00:59
Bachadon yo'llarini yopib tashlash (sterilizatsiya)

Ayol yana homilador bo'lmasligi uchun ko'p tug'ruqxonalarda ayolga bachadonini bog'lab tashlash (sterilizatsiya) qilish muolajasi taklif etiladi.

Bunday muolajaga rozi bo'lishdan oldin ayol yaxshilab o'ylab to'g'ri qaror qilishi lozim. Bachadonini bog'lab tashlagan ayollar bir necha yil o'tgach, taqdir taqazosi bilan yana tug'ish ni istab afsuslanishi keng tarqalgan holatdir.
Ayolning roziligisiz esa hech qanday shifokor bachadonni yo'llarini bog'lab tashlashga haqqi yo'q.

Ko'pincha oilada 3 farzand dunyoga kelgach boshqa homilador bo'lish rejalashtirilmaydi. Lekin hayot juda uzun, nima bo'lishini hech kim bilmaydi, shuning uchunbachadonni bog'lab qo'yib yana farzandlik bo'lish imkoniyatini umuman yo'q qilish uchun jiddiy sabab bo'lishi lozim. Shunchaki homiladorlik dan saqlanish vositasi sifatida bu yo'lni tanlash to'g'ri emas.

Homiladorlikdan himoyalanish uchun prezervativ, dori vositalari, bachadon ichki moslamalaridan foydalanish mumkin .

Ayolning yoshi kattaligi, tibbiyot tomonidan tug'ish umuman taqidlanganligi, bir necha bor
kesarcha yo'l bilan bola tuqqani, ayolda jiddiy irsiy kasalliklar mavjudligi bachadonni bog'lab qo'yishga sabab bo'lishi mumkin.

Uch va undan ko' p homiladorlik kesarcha kesish yo' li bilan yakunlangan bo' lsa, bachadon devorlari ingichkalashib ketgani sabab keyingi homiladorlikda bachadon yorilib ketish xavfi katta bo'ladi.

Juda kam hollarda bachadonni bog'lab qo'yib yana qayta ochish mumkin bo'ladi. Odatda bachadon yo'llari bog'langach ayol boshqa hech qachon tabiiy yo'l bilan homilador bo'la olmaydi.
Ayolda kesarcha kesish usuli bilan tug'ish ko'zda tutilayotgan bo'lsa, u holda bola tug'dirilib olingach ayolning oldindan olingan roziligi bilan o'sha zahoti bachadon yo'llari turlicha usul bilan bekilib qo'yiladi. Ayol tabiiy ravishda tug'ayotgan bo'lsa, u holda bachadonni bog'lash uchun boshqa kun shifoxonaga kelib kichik jarrohlik muolajani o'tkazish talab etiladi.
Bachadon yo'llari bog'langach
hayz keladimi?

Ha, bachadon yo'llari bog'langani bilan ayolda ovulyasiya ham yuz beradi, hayz ham davom etadi. Faqat homiladorlik yuz bermaydi. Chunki erkak spermatozoidlari bachadon yo'llari bog'langanligi tufayli ayol tuxumi bilan uchrashay olmaydi.
Bachadon yo'llari bog'lansa,
homiladorlik yuz bermasligi aniqmi?
Odatda shifokorlar bachadonni bog'lab, homiladorlik tabiiy ravishda yuz bermasligiga 100% kafolat beradilar.
Bachadon yo'llari 3 usulda berkitiladi:

Hech qachon bachadon yo'llarini yopib tashlashga shoshilmang!
Manba: uzbaby.uz
Просмотров: 1592 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytda sizga nimalar yoqmaydi ?
Всего ответов: 1
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama