23:36
Bolaning tili chiqishi uchun yordam

Defektologlar maslahati.
Hamma bola vaqti kelganida gapiradi, deyishimiz mumkin. Lekin to'g'ri va ravon gapirishni hamma ham uddalay olmaydi. Ba'zi bolalar esa 3-4 yoshida ham so'zlasha olmasligini kuzatishimiz mumkin.

Bolaning tili chiqishida eng muhimi ota-onaning bunga bo'lgan yordamidir. Bolaning tug'ilishidanoq uning tili chiqishiga yordam berish mumkin.

1. Kun mobaynida har bir faoliyatingizni bolangiz bilan suhbatlashgan holda bajaring. Bola 1 oy bo'lsa ham, uning miyasi har bir ma'lumotni qabul qila oladi.
2. Ko'chada, uyda bolganingizga qilayotgan ishingizni, atrofdagi xodisalarni bolaga tushuntirib yuring.
3. Gapirayotganingizda lo'nda, aniq, ravon va to'g'ri tuzilgan gaplarni ishlatgan holda gapiring.
4. Bolaga to'g'ri savol bering. "O'ynayapsanmi?", deyishni o'rniga "Nima qilyapsan?", desangiz, u sizga oddiy "ha" yoki "yo'q" ni o'rniga to'liq javob berishga harakat qiladi.
5. Bola bilan suhbatlashayotganingizda sukut saqlashni ham biling. Sizning gaplaringiz orasida o'z fikrini, javobini qo'sha olishiga imkoniyati bo'lsin.
6. Tovushlarga ahamiyat bering va bolangiz e'tiborini qarating. Masalan, mashina yurishi, kuchuk akillashi va hokazolar.
7. Qizqa hikoyachalar aytib bering. Keyin bolangiz bu hikoyalarni boshqalarga aytib berishini so'rang.
8. Bolaning til boyligi juda sust bo'lsa, u bilan suhbatingizga har kuni 5-6 ta yangi so'zni qo'shib boring.
9. Bola gapirayotganida faqat 1 dona so'z ishlatayotgan bo'lsa, uni sekin-sekin 2 so'z ishlatishiga undang. "Ko'ptok" deb qo'lini cho'zayotgan bo'lsa, "Ko'pto'k bering", deyishini so'rang.
10. Bola bilan ko'p o'ynang. O'yin bolaning tili chiqishi rivojlanishiga yaxshi ta'sir ko'rsatadi.
Manba: uzbaby.uz
Просмотров: 884 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Ёшингиз Неччида ??
Всего ответов: 372
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama