
ketishidan ehtiyot bo'ling;
Foliya kislotasini har kuni shifokor
tavsiya qilgan miqdorda qabul qiling;
Chekmang;
Homilador bo'lgach:
Qorningizga og'irlik tushirmang;
O'zingiz chekmang, chekadiganlar
yonida bo'lmang;
Spirtli ichimliklardan voz keching;
Har bir dori ichishdan oldin uning
homilaga zarari yo'qligiga amin
bo'lish uchun shifokor bilan
maslahatlashing;
Kofeindan voz keching yoki uning
miqdorini minimallashtiring;
Infeksiyali kasallar bilan muloqotda
bo'lmang;
Og'ir ish yoki kuchanishdan holi
bo'ling.
Homilasi tushgan ayollarda keyingi
homiladorliklar sog'lom bola tug'ilishi
bilan yakunlanishi haqida unutmaslik
lozim.
Manba: Uzbaby.uz
Просмотров: 6153 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Qaysi bo'limlarni sevib mutolaa qilasiz ?
Всего ответов: 7
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama