00:50
Tug'ish jarayonida ishlatiladigan og'riqni yo'q qiluvchi(anesteziya) vositalar

Hozirgi kunda homilador ayol og'riqsiz tug'ish i ham mumkin. Buning uchun unga maxsus dori yuboriladi.

Tug'ish jarayonida ishlatiladigan anesteziyaning asosiy keng tarqalgan turlari:
Mahalliy anesteziya - kerakli mushaklarga qilinadigan ushbu ukol tug'ish jarayonida qinda yirtilish va chok tutishi ko'zda tutilsa ishlatiladi.
Uxlatish yo'li - tomirga qilinadigan ukol yordamida odam bo'shashib qoladi, og'riq kamroq seziladi, lekin umuman yo'q bo'lmaydi.
Blokada - bola chiqish yo'lidagi asab tomirlariga qilinadigan ukol bo'lib, bolani chiqishga tayyorgarlik jarayonida amalga oshiriladi.
Epidural anesteziya qilinayotganida ingichka trubka-kateter orqali orqa miya kanaliga dori yuboriladi. Bunda ayol o'g'riq sezmagani bilan tug'ish jarayonini o'zi boshqara oladi. U kuchanishni va bolani chiqishini sezadi. Dori tug'ish jarayoni cho'zilgan sari katereк orqali asta-sekinlik bilan berilishda davom etadi.
Orqa miya anesteziyasi huddi epidural anesteziyaga o'xshaydi, lekin bunda dori maxsus igna orqali orqa miya kanaliga to'g'ridan to'g'ri yuboriladi va uning samarasi shu zahotiyoq bilinib kuchliroq bo'ladi. Bunda tug'ayotgan ayol harakat qilishida qiynaladi. Anesteziyaning ushbu turi kesarcha usul bilan tug'ish da keng foydalaniladi.
Umumiy anesteziya tomirlar orqali va nafas yo'llari orqali organizmga ta'sir qiladi. Tug'ish jarayoni murakkablashib qo'shimcha muaamolar yuz berganda ishlatiladi. Bunda tug'ayotgan ayol xushida bo'lmaydi.
Har bir anesteziya turi uchun kerakli sharoit bo'lishi kerak. Buning uchun anesteziolog (og'riqni tushiruvchi dori yuboruvchi shifokor) quyidagi ma'lumotlardan xabardor bo'lishi lozim:

•Tug'ayotgan ayol oxirgi marta ovqat yoki suyuqlik qachon ichilgan
•Bundan oldin anesteziya olinganida nafas olishda qiynalish holatlari bo'lganmi
•Belning past qismida muammolar bormi
•Astma, bronhit, pnevmoniya, shamollash kabi kasalliklar mavjudmi
•Boshqa surunkali kasalliklar mavjudmi?
Agar sizda diabet, astma, yurak kasalliklari va boshqa tibbiy nazora ttlab qiluvchi holatlar bo'lsa, tug'ish jarayonida anesteziyani qo'llashdan oldin anesteziolog bilan suhbat ot'kazish lozim.
Manba: uzbaby.uz
Просмотров: 1412 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytning yangi ko'rinishi yoqdimi ?
Всего ответов: 3
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama