01:04
Chaqaloq "injiqliklari"

Chaqaloq ham injiq bo'ladimi? Yo'q, albatta. Lekin
uning ba'zi qiliqlari ota-onani qiynab qo'yishi
mumkin. Nima qilsa bo'ladi?

Yangi tug'ilgan chaqaloqda sekin-sekin odat va
qiliqlari paydo bo'la boshlaydi.
Shunda ba'zi ota-onada har xil qo'rquvlar yuzaga
chiqadi.

Qo'lga o'rgatib qo'yish;
Ota-onasini karavatida uxlashga o'rganib qolishi;
Qo'lda ko'tarib uxlatishga o'rgatib qo'yish.
Ko'krakni sut uchun emas, o'ynab emishga
odatlanishi;
Uyquda ham ko'krakni qo'yib yuboramasligi;
Tongda ota-onasini oldiga borib uxlashga
odatlanib qolishi;
Bolaning shu kabi boshqa odatlaridan ota-ona
tezroq holi bo'lishni istaydi.

"Voy, bu kichkinagina bo'lib qo'lni biladi-ya",
degan gapni ko'pchilik eshitgan bo'lsa kerak.
Aslida chaqaloq kichkinagina bo'lib qo'lga
o'rganib oladi emas, u qorinda yotganida doim
onasining bag'rida bo'lgani uchun bu dunyoga
kelib o'sha eski o'rgangan holatini qumsaydi.
Shunga onasini qo'liga talpinadi va qo'lda
tinchlanadi.

Chaqaloq hali o'ylashni yoki hiyla ishlatishni
bilmaydi. U nima qilsa ham refleks asosida yoki
ehtiyojidan kelib chiqib qiladi. Emib
uxlamoqchimi, demak shu kunlarda bunga ehtiyoji
bor. Ko'krakni o'ynab yotibdimi, demak onasiga
yaqinroq bo'lishni istayapti.

Chaqaloqlar shunday tez kattaradiki, bu kabi
odatlari bir zumda o'tib ketadi. Bir yil davomida
o'tmasa ham, bir kun o'tib ketadi. Keyin, "Kel,
birga yotamiz," desangiz ham qochib ketadigan
paytlari ham keladi.

Qadrlang! Bolaning chaqaloqlik davrini qadrlang.
Nima istasa, bajaring. Chaqaloqlik davr inson
hayotidagi ehtiyoji eng kam bo'lgan davrdir. Bu
payt unga faqat mehr va yegulik kerak, xolos.
Mana shu 2 dona ehtiyojni bajara olmaydigan
yoki bajarib o'rgatib qo'yishdan qo'rqadigan ota-
ona bola oldidagi burchini bajara olmayotgan
hisoblanadi.

Ahir chaqaloqqa supurilgan hovli yoki pishirilgan
manti emas, onaning mehrga to'la bag'ri
kerakliroq. Manti, hovli hali butun umr oldingizda.
Boshqalar ham shuni tushuna olishi lozim.
Bolaning chaqaloqlik davri(ilk 2 yil)da esa
onaning mehriga to'liq to'yib olishi kelajakda
uning salomatligida, rivojlanishiga, mustaqil bo'la
olishiga, injiq bo'lmasligiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
Chaqaloqni ko'rgan odam unga talpinadi, uni
erkalashni, qo'lga olishni istaydi, farzandini
chaqaloqlik davrini qumsaydi. Chunki bu davr eng
qisqa va tez o'tadigan davrdir. Unda chaqaloqning
har bir istagini bir soniya ham kuttirmay bajarish
darkor. O'rganib qolishidan qorqmang. O'rganib
qolsa, ham bu uzoqqa cho'zilmaydi. O'tib ketadi.
U esa bu dunyoda kerakli ekanligini his etib
ulg'ayadi.

Bir kun kelib, yig'lab turgan bola onasini ba'girda
bir soniyada tinib qolishini har bir ota-ona
qumsaydi! Bu sehrli davr.
Manba: uzbaby.uz
Просмотров: 1896 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Сайтга Кунда Неча Бор Кирасиз ???
Всего ответов: 86
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama