00:00
Hayz vaqtida og'riq: sababi va davolanishi

Hayz kelishi hammada har xil kechadi.

Ba'zi ayollarda hayz kelishi o'g'riqsiz o'tsa, ba'zi ayollar hayz kunidan oldin yoki hayz kelishi davomida og'riq sezadi.
Agar og'riq kuchli emas bo'lib, 48-72 soatdan oshmasa, bu normal holatdir. Hayz og'riq bilan kechishiga
dismenoreya deb ataladi.

Og'riq qanday bo'ladi?

-Qorin past qismi og'riydi;
-Bel va sonda og'riq bo'ladi;
-Qorinda bosim seziladi.

Hayz davrida og'riq bo'lishiga nima sabab bo'ladi?

Bachadon devorlarining hayz payti
qisqarishi og'riqni keltirishi mumkin.
Bu qisqarish bachadon devori
qoplamini tushirib yuborish uchun
kerak. Bu normal holat bo'lib,
davolanishni talab etmaydi.
Undan tashqari quyidagi holatlar
hayz davomida og'riqni keltirib
chiqarishi mumkin:


Endometrioz. Bunda bachadon
xujayralari bachadondan tashqarida rivojlanishni boshlaydi. Bu holat hayz payti kuchli, ba'zida chidab bo'lmas
og'riqni ham keltirib chiqarishi
mumkin.
Kichik toz a'zolaridagi shishlar. Bu
shishlar hayz ni og'riqli va ko'p hajmli bo'lishiga olib kelishi mumkin.

Jinsiy a'zolar shamollashi. Bunda
kichik to'z a'zolarida biron bakteriya tufayli yallig'lanish namoyon bo'ladi bu esa ayol hayz davomida
og'riq sezishiga olib keladi.
Adenomiosis. Bunda bachadon
endometriysi(qoplami)ning ko'payib borayotgani kuzatiladi, natijada
bachadon kattalasha boshlaydi, bu
hayz kelishidan oldin va hayz
kunlarida og'riq bo'lishiga olib keladi.

Ba'zida bachadon ichki vositasi ham bachadonga qo'yilgan ilk 6 oy
davrida hayz davomida og'riq
keltirishi mumkin.

Agar ayolda hayz davomida oldin
og'riq bo'lmay, birdaniga og'riq paydo bo'lgan yoki oldin ozgina og'rib endi kuchliroq va davomiyliroq og'riq
sezilayotgan bo'lsa, u holda yuqorida ta'kidlangan biron patologik holat
yuz bergan bo'lishi mumkin.
-Hayz davomidagi og'riq biron
kasallik alomati ekanligini
qo'shimcha ko'rsatkichlardan
aniqlasa bo'ladi:
-Hayz sikli muntazam emas;
-Hayzlar orasida qindan qon ajraladi;
-Qindan qalin, hidi yomon ajralma
chiqadi;
-Jinsiy aloqa jarayonida
og'riq seziladi.

Qachon shifokorga murojat qilish lozim?

-Agar sizda yuqoridagi qo'shumcha
ko'rsatkichlar bo'lsa;
-Agar hayz siklingiz birdaniga
o'zgargan bo'lsa;
-Hayz davomiyligi va hajmi o'zgargan
bo'lsa;
-Og'riq oldingiga nisbatan kuchliroq
yoki davomiyroq bo'lib qolgan bo'lsa.

Shifokor nima qiladi?

-Siydik va qon analizlarini tekshiradi;
-Kichik toz a'zolarini ultra tovushli
diagnostika qiladi;
-Gesteroskopiya yoki
laporoskopiya muolajasini o'tkazadi.
-Bunda kichik toz a'zolari
anomaliyalar mavjudligiga chuqur
tekshiruvdan o'tkaziladi.

Hayz davomida og'riq bo'lishi
davolanadimi?


Agar bunga biron kasallik sabab
bo'lmasa yo'q. Shirokor maslahati bilan og'riqqa qarshi biron og'riq tushiruvchi dori ichsa bo'ladi. Hayz og'rig'i biron kasallik tufayli bo'layotgan bo'lsa, u holda o'sha kasallik davolanadi.

Hayz davomida og'riq bo'lishi
bepishtlikka olib kelmaydimi?


Agar og'riqning sababi biron kasallik
bo'lsa, olib kelishi mumkin. Masalan,
endometrioz yoki jinsiy a'zolar
yallig'lanishi davonlanmay qoldirilsa,
bepushtlikka yoki bachadondan tashqari
homiladorlik ka olib kelishi mumkin.
Hayz og'riq bilan kelsa, uy ishlarini
qilish yoki jismoniy mashg'ulotlar
bajarish mumkinmi?
Agar ayolga bu qiyinchilik tug'dirmasa,
buning zarari yo'q.
Hayz davomida og'riqni yumshatish
uchun iliq dush qabul qilish yoki qorinni massaj qilish yordam beradi. Eng osoni hayz og'riq bilan o'tayotgan kunlarda ayol yotib dam olishidir.

Janubiy Korea ofislarida ayollar uchun qizil kun
ta'tili mavjud . Ya'ni ular hayz
keladigan 3 kun ishga chiqmaslik huquqiga egadirlar.

Manba: uzbaby.uz
Просмотров: 3158 | Добавил: XakkeR_Kg | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Qaysi bo'limlarni sevib mutolaa qilasiz ?
Всего ответов: 7
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama