06:32
Turmushning bosqichlari

Har bir oila hayot davomida bir necha
bosqichdan o'tadi. Bu jarayonda er-
xotin yanada yaqinlashadi yoki yanada
uzqolashib ketadi.

1-bosqich

O'rganish davri. Bu davr turmushning ilk
3-5 yilga to'g'ri keladi. Bunda qaynona-
kelin munosabatlari, birinchi farzand
krizisi, er-xotinning bir-biri bilan
yashashga o'rganishi bu yog'iga
turmushning chiroyli kechishiga ta'sir
qiluvchi muhim omil bo'ladi. Bu bosqich
ikki juftlik haqiqiy oila bo'lishga
o'rganish, yonidagiga yon bosish,
o'zining istaklaridan ko'ra oilaning
ehtiyojlarini ustun qo'yishni o'rganish
davridir.

2-bosqich

Moliyaviy muammolar davri.
Turmushning ilk 3 yilidan yaxshi o'tib
o'lgan juftliklar endi yangi
muammolarga duch keladi. 2-bosqich
odatda 5-7 yil davom etadi. Bu davrda
odatda oilada yana bir farzand dunyoga
keladi, yosh oila esa biron katta ishga
qo'l uradi. Yangi uy olish, uyni
ta'mirdan chiqarish, mashina olish kabi
qo'shimcha harajat va moliyaviy
maqsadlar yuzaga keladi. Bunda oilada
er-xotin munosabatlari takomillashadi,
chunki ularda endi umumiy maqsadlari
bor, ular endi o'zini emas oilasini
ehtiyojini qondirish uchun ikkovi ham
harakatini ayamaydilar.

3-bosqich

Zerikish davri. Turmushning 10
yillidigan boshlanadigan bu davrda
oilada odatda bolalar bog'cha maktab
yoshida bo'ladi, moliyaviy holat
stabillashgan, er-xotin esa bir-biriga
o'rgangan bo'ladi. Mana shunda er-xotin
munosabatlari sinovdan o'tadi. Endi
jinsiy munosabatlarga halaqit beradigan
chaqaloq yig'isi eshitilmaydi, lekin
extiros ham qaergadur yo'qolgan bo'lib
qoladi. Ona bolalar bilan ovora, ota esa
ko'cha ishlari bilan ovora. Er-xotin bir-
birlariga vaqt ajratishi, jinsiy
munosabatlarni yangi darajaga
ko'tarishi, o'zaro ro'y bergan
o'zgarishlarga qayta ko'nikish davri
boshlanib u ham 5-7 yilcha davom
etadi. Mana shu bosqichda erkak
boshqa ayollarga qarashni
boshlamasligi muhim. Zerikish
bosqichida yengilroq ma'suliyatsizroq
erkakning yurib ketishi oson bo'ladi.

4-bosqich

Bolalar muammolari kattalashgan davr.
Endi er-xotin orasidagi suhbatlar
farzandlar haqida, uydagi muammo va
kelishmovchiliklar farzandlar tufayli,
bahslashuv ham farzandlar mavzusida
bo'ladi. Farzandlarning kelajagi biroz
aniqlashtirilganida bu davr ham asta
sekin so'nadi. Ko'pi bilan 5-7 yil davom
etadigan tumurshning bu bosqichida
farzandlarning kattalar hayotiga qadam
bosishi davri boshlanadi. Farzandlar
ishga, o'qishga kiradilar, ilk to'ylar
bo'ladi.

5-bosqich
Xosil olish davri. Mana shu davrdan
boshlab er-xotin oilaviy umri davomida
ekkan urug'larining xosilini terishni
boshlaydilar. Farzandlariga yaxshi
tarbiya bergan bo'lsalar, ulardan chiroyli
amallar ko'radilar. Pulni sovurmay
meyorida keragicha ishlatib kun
kechirgan bo'lsalar, endi buning
barakasini ko'radilar. Solih va soliha qiz
o'g'il o'stira olgan bo'lsalar, ularni
to'ylarini qilib ikki barobar farzandlik
bo'ladilar. Bu ishlar esa er-xotin
orasidagi mehrni bir-birlariga bo'lgan
minnatdorchilik tuyg'usi qo'shilgan
holda yanada kuchayishiga olib keladi.
Aksincha, er-xotinda farzandlar
tarbiyasiz ulg'ayib, hayot molu-dunyo
orqasidan quvish bilan kechgan bo'lib,
nafs va xirs tiyilmagan bo'l'sa, u holda
mana shu bosqich o'ta ayanchli
kechadi. Bu davrda erkak va ayol ham
endi yosh emas, yoshligida qilgan
xatolari uchun yoshi katta bo'lganda
haq to'lash juda qiyin.
Bu bosqich umrning oxiriga qadar
davom etib, er-xotin baxtli bo'la oldimi
yo'qmi ko'ratib beradi. Ahir turmushning
ilk yillarida baxtli bo'lish muhim emas.
Muhimi er-xotin turmushning barcha
bosqichlaridan o'tib, bir-biriga bo'lgan
mehrni asray olishidir. Buning uchun
esa erkak ham ayol ham oilaning bir
umumiy maqsadi uchun harakat va
mehnatda bo'lishi darkor. Ana
shundagina turmushining ohirgi bosqichi
ularga haqiqiy baxt keltira oladi.
Manba: uzbaby.uz
Просмотров: 1455 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Сайтга Кунда Неча Бор Кирасиз ???
Всего ответов: 86
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama