23:39
Kalsiy moddasiga boy mahsulotlar

Kalsiy organizm uchun juda katta
ahamiyatga ega. Suyak va tishlarning
holati, gormonlarning yetarlicha ishlab
chiqarilishi va mushaklarning holati
organizmdagi kalsiy moddasiga bevosita
bog'liqdir. Bolaning o'sayotgan
organizmi uchun esa kalsiy nihoyatda
zarur. Afsuski, bu moddaning
organizmga singishi juda qiyin bo'lgani
uchun kalsiyni qo'shimcha vitamin
tarkibida qabul qilishning foydasi juda
kam. Shuning uchun bolalar, ayollar
kalsiyga boy mahsulotlarni har kuni
iste'mol qilishlari lozim.

Birinchi o'rinda:

Danak, yong'oq va dukkakli mahsulotlar.
Sedana, bodom, loviya kalsiyga boy
bo'lib, kundalik taomnomangizda albatta
bo'lishi kerak.

Ikkinchi o'rinda:

Ko'katlar va namatak.
Bu mahsulotlar kalsiydan tashqari
boshqa vitaminlarga ham boy bo'lgani
uchun ayniqsa qish mavsumida juda
foydali bo'ladi.

Uchinchi o'rinda:

Sut va sut mahsulotlari.
Sut, yogurt, qatiq, tvorog va pishloq
kabi sut mahsulotlari har kuni
nonushtaga yeyilishi shart.
Kalsiyni tabiiy ravishda mahsulotlarda
yeyish organizmga hech qanday zarar
keltirmaydi. Lekin qo'shimcha vitamin
shaklidagi kalsiy me'yoridan ortiq
bo'lsa, buyrakda tosh hosil bo'lishiga
olib keladi.
Manba: uzbaby.uz
Просмотров: 1645 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Qaysi bo'limlarni sevib mutolaa qilasiz ?
Всего ответов: 7
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama