16:53
Tuqqandan so'ng homiladorlikdan saqlanish usullari

Qo'lda chaqaloq bilan yangi homiladorlikdan saqlanish masalasiga jiddiy yondashish lozim. Bu onaning sog'lig'i uchun, o'sayotgan chaqaloqning jismoniy va ruhiy rivojlanishi uchun ham muhimdir.
1. Eng ishonarlik va bezarar usul bu prezervativdir. U foydalanishda qulay, erkak yoki ayol salomatligiga, hatto emayotgan bola salomatligiga ham hech qanday salbiy ta'sir ko'rsatmaydigan deyarli 99% samaraga ega bo'lgan saqlanish usulidir. U nafaqat rejalashtirilmagan homiladorlikdan, balki ko'plab jinsiy kasalliklardan ham himoya qiladi.
2. Gormonal kontrasepsiya vositalari. Bola tug'ilgach kamida 6 haftadan so'ng foydalanish mumkin. Ba'zi tadqiqotlarning ta'kidlashicha, emayotgan bola salomatligiga salbiy ta'siri mavjud emas. Lekin gormonal tabletkalar tufayli onada vazn oshishi, ba'zida bosh og'rishi kuzatilishi mumkin. Kam hollarda uzoq vaqt davomida qabul qilingan gormonal vositalar ko'krak saratoniga moyilligi bor ayollarda saraton kasalligini qo'zg'atib yuborishi mumkin. Undan tashqari gormonal tabletkalar qabul qilishning kamchiligi shundaki, ularni har kuni bir vaqtda o'tkazib yubormay ichish shart. Aks holda, homiladorlikdan saqlash samarasi pasayadi va onaning gormonal salomatligi buziladi.
3. Bachadon ichi vositalari. Ular mexanik va gormonal turlarga bo'linadi. Gormonal turining samarasi va ta'siri gormonal tabletka singari namoyon bo'ladi. Mexanik vositalar homiladorlikdan 98%ga saqlaydi, lekin ba'zi ayollarda bachadon yallig'lanishini keltirib chiqarishi mumkin. Mexanik bachadon ichi vositalari tufayli hayz kuni va davomiyligi odatda ko'payadi.
Просмотров: 971 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saboq.ORG saytiga qay darajada muhlissiz ?!
Всего ответов: 56
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama