23:03
Kuyov bo'lish ilmi

Kelinchakka chimildiqda aytadigan birinchi
gaping shu bo‘lsin:

"Ilohim, siz bilan birga hammamizga saodatli
kunlar kelayotgan bo‘lsin. Ammo aytib qo‘yay,
men oila a'zolarimsiz bir bo‘lakman, butunligim
ular bilan. Meni dunyoga keltirgan mualliflarim,
tumshug‘ida suv, don berib voyaga yetkazgan
xaloskorim - shu oilamdagilar. Ularning pastu-
baland fe'llari o‘zimga ayon. Balki biridan sevinib,
biridan kuyib yurarman. Ammo qandayligidan
qat'i nazar, ular mening mulkim, mehrimga
tushgan, yoqmay qolsa, kechib yuborolmayman!
O‘rtaga qo‘yadigan birinchi shartim shu: hech
qachon jigar-bag‘irlarimni menga yomonlamang.
Siz tufayli hech biridan ko‘nglim qolmasin!
Qo‘lingizdan kelsa, ularni menga issiq ko‘rsating,
yomonlarimni yaxshi qilib bering! Agar bu
iltimosimni bajarmasangiz, sizdan ikki dunyo rozi
emasman!" Mana shu gapni aytish qo‘lingdan kelsin,
o‘g‘lonim!

O‘g‘lonim, ota-onangdan ko‘rgan mehr-
muhabbatingga gap yo‘q. Ammo hayotingda eng
yuksak izzat-hurmatni kuyov bo‘lganingda
qaynona-qaynotangdan ko‘rasan. Millatimizning
tamoyili shunday, bolasiga, hatto, o‘ziga
ilinmagan hurmatni, mukofotni kuyoviga tutadi.
Sochlarining oqi bilan kuyovi qoshida ta'zimda
turadi. Xullasi, uni bolasidan a'lo ko‘radi.
O‘g‘lonim, sen bu muhabbatlardan rohatlan va
shu bilan birga bir o‘ktamlik qil: ular o‘g‘illariga
ko‘rsatmagan yaxshiliklarini senga beryaptilarmi,
sen ham goh-gohida ularga o‘g‘illari qilolmagan
muruvvatlar ko‘rsat, qadlarini ko‘tarib qo‘y.
Avvalo kuyovdan hargiz umidvor bo‘linmaydi,
aslida esa ulardan sening qarzdorliging katta!
Gulday qizlarini jonlaridan uzib, umrbodga senga
berib qo‘ydilar, uning ustiga bir uy mol ham
qo‘shib berdilar, bu ham yetmaganday,
topganlarini ostonangga tashiganlari tashigan!
Ustiga ustak seni kaftlarida tutishlarini qara!
O‘g‘lonim, sening ham ularga muruvvatpesha
bo‘lishing yigitchilikdandir!

"Ulfating qarg‘a bo‘lsa, yemishing go‘ng" degan
gap bor. Kuyov bo‘lgan zahoting ko‘chadagi
joyingni bil, arzon jo‘ralarni yig‘ishtir. Uylanish -
ko‘p qatori risolaga tushish degani, shu kungacha
sen faqat o‘z urug‘-avloding nazari ostida yurgan
bo‘lsang, kuyov bo‘lgach, endi seni kuzatuvchilar
butun bir avlodga ko‘payadi. Yurt orasidagi
yurish-turishing bilan na faqat o‘zingning, balki
qaynota-qaynonang, qayinbo‘yinlaring sha'nini
ham himoya qilib yurasan yoki teskarisi!
Shunday bo‘lib olki, senga ulangach, qudalarning
obro‘siga obro‘ qo‘shilsin. Hattoki, sening
andishangni qilib, o‘zlarining ayrim qusurlariga
chek qo‘ysinlar..

Bu - sharofatli kuyov bo‘lganing, o‘g‘lonim!
Kuyov bo‘lish qatorga kirish demakdir. Endi
maslahat ovoziga egasan. Quda taraflarning
to‘risi seniki. Uka-singillaring taqdiri haqidagi
maslahatlar sening ishtirokingsiz o‘tkazilmaydi.
Endi mahalladagi, qarindosh-urug‘ orasidagi
fotiha lozim joylarga, janoza marosimlariga o‘z
nomingdan qatnashishing shart. To‘ylarga-yu,
bemorlarni yo‘qlashga ota-onangdan tashqari,
alohida sovrin va o‘z tuguning bilan borasan.
Taomil shunday.

Oila a'zolaring oldida ayolingga ha deganda
e'tibor beraverma. So‘z qotaverma. Tashqarida,
do‘stu qadrdonlaringning orasida juftingni
ta'riflama, u haqda gapirging kelavermasin! Boisi,
bir savol paydo bo‘ladi: tegrangda ayolingdan
boshqa azizroq odam yo‘qmi? Ular ta'riflanishga
arzimabdimi? Va hokazo. Oila mustahkamligiga
qachon darz ketadi? Boshqalarni bir tomonga
surib, hadeb bir kishini maqtayverishdan!
Qolaversa, ayolingni parda ortida asraganing,
oriyatingga o‘ragan gavharingdir. O‘z asraganini
esa risoladagi erkak o‘rtaga solavermaydi!
O‘g‘lonim, kelin kelguncha uyingdagilar uchun
bola eding, uncha-munchaga sendan gina
qilmasdilar. Kuyov bo‘lgan zahoting katta kishiga
qanday qarasalar, seni shunday taftish eta
boshlaydilar: endi sen uchun eng qaltis joy -
oilang, yaqinlaring! "Ro‘zg‘or" degan xilqatning
hech qayerda yozilmagan qonunlari, hukm va
jazolari bor. Ko‘pincha sening xatolaring uchun
ayoling javob beradi. Ehtiyotsizliging bois, bitta
o‘zing bir necha kishiga ziyon yetkazasan. Bir jon
senga turmushga chiqib farog‘at ko‘rmoqchi edi,
ko‘rsin! Ota-onang seni uylantirib orzu-havasga
erishmoqchi edilar, erishsinlar! Har bir harakating
hisob-kitob-da, ko‘zingni och, o‘g‘lonim!

Ko‘chadan kirarkansan, so‘zing bilan ham,
ko‘zing bilan ham avval onangni izla, otangni
ziyorat qil, ahvollarini so‘ra, so‘nggina ayolingni
ko‘r va bo- langga e'tibor qil. Bilginki, ota-
onangning bitta ishi qolgan, u ham bo‘lsa, kunda
sening eson-omon ishdan kelishingni kutish! Sen
esa kela solib, ayolingni so‘rading yoki
bolalaringni alqashga tushding. Shugina
xatoingning kasrini ko‘r: ko‘zim tegmasin deb,
seni hatto o‘zidan ham qizg‘anib o‘tgan ona seni
butunlay egallab olgan kelindan qizg‘onmaydimi?!
Muvozanat bundan tarang tortadi, qaynona-kelin
mojarolari boshlanadi
Manba: saboq.org
Просмотров: 3881 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Qaysi bo'limlarni sevib mutolaa qilasiz ?
Всего ответов: 7
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama