00:15
Asal Oyi

Deyarli har bir er-xotin turmushida asal oyi bo'ladi. Bir oy, uch oy, ba'zilarda 1-2 yillab ham davom etadi u.

Asal oyi davri hammaga yoqimlidir, u
ehtiroslarga boy bo'lib, bizga
yoshligimizni eslatadi. Lekin negadur butun hayotimizni asal oyidek o'tkaza
olmaymiz...
Turmushning o'n yilligida, yigirma yilligida ham huddi oldingidek ehtiros va tuyg'ularga boy munosabatni hamma qumsaydi, shunga intiladi, lekin negadur iloji bo'lmaydi. Nahot asal oyi yoshi o'tgan juftliklarda bo'lmasa...

Haqiqatan ham shundaymikin?

Turmushning ilk oylarida asal oyi. U payt er-xotin bir-biriga
to'yolmaydigandek tuyuladi. Erning xayoli xotinida, xotininiki erida. Orada tushunmovchilik bo'lsa ham, juftliklar kuni bilan bir-birini qumsab, tezda
kechirib yana diydorlashish ilinjida
yashaydilar.


Vaqt o'tib bu munosabatlarga
qarindoshlar qo'shiladi. Ularning yaxshi-yomon aralashuvi asta-sekin juftliklarni jismonan uzoqlashtira boshlaydi. Keyin turmushning moliyaviy tomoni paydo bo'ladi. Pul topish harakati, uni ishlatish muammosi juftliklar munosabatiga yana
bir kichik ta'sir o'tkazishni boshlaydi.

Yana vaqt o'tgach oilada farzand
dunyoga keladi. Ana shunda ilk bora er-xotinda umumiy bir hayol paydo bo'ladi.

Bu - farzandi haqidagi xayol. Agar oldin erkakda moliyaviy hayol bo'lib, ayolni bu bezovta qilmagan yoki ayolning qarindoshida biron muammo bo'lib, erini
bu qiziqtirmagan bo'lsa, endi butunlay boshqacha. Endi bu juftlikni birlashtiruvchi bir katta kuch bor - ularning farzandi. Aynan shu davrdan boshlab er-xotin erkak va ayoldan ota-onaga aylanadilar.
Endi ishga ketgan erini ertalabdan
boshlab kutishni o'rniga ayol bolasini katta qilish bilan ovora bo'ladi.

Ishxonada bo'lib ayoliga qo'ng'iroq
qilgan er nafaqat ayoli haqida balki farzandining holati haqida ham xabarlashadi. Oilada pul
ishlatilayotganda endi bolaning
ehtiyojlari birinchi o'ringa o'tadi.
Kechqurun er-xotin birga bo'lib
diydoriga to'yishni o'rniga bolani
uxlatish bilan ovora bo'ladilar.
Yana yillar o'tadi. Farzandlar katta
bo'ladi. Ular o'zini o'zi eplagani bilan er-xotinning vazifalari yanada ko'paygan.

Farzandini o'qitish, uni yomon yo'ldan asrash, kerakli tarbiya berish va yana yuzlab vazifalar ota-onaning oldida turmoqda. Ular shu bilan band. Bunga doim sherik bo'ladigan moliyaviy muammolar ham yo'q emas.

Shunday qilib hayot davomida er-
xotinning orasiga minglab munosabatlar
qo'shilib ketadi. Bu yaxshi munosabatlar
va baxt keltiruvchi holat bo'lgani bilan o'z-o'zidan ularni ayol va erkakdan,
qo'pol qilib aytganda ota-ona, buvi-
buva, pul olib keluvchi va tarbiyachi,
oshpaz va haydovchiga aylantirib
qo'yadi. Bu munosabatlarda asal oyiga joy bormi?

Farzandini sevadigan ayol uchun -
farzand doim birinchi o'rinda bo'ladi.
Oilasi tinch bo'lishini istaydigan erkak
shu tinchlikka erishish yo'llarini izlaydi.

Endi tun mobaynida xotini bilan
"suhbatlashib" ertasi kuni ishda
uyqusrab o'tirishga ma'suliyatli erkak qodir bo'lmaydi. Chunki u oila boshi, farzandlarini baxtini o'ylaydigan erkakdir. Ayol esa avallo ona bo'lib
qoladi. Erini ming sog'ingan bo'lsa-da, bolasining tundagi bir dona chaqirig'i
uni o'rnidan sakrab turishiga sababchi
bo'ladi. Bunday misollar juda ko'p.

Lekin baribir ayol
ham erkak ham o'sha ehtirosli , bir - biriga bo'lgan sog'inchli munosabatlarga qaytishni istaydi... Nahot iloji yo'q bo'lsa ?


Asal shirinliklardan eng shiralisi bo'lsa
kerak. Shuning uchun ham hayotning
eng shirali davrini asal oyi deb
nomlashgan. Lekin tasavvur qiling
mo'jiza bo'lib butun umr asal oyidek
o'tmoqda. Har kuni, har oy, har
yil.....Mana shunday asal oyi cheksiz
davom etadigan hayot egasi shuni
anglay oladimi? Yo'q. Chunki bu uning
har kungi hayotidir. Unga endi bundan
ortiqrog'i kerak bo'ladi.
Asal oyi o'ziga xos ekanligi bilan, oddiy
hayotdan ko'ra ajralib turishi bilan bizga
yoqimlidir. Asal oyini butun umr kechira olmas ekanmiz, uni ba'zida hayotimizga
kiritib turishimiz kerak va buning iloji bor. Faqat u buvi bilan buvaning, ota bilan onaning, haydovchi bilan
oshpazning munosabalariga kira
olmaydi. U erkak va ayol orasidagi
munosabatda bo'ladi xolos.
Imkoniyatdan kelib chiqib bir kun, bir tun, hatto bir kechaga bo'lsada, er-xotin ERKAK va AYOL bo'lib qolishni bilishsa, ularning umri davomida asal oyi qayta-qayta takrorlanaveradi.
Manba: Uzbaby.uz
Просмотров: 4546 | Добавил: XakkeR_Kg | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Каердан Ташриф Буюрасиз?
Всего ответов: 176
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama