04:28
Mehr ko'zda...mi?

Qadimgi "Mehr ko'zda" degan iboraning
kuchli ekanligini hozirgi kundagi
psixologlar ham ta'kidlamoqdalar. Er-
xotin orasidagi munosabatlarga masofa
qanday ta'sir qiladi?

Bugungi kunda oilalarda afsuski,
erkaklar yoki bo'lmasa ayollar biron
moliyaviy muammo tufayli oilasidan
yiroqda yashaydilar. Boshqa yurtta yoki
shaharda xizmat qilayotgan erkaklar
oramizda juda ko'p. Hatto bolam-
chaqam deb o'zga yurt yoki shaharlarda
tirikchilik qilayotgan ayollar ham yo'q
emas. Ular buning barini oilasi uchun
qiladilar. Bolam yaxshi yesin, yaxshi
kiyinsin, deb er-xotin orasiga katta
masofa qo'yib turmush beshigini
tebratadilar.

To'g'i buning natijasida, bolalarda yangi
krossovka, uyda esa yangi mashina
paydo bo'lishi mumkin. Lekin mehr-chi,
unga nima bo'ladi?

Erkrak o'ylanganida nozik bir niholni
xotin qiladi. Yonidagi yosh ayol 1-2
yilda ona bo'ladi. Bir necha yilda esa u
yosh qiz tajribali, biroz charchagan,
biroz zerikkan, biroz qo'pollashgan va
tili chiqqan juvonga aylanib boradi.
Erkak ham shu yo'lda o'zgarib
boraveradi. Mana shu o'zgarishlar
davomida er-xotin bir-birini yonida
bo'lsa, o'zgarish kuchi bunchalik
bilinmaydi. Chunki har kuni bir insonni
yoningizda ko'rib tursangiz uning
o'zgarib borayotgani, qariyotgani sizga
yaqqol sezilmaydi, chunki avallambor
siz ham uning o'zgarishiga yarasha
moslashib borayotgan va o'zgarib
borayotgan bo'lasiz. Lekin narigi
mahalladagi sinfdoshingizni 10 yil
ko'rmay birdan ko'rib gaplashib
qolsangiz uning o'zgargani sizga yaqqol
namoyon bo'ladi. Gapi boshqa, qarashi
boshqa...umuman boshqa odamdek
ko'rinadi sizga. Agar uning o'zgarishi
sizning ko'zingizda ijobiy tomonga
bo'lsa, u holda munosabatlaringiz ham
ijobiy davom etishi mumkin. Nobodo
uning 10 yillik hayot tajribasi uni sizning
fikringizcha salbiy tomonga o'zgartirib
qo'yganini sezsangiz, u holda siz u bilan
boshqa uchrashmay qo'ya qolishni afzal
ko'rasiz. Aslida u salbiy tomonga yoki
ijobiy tomonga o'zgarmagan. U
o'zgargan, xolos! Ya'ni siz uchun qulay
yoki noqulay tomonga bo'lgani bilan
boshqasi uchun buning aksi bo'lishi
mumkin. Lekin aniq bir narsa, u endi
o'zgarganligidir. Mana shu o'zgarishga
sizning moslashay olmasligingiz uni
salbiy deb qabul qilishingizga sabab
bo'ladi.
Soatning daqiqalar
strelkasini 5 daqiqaga surilishini tinmay
nazorat qilib tursangiz, ko'zingizga ana
shu 5 daqiqalik strelkaning surilishi
deyarli bilinmaydi. Lekin soatga
qaramay turib 5 daqiqa o'tgach
qarasangiz strelka orada yaxshigina
masofani o'tganini yaqqol ko'ra
olasiz.Ya'ni jarayonga qarab turish bilan,
uni muddat o'tgandan so'ng ko'rishda
katta farq bor.


Oilada ham huddi shunday.

Ikki yil davomida erkak o'zga yurtga
peshona terisi bilan pul topishga ketadi.
U yerda na issiq joy, na issiq ovqati
bo'ladi. Bir amallab bolam deb, oilam
deb kun kechirib pul ishlaydi. Bu holat
uni istaymizmi yo'qmi o'zgartiradi.
Qaysi tomonga o'zgarishining hozir farqi
yo'q. Muhimi u 2 yildan so'ng uyga
kelganida o'zgargan odam bo'ladi. Shu
davrda uning ayoli uyda bir o'zi ayol
boshi bilan ro'zg'orni tebratib, bolalarni
"otasiz" katta qilish harakatida bo'ladi.
Balki moliyaviy qiyinchiliklar bo'lmas,
lekin uyda erkak bo'lishi bilan, erkak
bo'lmasligining farqi ayollar uchun juda
kattaligini hammamiz bilamiz. Bolalar
tarbiyasida ham buning o'z o'rni bor.
Demakki, bu ayol ham shu 2 yil
mobaynidagi o'ziga yarasha
qiyinchiliklari tufayli ancha o'zgarib
boradi. Aslida yillar o'tgan sayin
hammamiz o'zgaramiz, er-xotin 2 yil
davomida bir-birini o'zgarishini
ko'rmagan, sezmagan, kuzatib
bormagan bo'lsa-chi?. Ikki yildan so'ng
er kerakli moliyaviy mablag' bilan uyga
qaytgach negadur ayoli ko'ziga
boshqacha ko'rinadi. Boshidagi 2-3 oyni
nazarda tutmayammin. Bu 2-3 oyni
ikkinchi "asal oyi" desak bo'ladi. Aqldan
ko'ra ehtiros xukm surgan davr bo'ladi.
Lekin ehtirosli davr tugagach, er-xotin
bir-biriga haqqoniy qaray boshlaydi.
Erining ko'ziga ayolining yuzida
ko'paygan ajinlari tushadi, ayolning
dilini esa erining qo'pol bo'lib qolgani
og'ir bota boshlaydi. Ular huddi
boshidan bir-biriga o'rganishi kerak
bo'lgan juftliklardek bo'lib qoladilar.
Oradagi mehr juda kuchli bo'lsa, bu
bosqich yengiladi va oilaga baxt yana
qaytadi. Lekin er-xotin alohida
yashashgan davr uzoq bo'lib, oradagi
mehr bundan oldin ham unchalik kuchli
bo'lmagan bo'lsa, mana shu bosqichdan
boshlab oila baxti dars keta boshlaydi.
Erkak yana biron joyga borib ishlashga
talpinadi, moliyaviy muammo hal
qilingan bo'lsada, uni uyda ushlab
turadigan tuyg'u so'na boshlaydi. Erkak
yana ketadi. Orada yangi mashina, balki
yangi uy ham olinar. Lekin haligi dars
ketgan mehr asta-sekin sina boshlaydi.
Bu davrda bolalar ham
kattalashayotgan bo'ladi. Ularning
tarbiyasiga endi otasining so'zi emas,
balki yuborayotgan puli faqat ta'sir eta
oladi, xolos.

Mana shu yo'lda oiladagi mehr, er-xotin
orasidagi, ota-ona va farzandlar
orasidagi, hatto farzandlararo mehr ham
asta sekin yo'qlolib boraveradi. To'g'ri
er-xotinni bog'lab turgan boshqa
narsalar bo'lishi mumkin, lekin ular
mehrni o'rnini bosa olarmikin?
Yangi televizor yoki yangi krossovka
otasining farzandiga bergan nasihatini
o'rnini bosa olarmikan?
Yangi xolodilnik ayolining shirin ovqatini
o'rnini bosa olmarmikin?
Ba'zilar, ahir yo'qchillikadan o'zga
yurtga oilamni tashlab ketdim-ku,
topgan pulimni umrimni oilamga,
farzandlarimga bag'ishladim-ku deydilar,
boshimdagi qarzlarni uzish uchun
ketdim-ku...mana shu oila baxti uchun
kurashish emasmi, deydilar.
Balki shundaydir ham. Lekin haqiqattan
bu oilaga puldan tashqari baxt keltira
oldimi? Qancha baqvat yigitlar mana
shu o'zga yurtdagi ish uchun kuchini
sog'lig'ini yo'qotadilar, qanchasi ayolini,
qanchasi tinchligini? Keyin o'sha pullar
balki biron yangi buyumga ham yetar,
qarzlar yopilar, lekin barakasi
bo'larmikin?

Ba'zi erkaklar bo'shlik qilib o'zga yurtda
boshqa ayolga yuz o'giradilar. Sevib
qolgani uchunmas, zorligi uchun,
charchagani uchun...

Nahotki mana shu pullar, yangi
buyumlar, haqiqiy baxtdan voz
kechishga arzisa? To'g'ri shunday
vaziyatlar bo'ladi, oila nochor ahvolda,
qarzlar va boshqa sabab ila erkak yoki
ayol o'zga yurtga ketib ishlashga
majbur bo'ladi. Lekin mana shunday
majburlikni qoplash uchun 6 oy 1 yil
yetmasmikin? Yetsa, nega to'xtay
olmaymiz? Nega qarzlar yopilgan ham
oiladan yiroq bo'lishga talpinamiz?
Bunga bizni zorlik emas, balki yangi
mashina, yangi mebel, yangi krossovka
majbu qilmaydimi?

Zorlikdan, majburlikdan oiladan yiroqda
bo'lish u boshqa, lekin biron moliyaviy
manfaatni ko'zlab o'z oilasidan yiroqda
bo'lishdan qo'rqish kerak. Chunki mehr
ko'zda deb bekorga aytilmagan. Ahir er-
xotin bir-birimiz yonida bo'la turib orada
qancha kelishmovchiliklarni boshdan
kechiramiz. Tasavvur qiling orada
masofalar bo'lganida, orada yuqorida
aytilgan erkak yoki ayoldagi o'zgarishlar
yuz berganida qanday qilib mehr
darajasini ushlay olishimiz mumkin?
Bu juda qiyin. Erkak va ayol birga
bo'lib, farzandlariga bosh-qosh
bo'lishsa, oilaga baraka kiradi. Oiladagi
mehr yanada ko'payadi. Erkak va ayol
bir juftdir. Ular bir-birini yonida bo'lishi
bu tabiat qonuni.

Psixologlarning gapi bilan
umumlashtiradigan bo'lsak, ayol erining
ko'z oldida, erkak ayolining ko'z oldida
o'zgarib borishi lozim. Aks holda, ular
bir-birlari uchun begona bo'lib qoladilar.
Vaqt va masofa ularni begona qilib
qo'yadi. Begona ikki inson birga bo'lishi
uchun orada mehr kerak. Yoshlikda ikki
begona inson mehrsiz ham turmush
quraveradi. Lekin u payt ularda ehtiros
bor, yaxshi niyatlar, katta maqsadlar
bo'ladi. Yoshi 35-40 va undan yuqori
bo'lgan erkak va ayol bir-biriga begona
bo'lib qolsa, oradagi mehr so'ngan
bo'lsa, uni qayta tiklash juda qiyin, birga
yashash uchun sabab izlash undan ham
qiyin. Ko'pincha bu sabab bolalar bo'lib
qoladi. Bolalarga esa bir-birini
sevmaydigan ota-onani ko'rish ham
oson emas.

Orangizda mehr bo'lsa, uni astoyidil
asrang. Turmush o'rtog'ingizni doim
ko'z oldingizda bo'lishi uchun
kurashing. Oz muddatni ko'pchilik
yengadi, lekin uzoq muddat va katta
masofa afsus har qanday mehrni ham
so'ndirib yuborishi hech gap emas.
Manba: uzbaby.uz
Просмотров: 1491 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytning yangi ko'rinishi yoqdimi ?
Всего ответов: 3
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama