01:44
Bachadon tushishi

Normada bachadon ayolning toz
qismida joylashgan bo'ladi. U bir qator
mushak, pay va to'qimalar bilan
ushlanib turadi.

Homiladorlik, to'lg'oq , qiyin tug'ish
natijasida bu mushaklar bo'shashadi.
Undan tashqari ayolning yoshi o'tgan
sari, organizmda estrogen gormonining
pasayishi natijasida ham bachadon
atrof mushaklari bo'shashadi. Buning
natijasida esa bachadon pastga tushib
qoladi, ya'ni bachadon tushishi holati
yuzaga keladi.
Bachadon tushish darajasi:
1-daraja: bachadon bo'yni qinga tushib
qolishi;
2-daraja: bachadon bo'yni deyarli qin
ochilishiga borib qolishi;
3-daraja: bachadon bo'yni qindan
tashqariga chiqib qolishi;
4-daraja: bachadonning o'zi qindan
tashqariga chiqib qolishi;
Bachadon tushib qolishi natijasida
qo'shimcha holatlar namoyon
bo'lishi mumkin:
Sistocele: Siydik pufagi qin devoriga
bo'rtib chiqishi. Bunda tez-tez siydik
qistashi, siydikni ushlay olmaslik kabi
holatlar kuzatiladi.
Enterocele: Ichakning bir qismi qinga
bo'rtib chiqishi. Bunda turgan holatda
kuchanish hissi seziladi, ba'zida bel
og'rig'i ham kuzatiladi.
Rectocele: To'g'ri ichakning qinga
bo'rtib chiqishi. Bunda ich kelishi
qiyinchilik va noqulaylik tug'diradi.
Chunki har bir kuchanish qin tomonga
zarba beradi.
Ba'zida yuqoridagi holatlarning bir
nechtasi birgalikda namoyon bo'lishi
mumkin.
Bachadon tushishiga nima sabab
bo'ladi:

Homiladorlik va tug'ish . Asosan
qiyinchilik bilan o'tgan tug'ish
jarayoni;
Yosh o'tganligi tufayli yuzaga
keladigan mushaklarning bo'shashi;
Menopausadagi( hayz ko'rishi
tugayotgan) ayollarda estrogen
gormoni ishlab chiqarishi
kamayganligi tufayli tabiiy ravishda
yuz beradigan mushaklar tonusining
pasayishi;
Toz mushaklariga doimiy ravishda
zarba beruvchi holatlar: masalan,
surunkali bronhial yo'tal yoki astma,
ich qotishi, qorin boshlig'ida suyuqlik
yig'ilishi;
Vaznning haddan tashqari yuqoriligi;
Toz organlarida amalga oshirilgan
katta jarrohlik operatsiya bo'lishi. Har
qanday katta operasiya qilingan
joydagi to'qimalar tonusi
bo'shashadi.
Chekish
Og'ir ko'tarish.
Juda kam hollarda bachadon
tushishiga Marfan sindrom, Ehlers-
Danlos sindromi, paylar
cho'ziluvchanligi sindromi kasalliklari
sababchi bo'ladi.
Bachadon tushishi alomatlari:
Toz bo'limida og'irlik, bosim sezilishi,
ba'zilar buni huddi kichik to'pni ustida
o'tirgandek tasvirlaydi;
Belning pastki qismining og'rishi;
Qindan bir nima chiqayotgandek
tuyulishi;
Jinsiy aloqa jarayonida og'riq bo'lishi ;
Siyish yoki ich kelishida qiyinchiliklar
yuz berishi;
Yurayotganda noqulaylik sezilishi.
Bachadon tushganligi qanday
aniqlanadi:

Bachadon tushishi holatini ginekolog
ayolning yotgan va turgan holida
jismoniy tekshiruv asosida aniqlaydi.
Kerak bo'lsa, ultra tovushli diagnostika
talab etilishi mumkin.
Bachadon tushishini davolash
yo'llari:

Bachadon tushishini davolash uning
tushganlik darajasiga, ayolning yoshi va
keyinchalik tug'ish niyati bor-yo'qligiga
qarab aniqlanadi.
Dori vositalaridan odatda estrogen
gormoni ishlatiladi. U svecha, krem va
boshqa qinga bevosita ta'sir etuvchi
vosita ko'rinishida bo'ladi. Lekin
estrogen vositalari faqat ayrim
postmenopauzadagi( hayz kelishi
tugagan) ayollardagina qo'llanilishi
mumkin.
Mehanik vositalar : toz pessariylari.
Bu maxsus moslamalar bo'lib, ular toz
mushaklarini mahkamlab turadi.
Ularning noqulayligi shundaki, ma'lum
bir vaqt oralig'ida almashtirib turishi
kerak. Undan tashqari bu moslamalar
tufayli qindan o'tkir hid keladi.
Jarrohlik yo'li. Agar ayol boshqa
tug'ish ni rejalashtirmayotgan bo'lsa, u
holda bachadon tushishining o'ta
o'tikazilib yuborilgan darajalarida
bachadonni olib tashlash yoki jarrohlik
yo'li bilan korreksiya qilish tavsiya
etiladi.
Tug'ish niyati bor ayollar bachadon
tushishini jarrohlik yo'li bilan davolash
darajasigacha olib kelmasligi lozim.
Ayrim hollarda tug'ish ni niyat qilgan
ayollarga samarasi yuqori bo'lmagan
plastik jarrohlik yo'li bilan bachadon
tushishi holati tuzatiladi.
Bachadon tushishini bartaraf
etishga qaratilgan uy sharoitidagi
mashg'ulotlar:

Bachadon tushishini oldini olish va
davolashda eng yaxshi vosita Kegel
mashg'ulot idir. Muntazam ravishda, har
kuni qilinadigan Kegel mashg'uloti 1-
darajali bachadon tushishi holatini
davolash xususiyatiga ham ega.
Bachadon tushishini oldini olish
mumkinmi?

Har bir ayol 30 yoshdan o'tgach va
kamida 1 farzandni tabiiy yo'l bilan
dunyoga keltirgan bo'lsa, bachadon
tushishini oldini olish yo'llarini bilib
olishi va kerak bo'lsa amalda qo'llashi
darkor

1. Og'ir ko'tarmaslik;
2. Doimiy ravishda Kegel
Mashg'utloalri ni bajarib yurish;
3. Chekmaslik;
4. Ortiqcha vazndan holi bo'lish;
5. Ich qotishgacha olib bormaslik. Meva
va sabzavotlardan ko'proq iste'mol
qilish;
6. Surunkali yo'tal bo'lsa,
yo'talayotganda tozga kuchli bosim
bermasdan yo'talish yo'llarini bilib olish.
Bachadoni tushgan ayollarga
quyidagi mashg'ulotlar tavsiya
etiladi.
Qizigi shundagi bu
mashg'ulotlarning ba'zilarini uy ishlarini
qilish davomida, televizor ko'ra turib
ham bajarish mumkin:
1. Qin mushaklarini qattiq qisib 10
gacha sanaysiz, qo'yib yuborasiz. 10
marta qaytarasiz. Borib borib
mushaklarni siqib 10 emas, 30-50
gacha sanashga o'tasiz.
2. Qin mushaklarini qattiq qisib tez
bo'shatasiz. Bu harakatni 50 marta
qaytarasiz.
3. Katta sport koptogiga oyoqlaringiz
ochib o'tirasiz. Kegel mashg'ulot ini
imkon qadar ko'p marta bajarasiz.

Mashg' ulotlar har
kuni, kamida 3
martadan bajarilishi lozim .
Bachadon tushishi
holatini bartaraf
etishda mashg'ulotlarning
muntazamligi va
davomiyligi
muhimdir .

Manba: uzbaby.uz
Просмотров: 3507 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Qaysi bo'limlarni sevib mutolaa qilasiz ?
Всего ответов: 7
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama