00:06
Varikotsele nima degani?

Erkak kishining jinsiy a'zolarida mavjud
bo'lgan tomir va arteriyalar uning
tuxumini qon bilan ta'minlash vazifasini
bajaradi. Qon tomirlari orqali qon
yurakdan butun tana bo'ylab
aylanadi. Aylanish bir tomonlama
bo'ladi. Ba'zida organizmda biror
kasallik tufayli qon bir tomonga emas,
balki uning oz miqdori teskari tomonga
qayta boshlaydi.

Shunda qaytgan qon hisobiga tomirlar
kengayadi, shishadi, kattalashadi.
Natijada varikotsele kasalligi yuzaga
keladi.

Kim varikotsele bilan kasallanishga
moyil bo'ladi?


Varikotsele juda ko'p tarqalgan kasallik
bo'lib, odatda 15-25 yoshlik erkaklarda
paydo bo'ladi. Buning sababi jinsiy
rivojlanish jarayonida tuxumlar katta
tezlikda o'sadi va ularning to'g'ri
rivojlanishi uchun ko'p miqdorda qon
talab etiladi. Agar shu davrda qon
tomirlari yaxshi faoliyat
ko'rsatmayotgan bo'lsa, kuchli qon
oqimiga bardosh bera olmay, tomirlarda
varikotsele yuzaga kelishi oson bo'ladi.
Ko'pincha varikotsele chap tomondagi
tuxum tomirlarida namoyon bo'ladi.
Kam hollarda o'ng tomonda ham yuzaga
chiqishi mumkin.

Varikotsele xavflimi?

Varikotselening xavfliligi uning
darajasiga bog'liq. Varikotsele tufayli
erkak tuxumida harorat yuqori yuradi,
bu esa spermatozoidlarning o'limiga,
sifatini buzilishiga, natijada
bepushtlikka ham olib kelishi mumkin .

Varikotsele alomatlari qanday?

Varikotsele mavjudligi haqida erkak
ko'pincha bilmay yuradi. Issiq kunda
yoki uzoq vaqt bir joyda o'tirish yoki tik
turish natijasida ba'zi alomatlar
namoyon bo'lishi mumkin:
- tuxumlarning qichinishi;
- jinsiy a'zolarda og'irlik paydo bo'lishi;
- tomirlarning bo'rtganligini qo'l bilan
sezilishi;
- tuxum tomonda noqulaylik sezilishi;
- bir tomondagi tuxumning boshqa
tomon tuxumdan shakli va razmeri bilan
farq qilinishi.

Varikotsele qanday davolanadi?
Shifokor varikotsele kasalligini aniqlash
uchun tuxumni tekshiradi. Bunda tuxum
razmeri, shakli, joylashishi,
harakatlanishiga ahamiyat beriladi. Agar
varikotsele borligiga shubha paydo
bo'lsa, qo'shimcha ultra tovushli
diagnostika yoki stretoskopik tekshiruv
talab qilinishi mumkin.

Agar varikotsele erkakka hech qanday
noqulaylik keltirmayotgan bo'lsa, u
holda u, odatda, davolanmaydi.
Varikotsele darajasiga qarab ba'zida uni
jarrohlik yo'li bilan olib tashlash yoki
varikotsele tufayli tuxum va boshqa
jinsiy a'zolardagi yallig'lanishni dori
vositalari bilan davolash talab etilishi
mumkin.

Yana bir yo'l, tomir ichiga sun'iy
yo'lakcha joylashtirish orqali plastik
jarrohlik qo'llaniladi.
Manba: uzbaby.uz
Просмотров: 4341 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 5.0/1
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Каердан Ташриф Буюрасиз?
Всего ответов: 176
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama