23:45
Erkaklar uchun matematik tashxis

Juftingiz siz bilan munosabatlarda o`zini qanday
tutadi? Quyidagi matematik amalni bajarib,
turmush o`rtog`ingiz fe`l-atvorini yanada
yaxshiroq bilib olishingiz hech gapmas. Buning
uchun uning tug`ilgan yili, oy va sanasini
raqamlar bilan yozib, bir-biriga qo`shib chiqasiz.

Yoringiz 1987 yil, 9 aprelda tavallud topgan
bo`lsa, 1+9+8+7+9+0+4=38=3+8=11=1+1=2
shaklida hisoblaysiz. Demak, uning raqami — 2. smile


1. Serg`ayrat va harakatchan, mustaqil fikriga
ega. U yonida o`ziga ishongan, aqlli, o`z fikriga
ega ayolni ko`rishni istaydi. Dilidagi tilidagi bu
tofia erkaklar siz uchun bor qahramonliklarga
shay. Іamma narsa doim nazoratida, kichik
voqelikni ham e`tibordan chetda qoldirmaydi. U
bilan hayot qiziqarli kechishi barobarida doim
ham osoyishta bo`ladi deya olmaymiz. Urush-
janjalsiz uy yo`q deganlaridek…. Xatolaringiz
bee`tibor qoldirilmasligini inobatga olib, siz ham
biroz ehtiyotkor bo`lishingiz lozim.

2. Soddadil va ishonuvchanlikgi sabab ko`pincha
sizning emas, atrofdagilarning gapiga quloq
soladi. Ko`ngli bo`shroq. Shu bilan birga, qo`li
ham ochiq. Birovlarning tashvishida yonib-
kuyishini aytmaysizmi? Quvonarlisi esa sizning
doim chiroyli bo`lishingizni istaydi. Va
ayolligingizni his etib yashashingizga imkon
beradi. U bilan og`ir ishlar, ro`zg`or
tashvishlaridan xoli yashaysiz. Boshi berk
ko`chaga kirib qolganda hammasiga qo`l siltab
ketishlari bor. Siz uni doim olg`a undab turing.

3. Gapga chechan va harakatchanligi sabab
tanish-bilishlari serob. Har qanday vaziyatda
ham qovog`ini ochib, kulib tura oladi.
Hammasidan muhimi sizning e`tiboringiz,
maqtovingiz. Biroz shoshqaloq, muammolarga
yuzaki qaraydi. Sizning ham biror masalada
chuqurlashishingizni istamaydi. Yoqimtoy,
muloyim ayollarni xushlaydi. Ammo yomon odati
bor — o`tib ketgan voqealarni esga solaveradi,
o`ylayveradi. Orzular olamida sayr qilishni yaxshi
ko`radi. Xayollari haqiqatga aylanmasa-da, jim
tinglang yoringizni. Ruhan yaqin bo`ling, dildan
suhbatlashing, qiziqishlariga befarq bo`lmang.

4. U munosabatlarda eng muhimi bir-birini
tushunib, umid bilan yashash, deb sanaydi. Har
bir muammoni ota-onasi bilan muhokama qiladi,
bu o`ziga ishonmaganidan emas, ularni hurmat
qilishidan. Toparman-tutarmon bo`lishadi
odatda. Siz uni tanqid qilmang, ne qilsa ham
erkak-da, ko`tara olmaydi. O`z rashkini namoyon
etmasa-da, sizning qizg`anishlaringizdan
zavqlanadi. Xafa qilib qo`ysa, gulmi, shirinlik
bilanmi, ko`nglingizni ko`tarishni va shu bilan
hammasini unutishingizni istaydi. Obro` qozonish
istagida yonadi. Oilasi bag`riga shoshadi,
shuning uchun uyi doim orasta va osoyishta
bo`lishini istaydi..

5. O`ziga ishonchi baland, mustaqil fikrli, tashqi
ko`rinishiga doim ahamiyatli. Yashash — yaxshi,
yaxshi yashash undan yaxshi, deya ildam qadam
tashlashadi. Ular uchun baxtning kaliti
muhabbatda! Ichki dunyosi boy va chiroyli ayol
— uning ideali. Pishir-kuydirlar o`z yo`liga.
Sayohat qilish jonu dili. Ko`nglida borini
yashirmasdan sizga aytadi. Sirdosh bo`ling unga.
Tuyg`ularini hurmat qiling. Go`zal tuyg`ular
shaydosi bo`lgan bu tofia erkakdan e`tibor va
mehringizni ayamasangiz, bas.

6. Umid bilan yashovchi, mehnatsevar, bir so`zli
inson. U bilan munosabatlar barqaror bo`ladi.
Samimiyat va zavqlanib yashash tarafdori.
Ranjitsangiz, yurakdan xafa bo`ladi. Uni tushunib
yashash kerak. Bu uning o`ziga bo`lgan ishonchi
oshishiga xizmat qiladi. Qaynona-kelin
muammolariga toqati yo`q. Shuning uchun
qaynonaningiz bilan ona-bola bo`ling. Oilasiga
sodiqligi tahsinga loyiq xususiyati.

7. Mustaqil va o`ziga yarasha fe`l-atvori bor.
Vazminligi muvafaqqiyat sari etaklaydi. Ayoliga
ishonadi. Shuning uchun chegaralar qo`ymaydi.
Hayotida hammasi a`lo bo`lishini istaydi.
Muammoli vaziyatlarda o`zini olib qochmaydi.
Agar siz u bilan umr yo`llaringizni bog`lashni
istasangiz va buni ayon qilsangiz, u sizni tashlab
ketmaydi. Munosabatlar rivoji ko`p tomonlama
sizga bog`liq.

8. Kuchli irodali, haqiqatgo`y va samimiy inson.
Jiddiyligidan biroz cho`chiysiz, ammo nolimang,
maydagap, har narsaga kulaveradigan
bo`lganidan shu yaxshimasmi? Uni doim oldinga
undab turuvchi turtki kerak. Siz mash`al bo`ling.
Oilasiga juda e`tiborli, moddiy tomondan
ta`minlash uchun tinib-tinchimaydi. To`g`ri,
tejamkor, ammo bu ziqna degani emas. Pulni
to`g`ri va aql bilan ishlatish tarafdori, xolos.
Qulog`im va uyim tinch bo`lsin desangiz, siz
ham bu tamoyilga rioya eting.
9. Intellektual, romantik, bilimdon va kirishimli. U
bilan aqlan va ruhan yaqinlik muhim. Ishonchiga
erishish orqali mehrini qozonasiz. Vazmin,
sipogina bo`lsangiz, ayrim kamchiliklaringizga
ko`z yuma oladi. Bir xillikdan tez zerikishini
hisobga olib, doim uyda o`zgarishlar qilib turing.
Bolalar tarbiyasida u sizdan ko`ra mas`uliyatli
bo`ladi. Bozor-o`charga tobi yo`q.
Manba: darakchi.uz
Просмотров: 4708 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saboq.ORG saytiga qay darajada muhlissiz ?!
Всего ответов: 56
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama