00:34
Qizlarga qanday yigitlar yoqadi — tashqi ko’rinish, xarakter, qizlarga yoqish sirlari

Qarshi jins vakiliga yoqish istagi bizning qonimizga kiritilgan. Erkaklarga yanada yaxshiroq bo’lish va yoqtirganining e’tiborini jalb qilish uchun qizlarga qanday yigitlar yoqishi qiziqdir. Albatta, har bir xonim o’ziga xos ta’bga ega, ammo har qanday go’zalni jalb qiluvchi umumiy fazilatlar mavjud.

Tashqi ko’rinish bo’yicha qizlarga qanday yigitlar yoqadi?
Ba’zan ko’zga tashlanmaydigan tashqi ko’rinishli yigatlar muxlisalarining adog’i ko’rinmaydi, chiroyli ko’rinishli yigitlar esa bir chetda o’tirishadi. Qizlarga bunday yoqishning siri nima? Barcha gap shundaki, bunday yigitlar, ongli yoki ongsiz ravishda qizlar bilan o’zini tutishni ma’lum qoidalariga amal qiladilar. Lekin ideal erkakning boshqa fazilatlarini ham unutmaslik kerak:
  • Erkak har qanday holatda ham erkak bo’lib qolishi kerak. Qizlar tabiatan jasoratli yigitlarni tanlashadi. Yosh xonimlar necha bor sportiv qomat ahamiyatsiz deb ta’kidlashmasin, aslida mushaklar ularni e’tiborsiz qoldirmaydi. Mushaklarni chiqarish ortidan quvishga berilib ketmang. Yodda tuting: qizlar sportiv qomatni afzal ko’radilar — steroidli yigitlar ularni qiziqtirmaydi.

  • Har bir qizning yigit tashqi ko’rinishini baholash uchun o’z mezonlari mavjud. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, qizlar yonoqlari keng, to’la labli, yengil quyoshda toblangan, qora qosh va kirpikli yigitlarni chiroyli deb hisoblashar ekan.

  • Soqolli erkak — erkaklik, yetuklik va qat’iyatlilikning timsoli. Agar ilgarilari uch kunlik soqol dangasalik belgisi sifatida qabul qilingan bo’lsa, hozirgi kunga kelib, hatto kaltaroq soqol ham go’zal jins vakillarida qiziqish uyg’otadi.

    Tabiati (xarakteri) bo’yicha qizlarga qanaqa yigitlar yoqadi
    Xo’sh, qizlar nima sabab yigitlarni yoqtiradi? Bu murakkab savol. Agar yigitlar bu savolga javob topganlarida edi, unda yashashning qizig’i qolmasdi. Yigitlardagi qanday insoniy fazilatlar qizlarga yoqishini ko’rib chiqamiz:

  • G’amxo’rlik, e’tibor va sodiqlik. Aynan shu sifatlar birinchi o’rinda turadi.

  • Ishonch. O’zining qudratiga ishongan yigirlar qizlarni ohanrabo kabi tortadi.

  • Xavfli hollarda himoya qilish qobiliyati, har qanday muammolardan cheklay olish.

  • Ishonchlilik. Sizga bo’lgan ishonchni sindirishi mumkin bo’lgan harakatlarni amalga oshirmang.

  • Saxiylik. Lekin diqqat qiling: xushyoqishni o’z manfaatini ko’zlash bilan adashtirib yubormang.

  • Iroda. Bu siz xohlayotgan narsani qilishga, xohlayotmagan narsani qilmasllikka qodir ekanligingizdir.

  • Qizlar orasida raqobat. Yigit qancha ko’p qizlar bilan gaplashsa, boshqa qizlarni shunchalik ko’p qiziqtira boshlaydi. Buning mexanizmi oddiy — agar yigitning atrofida qizlar girdikapalak bo’lsa, demak unda bir narsa bor, bu fikrlar qizlarda qiziqish uyg’otadi.

  • Pul. Buni noto’g’ri tushunmaslik kerak, pul deganda boylik emas, balki uni boshqara olish va unga bo’lgan munosabat tushunilishi kerak. Qizlarga yoqish uchun pul bevosita rol o’ynamaydi, lekin u yigitga ishonch, o’ziga xos ichki holat bag’ishlaydi.

  • Nutq, gaplar, savod va chiroy bilan gapira olish qobiliyati. Yigit xadeb kulaverishi ketmaydi, joyida kulish, joyi kelganda jiddiy turish kerak. Shuningdek «yuqoridan» gapirish muhim. Masalan «Kechirasiz, chalg’itmadimmi, siz bilan tanishsam bo’ladimi?». Nima sababdan kechirim so’rash kerak, «chalg’itmadimmi?» — chalg’itib bo’ldingiz, «mumkinmi?» — demak ishonch yo’q. Bu past pozitsiyadan kelib gapirish edi. Xuddi shu ma’noni «Salom, ko’rinishingiz zo’rku. Bir soniya to’xtab turing, siz bilan suhbatlashmoqchi edim» kabilida aytish mumkin, bu ishonch bilan aytilgan gap «yuqori» pozitsiyadan kelib gapirish hisoblanadi. Faqat me’yorni saqlang, «to’xta, sen menikisan» shaklida gapirish hammasini buzib yuboradi.

  • Javobgarlik. So’nggi paytlarda ayollar javobgarlikni o’z zimmasiga olishga qodir erkaklar kamayib ketayotganidan shikoyat qilmoqdalar, boshqalar uchun javobgarlikni oladigan (masalan, ayollar uchun) erkaklar haqida gapirmasa ham bo’ladi. Ayol kishiga aniq yoqadigan erkak — javobgar bo’lgan erkakdir. Siz o’z so’zlaringiz va harakatlaringizga javob bera olishingiz kerak. Bir narsani bajaraman dedingizmi — bajaring.

  • Ijtimoiy mavqe. Bunga ham ega bo’lish ortiqchalik qilmaydi. Bu aynan hokim yoki deputat bo’lish kerak degani emas. Agar sizni do’stlaringiz tinglasa va hurmat qilsa, shuni o’zi yetarli. Agar siz qiz bilan ko’chada ketayotganingizda biron kafening direktori yoki boshqa baobro’ shaxs siz bilan so’rashsa yoki siz nimadir bilan mashhur bo’lsangiz, undan ham yaxshi.

  • Hukmronlik. Bu ijtimoiy piramidaning yuqorisida bo’lgan erkakning sifatidir. Agar u sizda bo’lsa, hech bo’lmaganda do’stalaringiz ustidan, bu ajoyib, agar bo’lmasa, hechqisi yo’q. Bu asosan erishishga intilish kerak bo’lgan sifatdir.

  • Dominantlik. Barcha jabhalarda dominant bo’lgan yigitlar qizlarga juda yoqadi. Qanday qilib qizlarga yoqish mumkinligini bilmoqchimisiz, unda hamma narsani o’z qo’lingizga oling. Ishda, do’stlar orasida, munosabatlarda, barcha joyda dominant bo’ling, birinchi bo’lib g’oya yoki fikr bildiring, teran fikrlang. Tortinchoqlik qilib chetda qarab turish kerak emas, o’zingizga ishonasizmi, demak, olg’a.

    Qanday yigitlar qizlarga yoqmaydi
    Ideal odamlar mavjud emas. Salbiy tomonlar har bir kishiga xosdir. Lekin, qizlarni ayniqsa jig’iga tegadigan sifatlar bor:

  • Zulmga moyillik. Qaysi o’zini hurmat qiladigan qiz mushtini ishlatishga har doim tayyor bolaga yaxshi munosabatda bo’ladi? Haqiqiy erkak o’zidagi jahlni toblay olishi va har qanday nizo va mojaroni tinch yo’l bilan hal etishga qodir bo’lishi kerak.

  • Munosabatlar va xudbinlik — yaxshi juftlik emas.

  • O’zini juda ko’p sevish.

  • Rashk. Ayollar rashkdan qo’rqmaydilar, ularni unga ergashadigan hodisalar: tajovuz, ta’qiblar, janjallar va boshqalar tashvishga soladi.

    Qizlarga qanday qilib yoqish mumkin?
    Qizlarga qanday turdagi yigitlar yoqishi juda bahsli savol. Qarama-qarshi jins vakilini jalb qilishda tashqi ko’rinish kam rol o’ynamaydi. Inson haqidagi birinchi taassurotlar tashqi qiyofani baholashdan iborat bo’ladi, shundan so’nggina insoniy fazilatlarga e’tibor beriladi. Ba’zi qizlarga baland bo’yli ozg’in bolalar yoqadi, boshqalari faqat sportchilarga qaraydi. Siz hammaga birdek yoqa olmaysiz. Hech shubha yo’q — chiroyli yigit har qanday qizning orzusidir. Ammo agar tabiat jozibali ko’rinish bilan siylamagan bo’lsa-chi? Havotirga o’rin yo’q, o’zingizda boshqa ijobiy fazilatlarni rivojlantiring:

  • Qizlar yigitlar intelektini hurmat qiladilar, ammo zerikarli yigitlarni xush ko’rishmaydi. Soatlab baliq ovlash yoki mashinani tuzatish haqida gapirayotib, bular qizga qiziq ekanligiga amin bo’ling. Aks holda, siz ziqna sifatida qabul qilinasiz va suhbat to’xtatilishi mumkin.

  • Yaxshi hazil tuyg’usi nafaqat qobiliyatli hazil qilish va kulgili voqealar aytish qobiliyatidir. Bunday qobiliyatli odam har qanday mavzuda osonlikcha gaplasha olishga qodir, tarang vaziyatlardan doimo hazil bilan chiqib keta oladi.

    Har doim qizlarni quyidagi tur yigitlar jalb qiladi:

  • «Yomon» yigitlar. Bu har bir yetuk bo’lmagan qiz orzu qiladigan yigit turi. Yoshi kattalashishi bilan bu turdagi erkaklar ayollarni qiziqtirmay qo’yadi va ular ishonchli juft qidirishni boshlashadi.

  • Sportiv yigitlar. Bu yerda hammasi tushunarli: salobatli tanaga qarash yoqimli. Bundan tashqari, bunday yigit bilan ko’rganda qizning dugonlari hasaddan yonishadi.

  • Romantikalar. Qaysi qizga oq otdagi shahzoda, sham yog’dusidagi kechki ovqat va o’ziga bag’ishlangan musiqa haiqda havas qilmaydi?!

  • Yaxshi yigit. Bu har qanday ma’noda yaxshi, ideal yigit.

    Ona yoki o’qituvchi rolini sinashni yoqtiradigan qizlar bor. O’zlarining baxtiga erishish umidida sodda yigitlar ularning qarmog’iga tushadi. Bunday sharoitda kecha kamtar bo’lgan yigit har qanday kishiga aylanadi: romantik, brutal yoki ayol kishini ko’nglini ola biluvchiga.

    Avantyurist qizlar o’zlariga mos keladigan yigitni qidiradilar. Yigilar ularni to’xtatishi yoki umidsiz qilmasligi, aksincha uni zarur his-tuyg’ular bilan ta’minlab turishlari kerak. Bunday yigitlar haddan ortiq faollik, quvnoqlik va xavfli ishlarni bajarishni yoqtirishi bilan ajralib turadi.

    Sizga bir sirni ochamiz: qizlar har narsa deyishlari mumkin, lekin ular o’ziga mos yigitni ko’rib qolishsa, aqlini yo’qotadilar. Mayli u rashkchi, o’rtahol va madaniyatning barcha jabhalarini suv qilib ichmagan bo’lsin — bular shunchaki mayda-chuyda. Muhimi, muhabbatdir.
    Manba: Mymedic.uz
  • Просмотров: 1801 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 0.0/0
    Eng ko'p o'qilganlar
    Материалов за текущий период нет.
    Homiladorlik Taqvimi
    Saytdan izlash
    So'rovnoma
    Saboq.ORG saytiga qay darajada muhlissiz ?!
    Всего ответов: 56
    Saytga Kirish

    Hisobot


    Reklama