21:47
Oyoq terlashidan oson xalos bo’lamiz!

Ushbu nozik muammo haqida gapirish noqulay,
biroq uzoq jim turib ham bo’lmaydi. Negaki o’zini
o’zi oshkor qilib qo’yishi hech gap emas. Uni
qanday bartaraf etish masalasi bo’yicha
dermotolog Nodira AKRAMOVAga yuzlandik.

Asosiy sabablar Tirnoq va oyoq kaftida
zamburug’lar qo’nim topsa, tirnoq shakli va
rangining o’zgarishi, terining dag’allashishi
kuzatiladi. Agar o’zingizda shu belgilarni
kuzatsangiz, dermotolog shifokorga murojaat
qiling. Oyoqda haddan ziyod ter ajralishining
yana bir sababi gipergidroz bo’lishi mumkin.
Gormonal muvozanatining buzilishi, masalan,
testosteronning ortib ketishi. Buyrak o’z
vazifasini bajara olmaganda ham organizmdagi
suyuqlik ter orqali chiqib ketishga urinadi,
natijada odatdagidan ko’proq terlash kuzatiladi.
Qandli diabet. Tomirlarning varikoz kengayishi.

O’smirlarda biroz farqli

Avvallari farzandinizda uchratmagan bu
noxushlikni o’smirlik davriga kelib seza
boshladingizmi? Agar noxush hid kuchli ter
ajralishi bilan kechayotgan bo’lsa, bu gormonal
o’zgarishdan darak berishi mumkin. Endokrinolog
qabuliga yozilsangiz, muammoning echimi tomon
birinchi qadamni qo’ygan bo’lasiz. Davosi bor!
Modomiki, sizni bu savol o’ylantirayotan ekan,
oyoqlarni kuniga ikki bor yuvib, qurutish haqida
ortiqcha gapirib o’tirmasak ham bo’ladi.

2 osh qoshiq qora choyni bir litr qaynoq suvda
15 daqiqa davomida damlang. So’ngra ustiga
ikki litr qaynab sovugan suv solib, oyoqlarni
vanna qiling. Bu usul bilan bakteriyalarga qirg’in
keltirib, terlash jarayonini sekinlashtirgan
bo’lasiz. 1 litrsuvga 1 osh qoshiq miqdorida 9
foizli sirka va bir necha tomchi efir moylaridan,
masalan, lavanda yog’idan solib, vanna qilsangiz,
noxushlikdan oson xalos bo’lasiz. E’tibor bering,
bunday vannalarda oyoqni 15 daqiqadan ortiq
saqlash tavsiya etilmaydi.

Oshxonamizdagi yordamchimiz osh tuzi ham
bakteriyalarning «urug’ini qurutuvchi» antiseptik
hisoblangani uchun undan vannalar qilish juda
foydali. Ammo oyoq kaftida mayda chaqalari
bo’lsa, bu usuldan foydalanmang. Sizga biroz
noodatiy tuyulsa-da, xuddi shu maqsadda
foydalaniladigan dezodarant va
antipersperanlardan yuvilgan oyoqlarga sepish
ham samara beradi.

Poyabzalni tozalashni unutmang! Noxush ter isi
uzoq vaqt kiyilgan poyabzalga o’tirib qolishi
tabiiy. Bundan qutilishni istasangiz, dokani
vodorod peroksidi bilan xo’llab, poyabzal ichini
artib chiqing. Tinib-tinchimagan ishlab
chiqaruvchilar ham maxsus ultrabinafsha nurlar
yordamida poyabzalni qurutuvchi moslamalarni
taklif qilishayapti.

Zamonaviy usullar

Ter ajralishi muammolarini hal etishda ionoforez
usuli yaxshi foyda beradi. Ter bezlari natriy, kaliy
va xlor ionlari ta’sirida o’z faoliyatini tiklashi
isbotlangan. Bemor oyoqlarini suvli vannaga
solib o’tiradi, suvdan esa ma’lum miqdorda elektr
toki yuboriladi, natijada 5-10 muolajadan keyin
muammo hal bo’ladi.

Bu usul organizmga zarar etkazmaydi, faqatgina
bemor engil achishishni tuyishi mumkin.
Kosmetologiyada qo’llaniladigan botoks
inektsiyasi ham oyoq terlashini kamaytirish
xususiyatiga ega. U ter beziga nerv impulslari
etib borishida to’sqinliq qilgani bois terlashni
kamaytiradi. Faqat muaolajani har 6-8 oyda
takrorlab turishga to’g’ri keladi.
Manba: Gooper.uz
Просмотров: 4557 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 3.0/1
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Каердан сайтимизни Топдингиз?
Всего ответов: 111
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama