22:16
Qazg'oqdan qutilish

Ayolni sog'lom soch bezaydi. Qazg'oq
esa sochni go'zalligini yo'qqa chiqaradi.
Ayollarda qazg'oq paydo bo'lishining
sababi nimada?
Qazg'oq paydo bo'lishining asosiy
sababchisi Pityrosparum Ovale yoki
Malassezia Furfur zamburug'laridir.
Undan tashqari qazg'oq paydo bo'lishiga
organizmdagi gormonal va immunal
o'zgarishlar, bosh terisidagi bezlar
faoliyatining buzilishi olib keladi.
Juda kam hollarda qazg'oq jiddiy teri
kasalliklari alomati bo'ladi.

Ba'zida yangi
shampun qazg'oq sababchisi bo' lishi
mumkin . Yaqin orada shampun yoki soch
kosmetik vositasini yangisini ishlatgan
bo'lsangiz , uni to 'xtatib tekshirib
ko' ring .


Qazg'oqning turlari qanday?

Qazg'oq tabbiyotda seboreya deb
ataladi va uning 3 turi mavjud:

Yog'liq seboreya. Bunda qazg'oq paydo
bo'lishiga bosh terisi bezlari haddan
tashqari ko'p miqdorda yog' ishlab
chiqarishi sabab bo'ladi. Bunday sochlar
doim yog'liq ko'rinishda bo'lib,
qazg'oqlar yirik va boshi terisiga
yopishib turgan bo'ladi.

Quruq seboreya. Bunda qazg'oq asosan
sochning peshona qismida namoyon
bo'ladi. Qazg'oqlar quruq bo'lib, oson
to'kiladi. Sochlar unlangandek
ko'rinadi.

Aralash seboreya. Bunda boshning oldi
qismidagi sochlar yog'liq bo'lib, orqa
tomonda quruq bo'ladi. Qazg'oq ham
oldi tomonda yog'liq bo'lib, orqada
quruq kukun holatida namoyon bo'ladi.

Qazg'oqni davolash yo'li qanday?

1. Qazg'oq kelib chiqishi va turini bilib
olish; Agar seboreya sababi
organizmdagi gormonal o'zgarishlar
bo'lsa, kerakli analizlarni topshirib,
aniqlangan kasallikni davolash;
2. Sochga kimyoviy vosita va soch
quritgichini ishlatmaslik;
3. Shirinlik va achchiq mahsulotlardan
voz kechish. Ular teri kasalliklarini
qo'zg'atib yuboradi;
4. Trixolog(soch shifokori) yoki
dorixonachi maslahati bilan maxsus
shampundan foydalanish. Seboreyaga
qarshi shampun tarkibida sink moddasi
yoki salisil kislotasi bo'lishi kerak;
5. Haftada kamida 1 marta sochni o't
(moychechak, kolendula) damlamasi
bilan chayish;
6. Quruq seboreyada sochni haftada 1
marta qatiq bilan chayish;

Uy bekalarining
tavsiya qilishicha , oddiy kir sovunida
sochni ma ' lum muddatda yuvish
qazg' oqni yo' q bo' lishiga olib kelar
ekan.


7. Sog'lom ovqatlanish . Vitaminga boy
meva va sabzavotlarni ko'p iste'mol
qilish organizmning butun holatiga, shu
o'rinda soch tolalariga ham ijobiy ta'sir
ko'rsatadi.
Manba: Uzbaby.uz
Просмотров: 2104 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saboq.ORG saytiga qay darajada muhlissiz ?!
Всего ответов: 56
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama