23:57
Bachadon ichi vositasi(spiral) dan so'ng homilador bo'lish

Bachadon ichi vositasi(spiral)dan so'ng
homilador bo'lish bo'yicha muloxazalar
ko'p. Ba'zilar u tufayli homilador bo'la
olmayamman desa, ba'zilar hatto u
bachadonda bo'lgan holda homilador
bo'lib qoladilar.

Bachadon ichi vositasi (spiral) asosiy
turalriga qarab ushbu masalaga oydinlik
kiritamiz:

1.Mis yoki kumush qo'shilgan bachadon
ichki vositasi.
Ushbu kontratseptiv vositalar mexanik
tarzda homiladorlik ni oldini oladi. Ular
faqat bachadonga ta'sir qilib, ayol
organizmi yoki qoniga ta'sir
ko'rsatmaydi. Bu vositalar tufayli
bachadondagi muhit achchiqlanadi,
natijada spermotozoidlar nobud bo'lib
homiladorlik yuz bermaydi.
Bu turdagi vosita bachadondan olingani
zahoti ayol homilador bo'lishga tayyor
va hech qanday muolaja va
muammosiz homiladorlik yuz berishi
kerak. Ba'zida bachadon ichki vositasi
tufayli bachadon devorlari yallig'lanishi
kuzatib, bunda homilador bo'lish biroz
qiyinchilik tug'dirishi mumkin. Bu holda
odatda 5-6 oyda bachadon devorlari o'z
holiga qaytib o'z-o'zidan homiladorlik
yuz beradi.
Ko'pchilik bachadon ichki vositani
olgach biron muolaja olishga shoshiladi.
Hech qanday muolaja yoki davolanish
shart emas. Homiladorlik
rejalashtirayotgan bo'lsangiz birgina
muhim narsa - bu foliya kislotasini ichib
yuring va shifokor tavsiyasiga binoan
kerakli analizlarni topshirishing (bu
analizlar spiral bo'lgani uchun emas,
sog'lom homiladorlik ni rejalashtirish
uchun kerak, masalan TORCH
infeksiyasini aniqlash, umumiy qon
analizi, anemiya va hokazolar).

Homiladorlikni rejalashtirayotgan
har bir ayol sog'lom ekanligiga , hech
qanday infeksiyasi yo'qligiga ishonch
hosil qilib homilador bo'lishi kerak . Buning uchun
rejalashtirish davrida Ultra
tovushli diagnostika, qon
analizlari, TORCH infeksiyasiga
analiz va shifokor tavsiya qilgan
boshqa tekshiruvlardan o'tishi lozim.


Ba'zida ayolda bachadon ichi vositasi
bir necha yil turgan payti boshqa jinsiy
kasalliklar rivojlanishi mumkin. Ular
spiral tufayli emas, boshqa sabab bilan
rivojlanadi. Spiral olingach esa
homiladorlik yuz bermaydi. Shunda
sababni spiralda izlash noo'rin.

#Bachadonda bir
necha yil turgan
spiral bepushtlik
sababchisi bo ' la
olmaydi !


Homiladorlik yuz bermayotganiga
boshqa yuzlab sabablar bor va aynan
ularni topish darkor. Avallambor
ayolning gormonal holatini,
ovulyasiya bor-yo'qligini,
TORCH infeksiyalar, erkak jinsiy
salomatligini va boshqa faktorlarni
tekshirtish muhim. Agar bachadon ichki
vositasi olinib, ayol muntazam jinsiy
aloqada bo'lib 1 yil davomida
homiladorlik tabiiy ravishda yuz
bermayotgan bo'lsa, u holda shifokorga
borib bepushtlik sababini to'liq
diagnostika qilib, kerak bo'lsa,
davolanish talab etiladi.
2. Mirena (bachadon ichiga
joylashadigan gormonal vosita).
Ushbu gomonal spiralning
kontratseptsiya ta'siri shundaki, u
bachadonga kichik miqdorda gormon
chiqarib turadi. Bu gormon homiladorlik
yuz bermasligini ta'minlab turadi. Bu
vosita ayol organizmiga, ovulyasiya yuz
berishi va bachadon devor qoplamiga
qonga singishi orqali ta'sir etgani uchun
u olingach homiladorlik qisqa muddatda
yuz bermasligi mumkin. Lekin bu holat
ham davolanishni talab qilmaydi.
Uch-besh yil mobaynida deyarli
ovulyasiya yuz bermasligini ta'minlab
turgan spiral olingach organizm qayta
eski(ovulyasiya muntazam ravishda yuz
beradigan) holiga qaytishi uchun vaqt
talab etiladi. Ushbu vaqt bir ayolda 1 oy
bo'lsa, boshqa ayolda 1 yilgacha
cho'zilishi mumkin.
Mirena kabi bachadon ichi vositasi olib
tashlangach sog'lom ayol 1 yil
muntazam jinsiy aloqada bo'lgan holda
homilador bo'la olmayotgan bo'lsa,
shifokorga murojaat etgani ma'qul.
Undan oldin esa, hech qanday muolaja
yoki davolanish talab etilmaydi.
Organizm o'z holiga tabiiy ravishda
qaytsa homiladorlik ham tabiiy ravishda
yaxshi kechadi.
Faqatgina yuqorida ta'kidlangandek,
homiladorlik yaxshi kechishi, homila
sog'lom rivojlanishi uchun kerakli
analizlarni topshirish talab etilishi
mumkin.
Ko'pincha spirali olingan ayol homilador
bo'lishga shoshadi. Mana shu xato.
Birinchidan, bunda psixologik jihatdan
homiladorlik yuz bermasligi mumkin,
ikkinchidan shoshib kerak bo'lmagan
muolajalar olish boshlanadi. Bu
muolajalar esa ba'zida salbiy ta'sir ham
ko'rsatishi ko'p kuzatilgan.

Tez homilador
bo'lish muhim emas , sog'lom
onadan sog'lom farzand tug'ilishi muhim!


Shuning uchun bachadon ichi vositasini
olib tashlagandan so'ng homilador
bo'lishni rejalashtirayotganingizda:
1. Homiladorlik yuz berishini istayotgan
davringizdan 6 oy oldin spiralni oldirib
tashlang. Homiladorlik vaqtliroq bo'lib
qolsa, yaxshi, cho'zilib ketsa, har holda
xavotir olishga shoshilmaysiz.
2. Sog'lom hayot tarzini kechiring.
Jismoniy mashg'ulotlar bajaring va
imkon qadar to'g'ri va foydali
ovqatlaning.
3. Eringizda va albatta
o'zingizda TORCH infeksiya yo'qligiga
amin bo'ling. Erkakning boshqa ayol
bilan jinsiy munosabatda bo'lishi
TORCH infeksiyasini yuqtirib olishga
sabab bo'ladi.
4. Qattiq shamolash, sovuqqotishdan
ehtiyot bo'ling.
5. Homiladorlik yuz bermayotgan bo'lsa,
shifokorlarga chopib har qanday
muolaja olishga shoshilmang.
6. Eringiz bilan muntazam jinsiy
aloqada bo'ling, ja bo'lmasa
ovulyasiya davri oralig'ida albatta
aloqada bo'ling.
7. Foliya kislotasini iching.
8. O'zingizni band qiling (o'qing,
o'rganing, bekorchi bo'lmang).
9. Hayz muntazam ravishda
kelayotganligiga amin bo'ling. hayz sikli
ravon bo'lishi darkor.
10. Bir yildan so'ng ham homiladorlik
yuz bermagan bo'lsa, u holda
davolanishni boshlashdan oldin butunlay
o'zingizni tekshirtiring. Homiladorlik yuz
bermayotganligini sababini aniq bilmay
turib, kerak bo'lmagan muolaja va
davolanish vositalarini qo'llamang.
Manba: uzbaby.uz
Просмотров: 5752 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytda sizga nimalar yoqmaydi ?
Всего ответов: 1
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama