05:43
Ayollarga emas erkakka yoqing, ayollar

Bir nazar bilan qaraganda, g'alati
eshitilsa kerak. Shundoq ham erkakka
yoqish harakatida bo'ladiku, ayol?
Ayol o'ziga zeb berayotganida aslida
erkakka yoqish uchun harakat qiladi,
to'g'ri, lekin haqiqattan uning qilgan ishi
erkakni ko'ziga mo'ljallanganmikin?
Ayollar yoqimli ko'rinish uchun asosan
nima qiladilar?

Manukyur-pedikyur qilish;
O'ziga jalb qiluvchi, tor, ochiq-sochiq
yoki bayramona kiyimlar kiyish;
Juda uzoq va puxta bo'yanish,
bo'yanayotganda kiprikning har bir
donasiga ahamiyat bergudek bo'lish;
Sochini kerakli shaklga keltirib
turmaklash;
Taqinchoqlar taqish;
va hokazolar.

Endi bir o'ylab ko'raylik yoki eslab
ko'raylik, erkaklar bunga yoki shu
harakatlarimiz natijasiga qanchalik
ahamiyat beradilar?


Agar ayoli aytmasa, umuman ahamiyat
bermaydi yoki ayolini harakat qilganini
ko'rib uni ko'nglini olish uchun ahamiyat
berganligini aldaydi.
Erkakka bo'yalgan tironqlar emas, toza
va qaralgan tirnoqlar muhim. Qo'l va
oyoqlar teri qotib qurib ketmaganligi
muhim. Silaganida yoqimli bo'lishi
muhim. Lakning rangini esa u umuman
ko'rmaydi.

Biling, sizning chiroyli manikyuringiz
faqat boshqa ayollarga yoqishi mumkin.
O'ziga jalb qilish uchun kiyilgan ochiq-
tor yoki umuman zebli kiyimlar erkakni
xirsini uyg'otishi mumkin, lekin ayolni
yoqtirishga undamaydi. Erkakka ayol
qulay qiyinib o'zini qulay va tabiiy his
qilib yurgani yoqadi. Tirsillab ikki yonida
yog'i chiqib turgan shimda qiynalib
yurgan ayol erkak ko'zida naqadar
yoqimsizligini tasavvur qilmaysiz.
Bunday ayol yoqimli emas, unga
nisbatan ehtiros uyg'onadi, xolos. Lekin
dugonalar shu kabi kiyimlarni juda
yaxshi baholaydilar. Erkaklardan
farqliroq aynan ayollarga jalb qiluvchi,
zamonaviy yoki bayamona qimmatbaho
kiyingan ayollar yoqadi, ular bunga
ahamiyatliroq bo'ladilar.

Bo'yanishga kelsak, bu alohida mavzu.
Erkakka ayol suykalish, mehr olish,
silash, upish uchun ham kerak desak,
har xil bo'yoqlar bunga katta to'sqinlik
qilishini anglash qiyin emas. Aslida
erkakka parvarish qilingan, toza,
tabassum qilib turgan yuz yoqadi.
Labida yoki qo'lida tonal krem va
pomadani his qilish esa erkakni
quvontira olmaydi.

Sizning ko'zguni oldidagi 2 soatlik
bo'yoqlar bilan harakatingiz
dugonalaringizga yoqishi mumkin, ular
bo'yanganligingiz sifatiga ham baho
berib o'tadilar, lekin erkakka sizning
qanday ten va pomada rangi
ishlatganingizning hech qanday farqi
yo'q. U buni tushunmaydi.
Sochlarni qottirib turmaklash yoki bir
shaklda tursin deb boshini bir holatda
tutib yurish ayolni erkak ko'zida tushirib
yuboradi. Ayolning sochlari avallambor
sog'lom va toza bo'lishi darkor.
Sog'liqni taratib turuvchi, yuzga
yarashadigan uzunlikdagi tabiiy
sochlarni erkak silagisi keladi. Bunday
ayol chetdan yengilgina(ijobiy ma'noda)
va tabiiy ko'rinadi.

Tumandagi eng zo'r stilist yaratib
bergan soch turmagini esa ko'chada
sizni ko'rgan boshqa ayollargina xavas
qilishi mumkin.

Huddi shunday taqinchoqlar haqida ham
gapirsak bo'ladi. Umuman aytganda,
ayolga taqinchoq, sumka, sharf kabi
aksesuarlar go'zalligini boyitib turish
uchun kerak. O'rnini bosish uchun
emas! Erkakni ko'ziga aksesuarlar
emas, ular boyitib turgan ayolning
ko'rinishi, didi va tabiiyligi yoqimlidir.
Qimmatbaho sharflar esa boshqa
ayollarni ko'zini qamashtira oladi, xolos.
Xulosa qilib aytganda, erkak ayoliga
maydalashib qaramaydi. Ayoli kiprigiga
ishlatgan tush, sumkasiga mos rangdagi
pomada, sochning 2 soat dazmollangani
erkakka muhim emas. Unga umumiylik,
yaxlitlik muhim. Erkak yonida toza,
o'ziga qaragan, o'zini parvarish eta
oladigan, qaddi-qomati chiroyli, qaddini
rostlab tabassum qilib yuradigan ayol
bo'lishini istaydi.

Bunga erishish uchun hech qanday
pomada ham Gucci kiyimi ham yordam
bermaydi. Ayol o'zini ustida ishlashi
lozim. Jismoniy mashg'ulotlar qaddini
go'zallashtiradi, yuz va teri parvarishi,
vaqtida uxlash va dam olish, o'zini
qadrini bilish kabilar ayolni ko'zlari
chaqnab, yurishi, go'zal bo'lib erkak
ko'zini quvontirib turishga olib keladi.
Yuqoridagi ayollar ko'p vaqt
ketqazadigan harakatlar esa, boshqa
ayollargagina yoqadi va aynan ayol
ko'zi bilan baholana olinadi, xolos.
Ayolga yoqish uchun shuncha
vaqtingizni bekorga sarflamang, erkak
uchun harakat qiling.
Manba: uzbaby.uz
Просмотров: 2760 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytda sizga nimalar yoqmaydi ?
Всего ответов: 1
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama