01:08
Ultra tovushli diagnostika (UZD, UTD)

Hozirgi kunda homilador ayolning
ultratovushli diagnostika (UTD) qilinishi
oddiy hol bo'lib qolgan. O'zbekistonda
normal homiladorlik jarayonida bunday
tashhis usuli homiladorlik davrida 3
marta (10-12 haftada, 20-24 haftada va
32 haftada) amalga oshirilsa, chet elda
homilador ayolning deyarli har bir
ginekologga qatnashi UTD (UZD, UZI)
bilan tekshirilishini talab etadi. Buning
zarari yo'qmikan degan savol barchani
qiziqtirsa kerak.

1. Hamma homiladorlar ham UTD
qilishi shartmi?

Ha, ilmiy tadqiqotlarning ko'rsatishicha,
homiladorlik davrida kamida 3 marta
homilador ayolni UTD qilish kerak.
2. Homiladorlik davrida UTD necha
marta va qachon amalga oshirilishi
lozim?

Bolaning bachadonda rivojlanishi bir
necha dinamik bosqichlardan iborat.
Shuning uchun ultratovushli
diagnostikani, bachadon, yo'ldosh,
bolaning anatomiyasi va holati haqida
maksimal ma'lumot olish imkoniyati
mavjud bo'lgan muddatlarda amalga
oshirish lozim. Bu muddatlar
homiladorlik ning 12-14 haftasiga, 22-24
haftasiga va 30-34 haftasiga to'g'ri
keladi.
3. Har bir diagnostika jarayonida
shifokor qanday masalalarni o'z oldiga
qo'yadi?

- 12-14 haftadagi UTD homiladorlik
muddatini aniq ko'rsatadi, bachadonda
nechta homila borligini aniqlaydi, bola
hayoti uchun xavfli bo'lgan rivojlanish
nuqsonlarni ko'ra biladi, bolada ayrim
og'ir tug'ma kasalliklar mavjud yoki
mavjud emasligi haqida ma'lumot
beradi.
- 22-24 haftada amalga oshiriladigan
UTD eng asosiy hisoblanadi. Bunda
boladagi tug'ma nuqsonlar va tug'ma
og'ir kasalliklar aniqlanishi imkoniyati
bor. Vaqtida aniqlangan kasallikni
tuzatish yengilroq bo'lgani uchun
prenatal diagnostika qilinadi.
- 32-34 haftada amalga oshiriladigan
diagnostika maqsadi - kech namoyon
bo'ladigan tug'ma nuqsonlarni aniqlash,
homilaning funksional holatiga baho
berish, bola rivojlanish ko'rsatkichlarini
ko'rish. Agar ko'rsatkichlar normadan
ancha qolib ketayotgan bo'lsa, u holda
qo'shimcha diagnostika usullaridan
(doplerografiya, kardiografiya)
foydalaniladi.
4. Homiladorlik muddati qanday
aniqlanadi?

Homiladorlik muddati oxirgi hayz kelgan
davrining birinchi kunidan hisoblanadi.
Chunki aynan o'sha davrdan boshlab
tuxumdon rivojlanishni boshlanadi.
Odatda, homiladorlik 40 hafta davom
etadi (normada 38-40 hafta) va tug'ish
kuni oxirgi hayz ko'rishning birinchi
kuniga 40 hafta qo'shilib hisoblanadi.
5. UTD davomiyligi qancha?
UTD davomiyligi bir necha faktorlarga
bog'liq bo'lib, bir necha daqiqadan bir
soatgacha cho'zilishi mumkin. Odatda,
shifokor homilaga zarari bo'lmasin deb,
UTDni tezroq amalga oshirishga harakat
qiladi. Lekin bu asossiz, chunki hozirgi
kunga qadar UTDning homilaga zarari
haqida aniq ma'lumot mavjud emas.
Ko'pichna ayolning teri yog' bo'limining
qalinligi tufayli, homilaning noqulay
(ko'rinmay) yotgani tufayli, yoki UTD
apparati sifati pastligi tufayli cho'zilib
ketishi mumkin.
6. Homila FETOMETRIYASI (homila
o'lchamlari) nima degani?

Agar UTD natijasida homilaning tana
qismlari homiladorlikning har xil
muddatlariga to'g'ri kelganini ko'rsangiz,
hayron bo'lmang. Axir har bir inson har
xil ko'rinishga ega. Kimning oyoqlari
uzun, kimning esa boshi kattaroq va
hokazo. Shu kabi farqning mumkin
bo'lgan darajasi mavjud. Uni shifokor
aniq aytib beradi.
7. Homila bachadonda to'g'ri
joylashganmi?

Homila bachadonda o'ziga qulay bo'lgan
holatda joylashadi. Odatda, normal
tug'ish jarayonida homila boshi bilan
pastga qarab joylashishi lozim. Lekin 32
haftagacha bolaning boshqacha
joylashgani sizni qo'rqitishi kerak emas,
odatda, homiladorlikning oxirgi oylariga
kelib bola to'g'ri (boshi bilan pastga
qaragan holda) joylashib oladi.
8. UTD (UZD) ning zarari yo'qmi?
Yo'q. sizga ham, homilaga ham UTDni
necha marta qilinishidan qat'iy nazar
zarari yo'q.
9. Nega unda ko'pchilik uni zarar deb ta'kidlaydi?
Nazariy jihatdan
ultratovushlarni homilaga zarari bo'lishi
mumkin degan ma'lumotlar bor. Lekin
amalda bu zarar hali biron marta ham
namoyon bo'lmadi. Eng asosiysi UTDni
maxsus mutaxassis amalga oshirishi
lozim.
10. UTD orqali bo'lajak farzand jinsini
aniqlash mumkinmi?

Odatda 14-15 haftalik homilani jinsini
aniqlash mumkin, lekin eng haqiqiy
ma'lumotni 20-22 haftada olish
mumkin.
UTDning bu usuli orqali homilani 3
tekislikdagi ko'rinishini skaner qilinishi
tushuniladi. Bunda uning yuzi, ko'rinishi
va organlari hajmli va aniqroq bo'lib
ko'rinadi.
11. 4D UTD nima degani?
3D UTD ga o'xshash usul bo'lib, real
vaqtdagi diagnostika usuli hisoblanadi.
Ya'ni diagnostika payti homilaning
qimirlashi, yuz mimikasi, harakatlarini
real vaqtda kuzatiladi.
12. Vaqtida amalga oshirilgan UTD
sog'lom bola tug'ilishiga kafolat
beradimi?

Afsuski yo'q. Ayrim kasalliklarni UTD
ham aniqlay ololmaydi. Lekin hozirgi
kunda UTD usuli bo'lmagan davrga
nisbatan, ayrim kasalliklarni oldini olish
imkoniyati oshgan.
Manba: Uzbaby.uz
Просмотров: 6186 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Каердан сайтимизни Топдингиз?
Всего ответов: 110
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama