15:44
U o'g'lini uylantirdi, yigit esa onasini sotuvga qo'ydi

Shodiyonalar saroyi... To'y avjida...

To'rga qo'yilgan va bezatilgan
o'rindiqda kelin va kuyov, atrofidagilarida esa
ularning qarindoshlari o'tirishibdi. Kelin
o'tirganlarga razm solar ekan, munkaygan
qaynonasini ko'rib o'ng'aysizlandi va
kuyovning qulog'iga:
– Onangizga ayting, u Yerdan pastga tushib
o'tirsin! O'tirishlarini yoqtirmadim!, – deya
shivirladi.
Bu taklifdan larzaga kelgan kuyov shitob
bilan o'rnidan turdi va mikrofonni qo'liga olib:
– Onamni kim sotib oladi?! – deya uch
marta takrorladi..

Mehmonlar kuyov bolaning bu gaplarini
eshitib, ustlaridan muzdek suv quyilgandek,
qotib qolishdi. Hammaning nigohi kuyov
bolaga tikildi va u qo'lidagi nikoh uzugini
chiqarib otdi va: “Onamni o'zim sotib
olaman!” – dedi va qaylig'ini taloq qo'yib,
onasi bilan saroydan ayrildi.
Bu voqea tumanda shov–shuvga sabab
bo'ldi.

Kunlarning birida bir odam kelib yigitga:
– Men qizim uchun sizdan ko'ra loyiqroq
boshqa birovni ko'rmadim, – dedi va biron
moddiy mahr olmay qizini unga uzatdi.

Allohim, onalarimizni jahannamdan
uzoq, jannatga esa yaqin qil!
Tiriklarining umrlarini iymon, ihlos va solih
amallar bilan uzoq qil!
Olamdan o'tganlarining yotgan qabrlarini
jannat bo'stonlaridan biri, ohiratdagi
makonlarini esa Firdavs jannatlari qil!
Arabchadan Erkin tarjimasi.
Manba: mehrob.uz
Просмотров: 1715 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Каердан Ташриф Буюрасиз?
Всего ответов: 176
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama