01:24
Yosh qizlar ginekologiyasi

Akusher-ginekolog Sotsuk Anna
Grigoryevnaning yosh qizlar onalarining
savollariga bergan javoblari.

Qiz bolani necha yoshdan
ginekolog ko'rigidan o'tkazish
mumkin?

Ohirgi payt jinsiy a'zolar gigyenasi bilan
bog'liq infeksiyalar, muddatidan oldin
balog'atga yetish, jinsiy a'zolardagi
jismoniy nuqsonlar kabi holatlarning
ko'payganligi tufayli qiz bolani 1
yoshiga to'lgach yilda 1 marta,
keyinchalik esa shikoyatlariga qarab
ko'rsatmoq lozim, deb tavsiya qilaman.
Bog'cha yoshidagi qiz bolani
yuvintirayotganda tagini oddiy
sovun bilan yuvsa bo'ladimi yoki
iliq suvni o'zi yetarlimi?

Kichik yoshdagi qizlarni bolalar sovuni
bilan yuvintirish lozim.
Mening 2 oylik qizimda shifokor
tashqi jinsiy a'zolarining terisi
yopishib rivojlanayotganini aniqladi
va buni tezda operasiya qilishni
tavsiya qildi. Operasiya qilish
shartmi?

Tashqi jinsiy a'zolari terisning yopishib
ketishi sinehii deb ataladi va bu holat
zudlik bilan amalga oshiriladigan plastik
operasiyasini talab qiladi va doimiy
ravishda terini maxsus gel bilan yoki
yog' bilan yog'lab turish kerak. Sinehii
borib borib ko'payish hususiyatiga ega.
Qizim 11.5 yosh, lekin hayz
ko'rmagan. Bu to'g'rimi?

Bu yoshda hayz ko'rmasligi normal
holat.
Qizim 4 oy. Tagliklari tufayli kunda
bir necha bor tagini yuvaman. Ikki-
uch kundan beri tagi qizarib qoldi,
nima qilish kerak?

Bu qizarishning ginekologiyaga aloqasi
yo'q bo'lib, tagliklar uchun ishlatiladigan
maxsus chaqaloqlar kremidan
foydalaning.
Qizim 14 yosh. Hayz sikli
muntazam emas. Baz'ida 21 kunda
hayz ko'rsa, ba'zida 45 gacha
cho'zilib ketishi mumkin. Hayz
ko'rishni o'tgan yilidan boshladi.
Buni davolash kerakmi?

Bu holat vaqtinchalik bo'lishi mumkin.
Biroz kutib kuzating. Agar hayz sikli
normaga tushmasa, u holda
ginekoglogga murojaat qiling. Jinsiy
a'zolari ultra tovushni diagnostikasi va
gormon analizlari talab etiladi.
Qizim 6 yosh. Olti oyligidan bilan
jinsiy a'zolari terisi yopishib
rivojlanishi kuzatiladi. Doimiy
ravishda maxsus gel bilan terisini
surib turamiz. Lekin xanuzgacha
bu muammo mavjud. Qachon
terisining yopishib ketishi
to'xtaydi?

Bolani ginekologga va allergologga
ko'rsatishingizni tavsiya etaman.
Glyukoza va insulinni tekshirtirish ham
muhim. Odatda 6 yoshgacha bu
muammo yo'q bo'lishi kerak.
Qaytalanayotgan bo'lsa, qizingizni
yaxshilab tekshirtirish talab etiladi.
Manba: Eva.ru
Просмотров: 2783 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Ёшингиз Неччида ??
Всего ответов: 372
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama