18:53
Ayollar pardozida erkaklarni aqldan ozdiradigan 10 narsa

Pardoz katta mo’jizalarga qodir, ko`p qizlar
yuzlari ustida soatlab bosh qotirishadi. Ammo
tabiiy savol yuzaga keladi: erkaklar bunday
narsaga qanday qaraydi?

AdMe.ru internetdan ushbu savolga javob topdi
va ajoyib natijalarni qo`lga kiritdi. Mana
erkaklarga ayollar pardozida yoqadigan 10 qirra.


Ko`pchilik erkaklar ayollar ko`zidagi mana shu
nafis chiziqni yoqtirishini ma`lum qilgan. Eng
universal rang esa qora.



Har bir ayol terisi go`zallik va salomatlikdan
porlashini istaydi. Erkaklar ham bu narsaga
befarq emas. Shu sababli har qanday pardozda
birinchi galdagi narsa shu.



Engil tusdagi qizil yonoqlar teriga sog`lom
ko`rinish bahsh etadi, ammo bu borada oshirib
yubormaslik kerak. Tabassum qiling, yuzingizgi
biroz qizil tus bering — siz dunyoni zabt etishga
tayyorsiz.



Psixologlar qizil rang inson ongida yoshlik va
maftunkorlik timsoli ekanligini ta`kidlashadi.
Aksariyat erkaklar aynan mana shu lab
bo`yog`iga e`tibor qaratishadi.



Asosan jigarrang, shaftoli rang, kul rang tusdagi
tenlar qarashlaringizni maftunkor qiladi.



Ayollarning obrazida erkaklar qadrlaydigan eng
asosiy narsa tabiiylik. Juda qalin qilib bo`rttirib
bo`yalgan qoshlar erkaklarga yoqmaydi.



Afsuski tonal kremning qalinligi yuzingizdagi
hamma kamchiliklarni yashira olmaydi,
shunchaki yuzingizni suvalgan qilib ko`rsatadi.
Tonal vositalarni engil tekstura bilan surting —
BB va CC kremlar yuzni tekislaydi va unga
sog`lom ko`rinish bahsh etadi.



Ko`zlarni smoki ayz usulida pardoz qilib, kulgili
ko`rinishga kelmaslik hammaning qo`lidan
kelmaydi. Ammo haqiqiy ustasi bu ishni juda
mahorat bilan bajarib maftunkor bo`la oladi.



Yana bir muhim jihat haqida aytib o`tish lozim:
erkaklar yopishqoq teksturani va lablarning
yaltirashini u qadar yoqtirishmaydi. Mayin, krem
pomada va balzamlar xit-paradda yuqori
pog`onalarni zabt etadi.



Har bir erkakka yoqishi mumkin bo`lgan asosiy
jihat bu go`zalligingizni yana bir bor ta`kidlab
turuvchi tabiiy pardozdir.

Asosiysi pardozda me`yorni
bilishdir, sabab me`yordan
ortiq har qanday narsa
bachkanalik bo`ladi.


Darvoqe, hech qanday zamonaviy pardoz
samimiy tabassum va baxtli ko`rinish o`rnini
bosolmaydi. wink
Manba: Darakchi.uz
Просмотров: 5564 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saboq.ORG saytiga qay darajada muhlissiz ?!
Всего ответов: 56
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama