01:31
Bolani urib tarbiyalash? Hech qachon! Buning iloji bor.

Ko'pincha ota-ona bolasini urib
tarbiyaga chaqirganda "Meni ham onam
(otam) urganlar, kam bo'lmadim" deb
o'zlarini oqlaydilar. Lekin nahotki o'sha
payt sizga qanchalik ularning qo'li og'ir
botgani esingizda bo'lmasa? Nahotki o'z
farzandingiz ham shuni his etishini
istasangiz? Axir jismoniy og'riq o'tib
ketadi, lekin qalbdagi og'riqlar hayot
davomida farzandingizni qiynab
qo'yishidan qo'rqmaysizmi?
Yoshligida ko'p kaltak yegan bolalar
o'qishda, ishda cho'qqilarni zabt etishi
mumkin, lekin bu muvaffaqiyatlar
orqasida bolaning ichidagi psixologik
stress yotadi. U barcha
muvaffaqayatlarga xohish tuyg'usi bilan
emas, balki qo'rquv tuyg'usi bilan
erishadi. Bu tuyg'u esa unga hech
qachon chindan baxtni his eta olishiga
yo'l bermaydi. Chunki u maqsadga
erishib "jazo"dan qutulganidan xursand
bo'ladi, maqsadni qo'lga kiritganidan
emas.
Bolani urganda ota-onalar "Yaxshi
gapga tushunmaydi" deb o'zini
oqlaydilar. Siz o'sha gapti tushuntirib
berishga harakat qilib ko'rganmisiz?
Albatta bunga ota-onadan ko'p
mashaqqat talab etiladi. Urib esa,
bolani qo'rquvga solib ota-ona o'z
istaganiga oson erishadi. Agar bolaga
vaqt ajratib, u nega qarshilik
ko'rsatayotganini aniqlab, bolaga siz
undan kutayotgan narsani mehr va sabr
bilan tushuntira olsangiz, bola albatta
quloq soladi. Bola sizni hurmat qilish
kerak. Hurmatga esa, urish bilan emas
bolani tushunish bilan erishiladi. Sizni
quloq solmayotgan bo'lsa, demak siz
unga yo'l topa olmayapsiz. Hamma
ishingizni chetga surib, bolangiz yoniga
kelib uni bag'ringizga bosib, u bilan
gaplashib ko'ring. Boshida albatta u
o'zini olib qochadi, chunki sizning
bunday iltifotingizga o'rganmagan.
Keyin esa ochiladi, uni nima
qiynayotganini bilasiz. Ko'pincha bola
ota-onaga quloq solmasligiga unga
mehr va e'tibor yetmaganligi sabab
bo'ladi.
Bunday payt bolani ursangiz uni
o'zingizdan yanada uzoqlashtirib
yuborasiz. Shuni unutmang, bu ketishda
u katta bo'lganida siz uni quchoqlayman
desangiz ham endi u ko'nmaydi. U payt
sizlar teng bo'lasizlar, lekin siz uning
mehriga ko'proq zor bo'lasiz.
Bolani urib o'z bo'shligingizni
ko'rsatmang. Siz jismonan kattaroq va
kuchliroq ekanligingizdan bolani urishga
haqqingiz yo'q. Axir u sizga teng kuch
bilan qaytara olmaydi. Uni alami ichida
qoladi. Bu alam esa hayot davomida
har xil vaziyatlarda namoyon bo'ladi.
Bola sizni o'zingizdan chiqarib
yuborganini sezdingizmi, tezda uni
yonidan keting. G'azablanayotgan
paytda aslo bolani oldida bo'lmang.
Tinchlanganingizdan so'ng u bilan
gaplashib olishingiz mumkin. G'azab
juda yomon narsa, bolani qattiq urib
yuborish yoki mayib qilib qo'yish ham
hech gap emas. Unga yo'l qo'ymang.
O'zingizni ushlay olib bola bilan unga
tushunarli tilda gaplashishni biling. Axir
siz katta bo'la turib o'zingizni qo'lga
olishni bilmasangiz, boladan nimani
kutasiz?
Ota-onada "Sabrim chidamaydi" degan
gap ham ko'p uchraydi. Nega? Nega o'z
farzandingizga sabriz chidamas ekan?
Bir o'ylab ko'rganmisiz? Nega
ishxonadagi boshliqqa, eringizning sizga
yoqmas qiliqlariga, xotiningizning
kamchiliklariga, boshqa muammolarga
sabringiz chidaydi-yu, o'z
farzandingizga esa yo'q? Boshlig'ingiz
sizni qiynab yuborganda uni urib
tashlamaysiz-ku? Chidaysiz, muammoni
hal qilish yo'llarini izlaysiz, yon bosasiz,
lekin u begona. Farzandingizga
kelganda esa negadur hech narsaga
vaqt topa olmaysiz? Farzand bu eng
oliy ne'mat. Farzandingiz juda tez katta
bo'lib qoladi, hozir unga qancha ko'p
o'zingizning vaqtingizni, mehringizni va
e'tiboringizni ayamasangiz, keyinchalik
shuncha o'zingizdan mamnun bo'la
olasiz. Mehr va e'tiborga to'yib o'sgan
bola juda baxtli va chiroyli hayot
kechira oladi.
Bolani urishni o'rniga uni jazolash
yo'lini qo'llash mumkin. Masalan, "Dars
qilmasang, televizor ko'maysan",
"Xonangni tozalamasang, ko'chaga
chiqmaysan" va boshqalar. Uni urib
uyni tozalatib keyin ko'chaga o'ynashga
chiqarib yuborish hech kimni asabiga
ham, tarbiyasiga ham foyda bo'lmaydi.
Bola siz undan nima istayotganingizni
aniq bilsin, unga o'z istaklaringizni
tushunarli va aniq qilib yetqazishni
biling. Prinsiplaringiz o'zgarmas bo'lsin.
Bugun "A mayli chiqaver ko'chaga" deb,
ertasi kuni "Nega uyni tozalamasdan
ko'chaga chiqib ketding" deyishingiz,
istaklaringiz bola uchun tushunarsiz
ekanligini ko'rsatadi.
Unutmang, bola
qalbida doim sizni
xursand qilish
niyatida bo ' ladi ,
shunday ekan unga
bu maqsadiga
erishish uchun
imkoniyat yaratib
turing.
Qanday vaziyat bo'lmasin, bola nima
qilmasin, ko'pincha bolani betarbiyalik
ekanligida ota-ona aybdor bo'ladi .
Shunday ekan bolani urib o'z ayb va
kamchiliklaringizni bekitishga
urunmang.
Bolani seva biling .
Axir u go ' dak , u juda
kuchsiz. Uni o' sib
borayotgan g' urur va
o' zligini sindirmang .
Manba: Uzbaby.uz
Просмотров: 1460 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytga Baho Bering!
Всего ответов: 127
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama