00:06
Tish olinganda yoki tushganda qon to'xtamasa nima qilish kerak?

Tish olinishi oddiy bo'lgani bilan bir
jarrohlik operatsiya desak
adashmaymiz.
Odatda tish olingach qon ketishi bir
necha daqiqalarda to'xtaydi. Cho'zilgan
holda ham 15-20 daqiqadan ko'p
cho'zilmaydi.
Agar qon oqishi to'xtamayotgan bo'lsa,
bunga bemor qoni suyuqlashgan bo'lishi
(masalan, muolajadan oldin aspirin kabi
qon suyuqlashtiruvchi dori ichgan
bo'lishi), qon bosimining oshishi kabilar
sabab bo'lishi mumkin.
Undan tashqari tish olinayotganda yirik
qon tomirlariga zarb yetgan bo'lsa ham
tish olingan joydan ko'p qon kelishi
kuzatiladi.
Agar tish olingan zahoti qon kelishi
kuzatilayogan bo'lsa, u holda
stomatolog uni tez to'xtata oladi.
Tish uyda olingan bo'lib qon
to'xtamayotgan bo'lsa yoki tish
kasalxonada olinib bir necha soat
o'tganda uyda qon kela boshlasa u
holda shifokorga murojaat etgan ma'qul.
Agar qon unchalik ko'p kempayotgan
bo'lsa, uni uy sharoitida to'xtatish
uchun nima qilib ko'rsa bo'ladi?

Qon kelishi
ko'payayotgan, yoki 30 daqiqa o'tgach
to'xtamayotgan bo'lsa shifokorga
uchrash talab etiladi


1. Bintdan tampon yasab tish olingan
joyga taqab 20-30 daqiqaga tishlar bilan
bosib qo'yiladi. Tampon qon oqimiga
to'sqinlik qilib, qonni quyuqlashishib
to'xtashiga yordam beradi. Tampon bir
necha soniyada qonga to'lib ketayogan
bo'lsa, u holda zudlik bilan shifoxonaga
bormoq zarur.

2. Tish olingan tomondagi yanoqga muz
matoga o'ralib 5-10 daqiqaga qo'yiladi.
U qon tomirlarini siqilib qon oqimini
to'xtashiga olib keladi. Muzni bevosita
tish olingan joyga qo'yish yoki yanoqda
uzoq vaqt mobaynida ushlash mumkin
emas. Tish olingan joyda yallig'lanish
jarayoni boshlanib ketishi mumkin.

3. Qon oqayotgan bo'lsa og'izni chayish
kerak emas. Qon oqimini to'xtatuvchi
quyuqlashgan qon parchasi suv bilan
chiqib ketaverib, qon to'xtamaydi.

4. Qon bosimini tekshirib ko'rish lozim.
Vahima bilan qon bosimi oshib ketgan
bo'lsa, uni tushirish lozim. Aks holda
qon to'xtashi qiyin bo'ladi.

Undan tashqari:
Tish olingandan so'ng sauna yoki
boshqa issiq va sovuq muolajalarni 1-2
kun bajarmaslik zarur.
Qon bosimi yuqori yuradiganlar tish
olingan kuni va undan so'ng qon
bosimini nazoratda ushlamoqlari lozim.
Spirtli ichimliklarni tish olingach 1-2 kun
ichmaslik muhim.

Agar qon oqishi bilan birga og'riq , bosh aylanish,
bo'shlik sezilsa, darhol shifoxonaga uchrash lozim.

Manba: uzbaby.uz
Просмотров: 1083 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Ёшингиз Неччида ??
Всего ответов: 372
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama