16:55
Tuqqandan so'ng qorinni bog'lab olish natijasi

Onalarimizning ta'kidlashicha, tuqqan ayol belini (qornini) bog'lab olsa, birinchidan beli og'rimas, ikkinchidan qorni osilib qolmas ekan.
Bu haqda biron aniq tadqiqot mavjud emas. Undan tashqari shifokorlarning ta'kidlashicha uzoq vaqt mobaynida belni bog'lab yursa, bel mushaklari bo'shashib qoladi va belbog' yechilganidan so'ng og'rishi mumkin.
Darhaqiqat, ba'zida ota-bobolarimizdan qolgan odatlar minglab tadqiqotlardan ustunroq bo'la olarkan. Xususan, tuqqandan so'ng belni bog'lash haqidagi odat. Tuqqandan so'ng belni bog'lab yurish juda kerak ekan!
Tuqqandan so'ng ayol bachadoni 1-3 kun mobaynida keskin qisqarib undan ko'p miqdorda qon ajralishi kuzatiladi. Shu davr o'tgach, Ultra tovushli diagnostika bachadonda hech qanday qoldiq yo'qligini tasdiqlagach, bemalol qorinni bog'lab olish mumkin.
Qorinni har kuni, iloji bo'lsa tunda ham qattiq bog'lab olish kerak.
Bog'lov qattiq bo'z yoki cho'zilib ketmaydigan chitdan bo'lishi lozim. Razmeri bir choyshapchalik bo'ladi. Uni engli(20-25 sm) qilib taxlab belbog' shakliga keltirasiz. So'ng qalin tomonini qoringa qo'yib, bel tomondan bitta o'girib yana qoringa keltirib qattiq bo'glab olasiz








Bog'lashni yotgan holda qilish kerak, shunda qorin ichiga kirib qattiq bog'lanadi.
Bog'lovni kamida 40 kun chillada, iloji bo'lsa tuqqandan so'ng 6 oyga qadar tutib yurish kerak.
Boshida belbog' yechilganida bel bo'shashib qolgandek tuyuladi. Aslida bu tuqqandan so'ng bo'ladigan normal holat. Aynan shuning uchun ham belni uzoqroq vaqt mobaynida bog'lab yurish lozim. Bir necha oy o'tgandan so'ng bu holat o'z-o'zidan yo'qolib belbog' yechilganda ham bel mahkamligi sezilib turiladi.
Undan tashqari belni bog'lash tuqqandan so'ng osilib qolgan qorinni ham yo'q bo'lishiga yordam beradi. Ozg'in ayolda ham tuqqandan keyin qorni osilib qolishi mumkin. Buni hech qanday dieta yoki krem bilan ketqazib bo'lmaydi. Eng oson yo'l, bu qorinni bog'lab yurishdir. Agar siz ma'lum bir sabablarga ko'ra vaqtida bel(qorin)ingizni bog'lay olmagan bo'lsangiz hozir ham kech emas. Kamida yarim yil mobaynida qorningizni qattiq tortib bog'lab yuring. Natijasi shundoq ko'rinadi.
Chilla davrida belni qattiq bog'lash bachadon tezroq tozalanishiga ham ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

Agar bog'langan holdagi yurishingiz erinizga yoqmasa, bir amallab ko'ndiring. Chunki 6 oy bog'lab yursangiz, keyin butun umr go'zal qorningiz bilan maqtana olasiz.

Ushbu maqsadda tug'ishdan so'ng tutiladigan bandajlar ham mavjud. Lekin oddiygina chit choyshabini qattiq bog'lab yurishdan bo'lgan samarasi bandajga ko'ra bir necha bor yuqoriroq bo'ladi.
Просмотров: 950 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 5.0/1
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytda sizga nimalar yoqmaydi ?
Всего ответов: 1
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama