00:01
Jinsiy aloqa jarayonida ayollarda og'riq

Jinsiy aloqa davomida ayollarning jinsiy a'zolarida kuzatiladigan og'riq dispaunareya deb ataladi. Og'riq oldidagi qo'rquv (masalan, homiladorlik davrida) ayollarni jinsiy aloqadan bosh tortishga olib keladi. Bu esa oilada kelishmovchilik, siqilish va boshqa muammolarni keltirib chiqaradi.

Ko'pchilik ayollarda aloqa davomidagi og'riq bir qator kasalliklar natijasi ekanligidan dalolat beradi.

Jinsiy aloqa davomida ayollarga og'riq keltiradigan kasalliklar:

1. Agar og'riq aynan kirish yo'llarida bo'lsa:

- ayol jinsiy a'zolarining kirish yo'llarida yallig'lanish;
- ayolda jinsiy aloqani yengillashtiruvchi maxsus suyuqlik chiqish darajasi pasayishi;
- kirish yo'llarining devorlarini ingichkalashib ketgani (yoshi katta ayollarda);
- siydik chiqish yo'llarida yallig'lanish.

2. Chuqur toz bo'limidagi og'riq:

- endometrioz;
- tuxumdon kistasi;
- tuxumdon yorilishi (apopleksiya);
- bachadon yo'llari kasalliklari;
- bachadon miomasi;
- kichik toz tomirlarining kengaygani;
- ginekologik operasiyalardan so'ng tozdagi spaykalar.

Lekin bu sabablardan tashqari psixologik holat ham jinsiy aloqa davomida og'riq bo'lishiga katta ta'sir ko'rsatadi. Ko'pincha ayollarda jinsiy aloqaga nisbatan yomon munosabati bo'lsa (yomon tajribadan kelib chiqib), aloqa jarayonida ayol organizmidagi muskullarning siqilishi namoyon bo'ladi, natijada kichik tozda qon aylanishi sekinlashadi va kirish yo'llari mushaklari siqilib, erkak xipchini o'tish davomida og'riq keltiradi.

Nima qilish kerak?

1. Birinchidan, ginekologga uchrang, agar sizning jinsiy organlaringizda kasaliklar mavjud bo'lsa, birinchi navbatta ularni yo'q qilish lozim.

2. O'z intim hayotingizga ahamiyat bering :
  • Suyukli inson bilan jinsiy aloqa, bu sizning ham xohishingiz. Unga ijobiy yondashib, undan faqat foyda olayotganligingizni unutmang;
  • Jinsiy aloqa ayol uchun nafaqat lazzat yoki ona bo'lish uchun kerak, balki ginekologik sog'liqni yaxshi ushlab turish uchun ham zarur;

    Jinsiy aloqadan nafaqat erkak, ayol ham lazzat olishi shartligini unutmang.
    Ayollar, siz ayolligingiz bilan go'zal ekanligingizni unutmang!
    Manba: uzbaby.uz
  • Просмотров: 1404 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 0.0/0
    Eng ko'p o'qilganlar
    Материалов за текущий период нет.
    Homiladorlik Taqvimi
    Saytdan izlash
    So'rovnoma
    Каердан сайтимизни Топдингиз?
    Всего ответов: 110
    Saytga Kirish

    Hisobot


    Reklama