01:34
Ozg'inlar kabi oson ozish yo'li

Ozg'inlar kabi fikr yuritishni
o'rganing. Bu nima degani?

Ko'pincha semirib ketayotgan odamning
fikricha, u juda kam yeydi, shuning
uchun u suyagi qalinligi yoki boshqa
tashqi faktorlar tufayli oza olmayotgan
bo'ladi. Aslida suyagi qalinlik, bu
erinchoqlar o'ylab topgan gap. Kam
yeyish tushunchasi esa juda nisbiydir.
Mana shu "kam yeyish" tushunchaga
ozg'in odamlar qaragandek qarashni
o'rganmoq lozim. Shunda ozish juda
oson bo'ladi. Ozg'in odam uchun "kam
yeyish" nima degani?

Bu avallambor bir porsiya ovqat 2
mushtingizdan oshmasligini bildiradi.
Ya'ni ikki mushtingizga sig'a oladigan
ovqat porsiyasini bir o'tirishda yeyish
yetarli bo'ladi.

Undan tashqari bu 2 musht ichiga
hamma narsa kirishi kerak. Masalan,
agar siz ham ovqat, ham meva, ham
shirinlik yeyishni rejalashtirgan
bo'lsangiz, u holda ovqatni 2 mushtdek
solib, ketidan shirinlik va meva yeyish
degani emas.

Siz mevani ham, ovqatni ham, shirinlikni
ham haligi 2 musht ichiga birgalikda
sig'dirib yeyishingiz kerak bo'ladi. Juda
kam deb o'ylaysizmi?
Demak, siz ozg'in isnondek o'ylashga
tayyor emassiz.

Shuni bilingki, olmani ham, danakni
ham, hatto pista-qurtni ham yaxshigina
kaloriyasi mavjud. Men kuni bilan hech
narsa yemadim degan gapning ostida
aslida 2 kosa ovqat, 2 dona qurt, pista,
olma, bodring, pechenye, tort kichik
bo'lak va yana bir qator yeguliklar
borligini inobatga oling.

Buning barchasi sizning yonlaringizdagi
namoyon bo'layotgan yoglardir.
Ozg'inlarning eng yaxshi odati - bu
taomlar orasida bir nima yeb olmaslik.
Ya'ni kunda 4 mahal ovqatlanib, keyin
ora-orada bir nima tamadi qilib
olmaslik.

Chunki orada yeyilgan bir dona turshak
ham qo'shimcha kaloriya ekanligini
unutmaslik zarur.

Agar turshak, qurt, pechenye yoki brion
tort yoki qatlama yeb olmoqchi
bo'lsangiz, u holda ovqatlanish
porsiyangizni yanada kamaytiring. Oldin
bir mushtdek porsiya bo'lsa, u holda
bundan ham kamroq yeysiz, keyin esa
bemalol qurt yoki qatlamani ham
tamadi qilib olasiz.

Ozish davomida eng muhimi turlicha
ovqatlanish. Ya'ni o'sha mushtdek
porsiyalardan iborat kunlik ovqatingizda
sut va go'sht mahsulotlari, meva,
sabzavot, uglevod, oqsillar, foydali
yog'lar ham bo'lishi darkor.
Shirinlik yeyman deb, ovqatdan voz
kechish noto'g'ri. Ovqatning barcha
turlarini oz-ozdan yeyish ayni muddao.

Muhimi, porsiya!

Nima yesangiz ham kamroq yeyishga
odatlaning. Kamroq deganda doim ko'z
oldingizga mushtingizni keltiring.
Shunday ovqatlanish natijasida 3 oyda
shundoq natija bilinadi.
Manba: uzbaby.uz
Просмотров: 3130 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Сайтга Кунда Неча Бор Кирасиз ???
Всего ответов: 86
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama