22:39
Homiladorlikda asabiy bo'lish, yig'lash.

Homiladorlikning alomatlaridan biri asabiylashish, yig'lash desak adashmagan bo'lamiz. Aslida xursand bo'lib yuradigan ushbu davrda ko'pchilik ayollar asabiy, yig'loqi bo'lib qoladi. Nega?
Homiladorlik davomida ayol organizmida kuchli gormonal o'zgarishlar yuz beradi. Aynan shu gormonal o'zgarishlar tufayli ayolning kayfiyati o'zgaruvchan bo'lib qoladi. Hozirgina kulib turgan ayol birdaniga yig'lab yuboradi. Yoki arzimagan gap uni 1 soat tinmay yig'lashga undaydi.
Eng qizig'i, homiladorlikni oylab, hatto yillab kutgan ayolda ham bu davr xursandchilikni o'rniga mayuslik, bexotirjamlik, havotir tuyg'ularini olib keladi.
Ko'pincha kayfiyatdagi keskin o'zgaruvchanlik 2 trimestrning oxirlariga borib yo'qqa chiqadi. Bunga sabab ayol organizmidagi gormonal o'zgarishlar keskinligi bu davrda kamayadi.
Eng alam qilgani, atrofdagilar yig'ab yurgan homilador ayolni tushunmaydilar. Aksincha, unga tanbeh berib, bunday qilish noto'g'ri ekanligini o'qtiradilar.
Lekin ayol atayin bunday qilmaydi, undan tashqari atayin bunga chek qo'yish ham qo'lidan kelmaydi. Ko'chadagi daraxtga qarab turib ham yig'lab yuborishi hech gap emas bo'lib qoladi.Homilador ayolning yig'lashi keng tarqalgan holat.
Bu yomonmi? Yo'q, albatta.
Bu normal holatdir. Bunga hech qanday kasallik ham sababchi emas, lekin hadeb yig'layverish ham ayolga yengillik bermaydi. Undan tashqari rivojlanayotgan homilaga ham ijobiy ta'sir etmaydi.
Shuning uchun eng muhimi homilador ayolni atrofdagilari tushuna olishidir. Jismonan charchagan va toliqqan ayolga har tomonlama dalda berish.
Buning uchun quyidagilarga amal qilishni tavsiya etamiz:
1. Yig'lashni istasangiz, bekitmang. To'yib yig'lab oling;
2. Har narsaga osongina yig'lab yuborishingiz sababi haqida turmush o'rtog'ingizga tushuntiring. Bunga sabab siz emas, balki organizmingizdagi gormonal o'zgarishlar ekanligini bilsa,
unga sizni yupatish osonroq bo'ladi.
3. Dardlashadigan inson yonida bo'ling. "Muncha yig'layverasan!", deb sizni battar qiynaydigan emas, balki sizni erkalab, yupata oladigan inson bilan bo'ling.
4. Ko'p uxlang. Uyqu mana shunday holatda eng yaxshi davo.
5. Avallambor o'zingizga erka bo'ling. Mazza qilib istagan narsangizni yeng, yaqinlaringizga erkalik qiling, olib berishsin. Shu payt erka bo'lmasangiz, qachon bo'lasiz?
6. Bu holatingiz homiladorlikning 2 trimestridan so'ng ham davom etayotgan bo'lsa, shifokorga murojat qiling.
Homiladorlikda depressiya(tushkunlik) holatida bo'lgan ayollarda, ko'pincha tuqqandan so'ng ham ilk 1-2 oy shunday holat kuzatiladi.
7. O'zingizni qiziqarli yoqimli ish bilan band qiling. Bu ish sizga malham bo'la olsin, og'irlik keltirmasin. Chizing, narsa pishiring, do'kon aylaning va hokazolar.
8. Kitob o'qing. Qiziqarli va manoli kitob sizni mayus hayollardan holi saqlaydi.
9. Yig'lagingiz kelganida, bag'ringizdagi bolajoningiz haqida o'ylang. Uni kiyintirib, oyoqchalariga paypolar kiydirib, cho'miltirib, erkalashlaringizni tassavur qiling.
10. Yordam so'rang. Ish qilmang. Kayfiyatingiz yo'qmi, demak sizga yordam kerak. Bu davr umrbod bo'lmaydi, bir necha oy oilangizga erkalik qilsangiz chidashsin. Eringizga
butun vaziyatni tushuntirib, bu holat o'tkinchi va siz uchun qiyin ekanligini yaxshilab aytib undan yordam so'rang.
Eng muhimi yig'layotganingizdan tushkunlikka tushmang. Bunday ayol faqat siz emassiz. Homiladorlik davomida yig'lab asabiy bo'lib yuradigan ayollar juda ko'p.
Siz ham ular qatoridasiz. Bu ayb yoki kasallik emas va tez orada o'tib ketadi.
Manba: uzbaby.uz
Просмотров: 1034 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytga Baho Bering!
Всего ответов: 127
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama