23:44
Qo‘ltiq terlashiga qarshi vositalar

Yoz kuni yaqinlashgan sayin ter hidi haqida hammamiz qayg'uramiz.

Hozir do'konlarda ter hidiga qarshi
ko'plab vositalar mavjud. Lekin ularning hammasi ter hidini yo'qota olmaydi, undan tashqari ularning ba'zilari tarkibida alyuminiy bo'lib, bu salomatlik uchun zararlidir ham.
Quyida ter hidiga qarshi tabiiiy va samarali vositalar ro'yxati keltirilgan:

1. Har kuni ertalab qo'ltiqni yuvib oddiy soda kukunini ingichka qoplam qilib suramiz. Shundayligicha yuramiz. Kun mobaynida yoqimsiz ter hidi
chiqmasligini ta'minlaydi.

2. Har kuni toza qo'ltiq teriga 1 dona limon bo'lagini suramiz. Limon kislotasi ter ko'p ajralmasligini ta'minlaydi.

3. Talk kukunini har kuni ertalab toza qo'ltiqqa surib olamiz. Talk ortiqcha terini o'ziga shimib oladi va hid taralishiga to'sqinlik qiladi.

4. Ba'zilarning fikricha, oddiy sirka ham teri hidini o'ldirishga moyil ekan. Paxtaga sirkadan tomizib toza qo'ltiqlarimizni artib chiqamiz.

5. Nam salfetkalarni yoningizda olib yuring. Agar tez-tez terlaydigan
bo'lsangiz va chayinib olishga imkoniyat
bo'lmasa, nam salfetkada artinib uyda tayyorlab olgan soda va suvlik(1 osh qoshiq sodaga yarim piyola suv) aralashmani surib olsangiz bo'ladi.
Manba: uzbaby.uz
Просмотров: 3963 | Добавил: XakkeR_Kg | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Каердан Ташриф Буюрасиз?
Всего ответов: 176
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama