23:25
Emizish davomida ko'kraklarim har xil bo'lib qoldi

Emizish davrida ayol ko'kragi razmeri
kattalashishi tabiiy holat. Bolaning
ehtiyojlarini qondirish uchun ko'kraklar
muntazam ravishda sut bilan to'lib
turadi.
Bir necha oy o'tgach, ba'zida ikki
ko'krak razmeri har xil bo'lib qolishi
mumkin.
Bunga sabab:
1. Bola faqat bir ko'krakni emizish ga
odatlanib qolgan;
2. Onaning o'ziga qulay bo'lgani uchun
yoki boshqa ko'kragida og'riq borligi
uchun faqat bir ko'krak bilan emizadi;
3. Emizishda bolaga ikkala ko'krak bir
maromda berilmaydi.
4. Bir ko'krak uchi kichikligi yoki
noqulayligi tufayli bola bu ko'krakdan
bosh tortadi.
5. Bir ko'krak uchi yorilgan bo'lib,
bolaga berilmaydi.
Uzoq davr mobaynida yuqoridagi
holatlar davom etaversa, ko'kraklarning
razmeri har xil bo'lib ketadi. Eng
muhimi buni emizish davom etayotgan
payti to'g'rilab olish kerak.
Aks holda, bola emishdan chiqgach,
ko'krakdan sut qaytganda ko'kraklar
razmeri turlicha bo'lib qolib ketadi.

Juda kam hollarda ko'krak kichiklashishiga
biron kasallik sabab bo ' lishi
mumkin, lekin bunda odatda qo'shimcha alomatlar ham bo'ladi.


Nima qilish kerak?
1. Kichik ko'rinayotgan ko'krakni
ko'proq va muhimi uzoqroq emizdirish
kerak. Odatda ayollar katta ko'krakni
kichkaytirish maqsadida tez-tez bera
boshlaydilar, buning natijasida bu
ko'krakka sut qayta to'laverib u
kattaligicha qolaveradi.
Kichik ko'krakni tez-tez emizizdirish
maqsadga muvofiq bo'ladi. Shunda u
to'liq bo'shab, sutga qayta-qayta to'lib
kattalashishni boshlaydi.
2. Kichik ko'krakni bola uyquga
ketayotganida va uyqusida emizdiring.
Hatto uyqusida ham bola kichik
ko'krakni emib yotsin. Shunda bu
ko'krakka sut kelish hajmi ko'payib
uning razmeri kattalashadi.
3. Emizishni boshlaganingizda katta
ko'krakdan boshlab, sal o'tib kichik
ko'krakka almashtirib oling. Orqa
(yog'liq) sutni kichik ko'krakdan olsin.
Shunda u boshab, ko'p miqdorda to'la
boshlaydi.
4. Yorilgan ko'krakni ayamasdan,
aksincha undan tez-tez emizsangiz,
ham yorilish tuzaladi ham ko'krak sutga
to'lib razmeri kattalashadi.
5. Bir necha kun davomida katta
ko'krak bilan u o'ta to'lib ketganidagina
emizing. Lekin laktostaz dan ehtiyot
bo'ling. Ko'kraklar razmerini to'g'irlash
davr mobaynida asosan kichik ko'krakni
ishlating.
6. Agar kichik ko'krakni bola og'ziga
ololmayotgan bo'lsa, u holda uni bu
ko'krak uchiga o'rgatishingiz lozim,
bunga sabr va mahorat bilan
yondashing ( Bolani ko'krakka to'g'ri
tutqazish).
7. Agar biron sabab bilan ko'krakni
sog'ayotgan bo'lsangiz, u holda
kattalashgan ko'krakni imkon qadar
sog'may turing, kichigini ko'p
stimulyasiya qilsangiz u hadeb sutga
to'laverib kattalashib oladi.

Ko'krak razmerlarini bir maromga keltirish
2 kunda bo'ladigan ish emas . Sabr va muntazamlik bilan bunga yondashing .


Ko'krak razmeri har xil bo'lib qolishini
oldini olish:
1. Bolani ikkala ko'krak bilan bir hil
darajada emizing.
2. Bolani ko'krakka to'g'ri tutqazing ;
3. Tunda bola emib yotishga o'rgangan
bo'lsa, ko'kraklarni almashtirib turishni
unutmang.
4. Ko'krakni sog'ib turayotgan
bo'lsangiz, bir xil hajmda sog'ing.

Bir narsani yodda
tutish lozim: kichik ko'krak
qancha ko'p qo'zg'atilsa , u
shuncha tez kattalashadi .

Manba: uzbaby.uz
Просмотров: 2364 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Ёшингиз Неччида ??
Всего ответов: 372
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama