00:32
Sutim yetmayabdi: Asosiy sabab

Ko'krak suti yetmaganda nima qilish kerak, degan savolga ko'p maslahat bersa bo'ladi. Ba'zida esa oddiygina savolga javob muammo yechimiga aylanadi.

Bu savol: Emizishga vaqtingiz bormi? Albatta bor, deydi ko'pchilik. Bolani
ovqatlanishi uchun vaqtingiz bordur,
lekin emizish deganda bolaning
ovqatlanishini tushunmang.
Bola onani emishi bu nafaqat
ovqatlanish, balki bolaning onasini
bag'riga to'yishi, onasini mehrini olishi,
onasi bilan suhbatlashishi, onasi
allalashini eshitishi, onasiga qarashi va
boshqa shu kabi vaziyatlarni o'z ichiga oladigan psixologik holatdir.
Qorni to'q bola injiq bo'lishini
ko'rgansizku? Hozirgina emizdim, nega yana yig'layapti, deysiz.

Aslida uni ovqatga bo'lgan ehtiyojini ta'minlaganingiz bilan, sizga, bag'ringizga, qo'llaringizga,
ko'zlaringizga bo'lgan ehtiyojini hali to'ydirishga ulgurmagan bo'lasiz. U yana emishni istagandek sizga
talpinadi. Yana emizing.
Ovqat yeyishi uchun emas, sizga to'yib olishi uchun emizing. Ona suti shunday ajoyibki, bolaning ehtiyojiga qarab uning tarkibi o'zgaradi. Ya'ni qorni och bola emayotganda kuchli so'rishi natijasida
yog'liq sutni olsa, shunchaki mehrga
to'yishni istayotgan bo'la sekin-sekin
so'rib oldi sut, ya'ni yog'siz sutni ichadi.
Olti oygacha ona emizish uchun
kunining deyarli 70 foizini ajratishi
lozim. Agar uy ishlari kutib turgan
bo'lsa, u holda uydagilarga tushuntiring.
Ularga qorni to'q, mehrga to'yib
o'sayotgan bola yaxshimi, yoki bolani
yetarlicha emazmay onada sut kamayib
borib bola uchun qo'shimcha
aralashmaga pul ketqazib injiq bolani katta qilish afzalmi?

Agar ona suti kamaymasdan, bola
tiniqib katta bo'lishi muhim bo'lsa u holda emizikli onaga sharoit yaratib berish kerak.


1. Bolani hech qachon biron ish qilish oldidan shoshib emizmang.
Shoshayotgan onani bola sezadi va qo'yib yuborishni istamaydi.

2. Bolani alohida tinch joyda
emizishga odatlaning. Birov bilan
gaplashib yoki telefonga qarab
emizsangiz, bola mehringiz va
e'tiboringizga yetarlicha to'yib ololmaydi
va yarim soat o'tmay yana emgisi kelib qoladi.

3. Bolani vaqtga qarab emizmang.
Qachon emizish ni bilish uchun eng yaxshi ko'rsatkich, bolaning ehtiyoji. Ba'zi kunlar bo'ladiki , bola xuddi tinmay ko'krakni so'ragandek tuyuladi. Ana shu kunlar bolaga ko'krakni ko'p tutqazadigan vaqtdir. Bu davrda ona ko'kragida sut kamaygan bo'lib, bola uni
ko'paytirish maqsadida ko'p so'radi.
So'rish ko'paygan sari sut ishlab
chiqarilish hajmi ham ko'paya
boshlaydi.

4. Emizishni ishlar orasida emas,
ishlarni emizish orasida qiling. Bolaning 6 oyiga to'lguniga qadar sizning eng muhim ishingiz bolani bag'ringizga olib
o'tirish.

5. Emizish jarayoniga soat poylab
yodnashmang. Emizishga o'tirdingizmi,
hamma ishni unuting. Endi butun
vujudingiz bilan bolaga o'zingizni qarating.

6. Emizishni muammo deb bilmang. Qo'rquv va asabiylashish sutni qochirib
yuboradi.

7. Bolaning 6 oygacha bo'lgan davrida o'zingizni urintirmang. Charchov sutni
kamaytirib yuboradi.

8. Bola uxlaganida albatta uxlab oling. Bolaning ko'p uxlashi oshxonada manti
pishirib olish uchun emas, onaning dam olishi uchun foydalidir.

9. Uydagilardan tez-tez yordam so'rang. Emizishning ilk 6 oy davri bolaning hayotidagi eng muhim davri ekanligini
bilishsin.

10. Sut yetmaydigan payti, emizish ga yanada ko'proq vaqt ajrating. Sut yetmay qolyaptimi, demak, siz yaxshi
vaqt ajratmayapsiz.
Agar emizish jarayoniga ona shunday yondashsa, sut yetishmovchiligi
muammosi umuman bo'lmaydi. Bunday yondashuv bilan bolani katta qilgan ayollarning atigi 2% da haqiqattan sut
yetishmaslik holati kuzatilishi mumkin.
Qolgan 98% bemalol emizib boradi.

Bola o'sayotganida ayrim qisqa davrda
hamma ayolda sutning kamayish davri yuzaga keladi. Mana shu 3-4 kunda bola
onasiga osilib olgandek bo'ladi, shunda
uni yanada ko'proq ko'krakka
tutqazsangiz, bu muammo ham o'zidan
yo'q bo'lib ketadi.
Manba: uzbaby.uz
Просмотров: 1443 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Qaysi bo'limlarni sevib mutolaa qilasiz ?
Всего ответов: 7
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama