Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 12 haftasi

Seshanba00:42


Onaning holati
Bachadon taxminan 10 smga
kattalashgan bo'lib, toz qismiga
sig'may qorin tomon
ko'tarilmoqda. Endi ultra tovushli
diagnostika yordamida shifokor
homila razmerlarini va tug'ish
muddatini aniqroq aytib berishi
mumkin.
Sizning yuragingiz urishi bir oz
tezlashgan, chunki qon aylanishi
kuchaygan.
Hozirdan qaddingizni rostlab
yurishga o'rganing, bukchaymang.
Qorin kattalashgan sari o'zingizni
to'g'ri ushlab turishingiz foyda
bo'ladi.
Ba'zi ayollarda ko'krak o'g'riqlari
sezilishi mumkin. Asta sekinlik
bilan toksikoz kamayishi
kuzatilmoqda.
Ovqatlanishingizga ahamiyat
bering. Meva va sabzavotlar
kundalik rasioningizda juda ko'p
va xilma xil bo'lishi kerak. Shifokor
bilan maslahatlashgan holda
homilador ayollar uchun maxsus
gimnastika, yoga yoki suzish bilan
shug'ullanishni boshlasangiz
bo'ladi.
Sizning vazningiz tahminan
haftasiga 0.5 kgga oshib
bormoqda. Shirinliklardan nariroq
bo'ling.
Quyidagilarni his qilsangiz
shifokorga murojaat qiling:
- qindan ko'p miqdordagi
ajralishlar, ayniqsa hidli bo'lsa;
- qorindagi o'tkir og'riq;
- qon ketishi.
Bolaning holati
homila 12 hafta UTD
Homilaning uzunligi 70-90 mm,
og'riligi 14-15 gramm.
Bola keskin rivojlanib va o'sib
... Читать дальше »

Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 13 haftasi

Seshanba00:41


Onaning holati
Shu davrga kelib ko'pchilik
toksikozdan butunlay xoli bo'ladi.
Endi gormonal o'zgarishlar natijasi
bo'lmish onaning kayfiyatidagi
o'zgaruvchanlik, bezovtalik va
vahima yo'qqa chiqmoqda.
Endi 2 trimestr boshlanmoqda. Bu
davrni nisbatan tinch va yengil
davr deb atasak bo'ladi. Shu
kunlarda siz haqiqatan ona
bo'layotganingizdan xursand
bo'lishni boshlaysiz. Chunki o'tgan
12 hafta sizni toksikoz, homila
holati va salomatligi haqidagi
kuchli bezovtaliklaringiz endi
kamayadi.
Shifokor bilan maslahatlashgan
holda gimnastika, yoga va suzish
kabi mashg'ulotlar bilan
shug'ullanganingiz homilaga ham,
sizga ham foydali bo'ladi.
Bolaning holati
Homila uzunligi 105 mm bo'lib,
og'irligi 28.3 grammni tashkil
qilmoqda.
Uning 20 dona tishlari uchun asos
solindi. Oshqozon osti bezi insulin
ishlab chiqarishni boshladi.
Bolaning jigari safro chiqarmoqda.
Bosh miya rivojlanishda davom
etmoqda.Bolani ozuqa va kislorod
bilan ta'minlashda asosiy rolni
yo'ldosh o'ynamoqda. Keyingi
oylarda bu rolni o'ziga homila oldi
suvlari ham oladi. 13-haftada
progesteron va estriol kabi
gormonlar ishlab chiqarish
funksiyasini yo'ldosh o'z
zimmasiga oldi.
Yo'ldosh o'girligi 30 gramm.

manba: ... Читать дальше »

Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 14 haftasi

Seshanba00:40


Onaning holati
Homiladrolkning eng chiroyli davri
boshlandi. Bu davrda onani deyarli
hech narsa bezovta qilmaydi. U
o'zining bo'lajak ona bo'lishidan
bahramand bo'lib yuradi.
Bachadon tobora qorin qismi
tomon ko'tarilib kindikdan
yuqorida ekanligi bilinmoqda.
Organizmdagi gormonal
o'zgarishlar sizda namoyon
bo'lmoda. Ba'zi ayollarda
kindikdan boshlab pastga tomon
ingichka to'q rangli chiziq - "linea
negra" - paydo bo'lishi mumkin.
Homiladorlikdan so'ng u o'tib
ketadi. Bu davrda burun oqish
yoki burundan qon oqishi qonda
progesteron va estrogenlarning
ko'payganidan vujudga keladi. Bu
holatni yengillashtirish uchun
havo namlagichlardan foydalanish
va burunni vazelin bilan artib
turish tavsiya etiladi. Ovqat
rasionida vitamin C ga boy
mahsulotlarning ko'pligi tomirlarni
kuchaytirib qon oqishini oldini
oladi.
Qo'shimcha vitaminlar ichishdan
ehtiyot bo'ling, ular bolaning
vaznini ko'payib ketishitishi, unda
har xil teri kasalliklarini vujudga
kelishiga olib kelishi mumkin.
Bu davrda odatda quyidagilar
qilinadi:
- ayol vazni va qon bosimi
o'lchanadi;
- oqsil va qand darajasini
aniqlovchi siydik analizi qilinadi;
- homila yurak urishi aniqlanadi;
- bachadon rezmerlari aniqlanadi;
- ayolning qo'l va oy ... Читать дальше »

Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 16 haftasi

Seshanba00:39


Onaning holati
O'sayotgan homilaga joy bo'lishi
uchun sizning bachadoningiz
tobora kengayib bormoqda.
Homila oldi suvlarning miqdori bu
haftaga kelib 250 ml ni tashkil
qiladi. Odatda homiladorlikning
16-20 haftasida ko'plab test va
analizlar topshiriladi. Aynan shu
davrda AFP va uchlamchi test
amalga oshiriladi.
Bu testlar xavfsiz bo'lib Daun
sindromi, spina bifida(umurtqa
kasalliklari) va boshqa kasalliklarga
xatar borligi yo yo'qligini
aniqlaydi. Agar test natijalariga
ko'ra, onaning qonidagi
ko'rsatkichlar normadan
chetlashgani, chuqurroq
tekshiruvlar, masalan,
amniosentez muolajasi amalga
oshiriladi.
Statistikaga qaraganda, analiz
topshirgan 1000ta ayol ichidan 50
tasida qon testlari normadan
uzoqlashganini aniqlanadi,
shulardan faqat 1-2 tasida keyingi
tekshiruvlar natijasi haqiqiy
kasallik borligini aniqlab beradi.
Sizning ko'krak bezlaringiz
ishlashni boshladilar, shuning
uchun ko'krak sezuvchan bo'lib,
ozgina shishmoqda. Ko'krak
bezlari tomon qon o'tishining
kuchayishi natijasida ko'krak qon
tomirlari teridan aniqroq ko'rinib
turmoqda.
Belingiz deyarli yo'qolgan bo'lib
qorin asta dumoloqlashmoqda.
Sizning hissiyotlaringiz:
Kayfiyatingiz juda yaxshi.
Tez-tez xursand bo'lib
hayajon ... Читать дальше »

Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 15 haftasi

Seshanba00:39


Onaning holati
Ko'pchilik ayollarda aynan shu
kunlardan boshlab kiyimlarning
siqishi kuzatiladi. Bu davrdan asta
sekin maxsus homilador ayollar
kiyimi haqida o'ylashni
boshlasangiz bo'ladi. Deyarli
hammada toksikoz alomatlari o'tib
ketdi. Endi homiladorlikning yengil
davri boshlandi.
Sizning energiyangiz
esa ko'paygandek tuyulmoqda.
Homilani kislorod bilan to'ydirish
maqsadida yuragingiz
aktivlashmoqda.
Bolaning holati
Homilaning bo'yi 13 sm bo'lib,
og'irligi 90 gramm atrofida.
Bolaning terisi juda ingichka
bo'lib, uning orasidan qon
tomirlari ko'rinib turmoqda. Uning
boshida sochlari o'sib qoshlari
qalinlashmoqda. Agar bola qora
sochli bo'lsa, uning follikulalari
maxsus pigment ishlab
chiqarishni boshladi. Bola
harakatchan va qayshqoq
bo'lmoqda. Qo'llari bukilib u
musht tugmoqda.
Skelet va suyak miyasining
shakllanishi davom etmoqda.
Homila oldi suvlarini homila
pufagi ishlab chiqarmoqda. Shu
suvlar kuniga 8-10 martagacha
yangilanmoqdalar. Buning natijasi
suv doim steril va kerakli tarkib
(suv, mineral va organik
moddalarning nisbati)da
saqlanmoqda. Homila pufagi bilan
amniotik suyuqligining ahamiyati
homila uchun juda katta. Bu
homilani mexanik shikastlardan
saqlovchi, erkin harakat ... Читать дальше »

Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 17 haftasi

Seshanba00:36


Onaning holati
O'sayotgan homilani
oziqlantirishda yo'ldoshga yordam
beruvchi sizning yurak
faoliyatingiz 40%ga oshgan.
Kuchli qon aylanish kichik qon
tomirlariga og'irlik qilishi mumkin.
Shuning uchun burundan qon
oqishi yoki milklar qonashi shu
davrda tez-tez kuzatilib turishi
mumkin.
Bachadoningiz kindikdan 3.8-5 sm
pastroqda
joylashgan. Homiladorlik davrida
onaning qon bosimi o'zgaruvchan
bo'lib qoladi.
Odatda homiladrolikning dastlab
davrida u biroz pasaygan bo'lsa,
homiladorlikning 7-oylaridan
so'ng ko'tarilishni boshlaydi.
Homiladorlik davrida qon
bosimining ko'tarilganligiga
quyidagilar sabab bo'ladi:
asabiylashish;
tez yurish;
vahima;
vaznning tez oshishi;
organizmda suv qolib ketishi
natijasida qo'l va oyoqlarning
shishi;
siydikda oqsil paydo bo'lishi.
Agar sizda qon bosimingiz tez-tez
ko'tarilib turayotgan bo'lsa, bu
haqda shifokorga xabar
berishingiz kerak. Undan tashqari
iloji boricha asabiylashmay,
vahimaga tushmay yaxshi narsalar
haqida o'ylab, chiroyli niyatlar qilib
yurishingiz foydali bo'ladi.
Homiladorlikning 2-trimestrida
anemiya (kamqonlik) holati ham
uchrab turadi. Anemiya haqiqatan
mavjudligini shifokor analizlardan
bilib oladi. Anemiyani oldini olish
... Читать дальше »

Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 18 haftasi

Seshanba00:35


Onaning holati
Agar bu sizning birinchi
homiladorligingiz bo'lsa, u holda
aynan shu hafta siz uchun juda
hayajonli davr. Chunki aynan shu
davr ichida siz birinchi bor
bolangiz qimirlashini seza olasiz.
Lekin vazni og'ir ayollar bola
qimirlashini birinchi bor 19-20
haftalarda his qilishlari mumkin.
Bolaning qimirlashi qorinda
suvning kulkullaganiga o'xshaydi.
Ba'zi ayollarga bolaning qimirlashi
qorindagi gazlar harakatini
eslatadi.
Homiladorlik davirda qindan
ajralishlarning ko'payishi
kuzatiladi. Bundan xavotir olish
kerak emas. Lekin ajrlalishlarning
patologik, ya'ni normal bo'lmagan
turlari ham mavjud. Bu infeksiya
yoki zamburg' kasalliklari vujudga
kelganidan dalolat beradi. Ularni
oldini olish maqsadida
quyidagilarni bajarish foydali
bo'ladi:
tamponlardan foydalanmang, ular
qin ichiga mikroorganizmlarni
tushishiga olib kelishi mumkin;
jinsiy a'zolaringiz tozaligiga
ahamiyat berib yuring;
qisadigan, sintetikadan yasalgan
ichki kiyimlarni kiymang;
o'tkir kimyoviy gigiyena
vositalaridan foydalanmang;
shakrli mahsulotlarni kamroq
yeng, iloji bo'lsa umuman yemang;
qatiq yoki yogurtdan bir stakan
har kuni yeyishga o'rganing,
undagi sut kislotasi tayoqchalari
qindagi muhitni kasalikka qarshi
qilib ... Читать дальше »

Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 19 haftasi

Seshanba00:34


Onaning holati
Siz bag'ringizdagi bolangiz
qimirlashini sezmoqdasiz.
Vazningiz oshib, bo'ksalaringiz
asta kengaymoqda. Qorin ham
sekin kattalashib bormoqda.
Agar sizning bu holatingiz
kechqurun uxlashda qiynayotgan
bo'lsa, u holda atrofingizni
yostiqlar bilan o'rab oling va
o'zingiz istagan tomoningizga
yostiqlarni tirgab qo'yishingiz
qulay uxlashingizga yordam
beradi.
Imkoniyatingiz bo'lsa,
homiladorlar uchun maxsus
darslarga qatnashing. Darslarga
qatnashib tuqqan ayollar ancha
oson va og'riqsiz tug'ishlari
tasdiqlanib kelmoqda.
Homiladorlikning 5-oyida ayol
quyidagi holatlarni his qiladi:
homila qimirlashining
kuchayishi;
qin ajralishlarining ko'payishi;
qorin tagida yengil og'riqlar;
ich qotishi;
jig'ildoq qaynashi, qorin shishi
(gazlar);
bosh og'rig'i, bosh aylanishi,
hushdan ketish;
burun oqishi, burundan qon
oqishi, burun bitishi;
quloq bitishi;
milklarning qonashi;
ishtaha kuchayishi;
oyoq tomirlarining tortishi;
oyoq va qo'llarning, ba'zida
yuzning shishi;
tizza va oyoq qon tomirlarining
varikoz kengayishi;
yurak urushining tezlashishi;
bel og'rishi;
qorin yoki yuz terisiga dog'lar
tushishi;
homiladorlikni vujud bilan his
etish;
kayfiyat o'zgaru ... Читать дальше »

Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 20 haftasi

Seshanba00:33


Onaning holati
Urug'lanishdan so'ng 18 hafta
o'tgani bilan sizning
homiladorligingiz endi hammaga
ayon. Qorningiz ham dumaloq
shaklga ega. Bachadonning yuqori
qismi deyarli kindik darajasida
joylashgan. O'sayotgan bachadon
siydik pufagiga, oshqozon va
o'pkaga bosim bermoqda.
Natijada tez-tez siydik qistashi,
hansirash sizni bezovta qilib
turishi mumkin.
Odatda hansirash tug'ishdan oldin
4-6 haftada yo'qoladi. Chunki
Natijada tez-tez siydik qistashi,
hansirash sizni bezovta qilib
turishi mumkin. Odatda hansirash
tug'ishdan oldin 4-6 haftada
yo'qoladi. Chunki shu davrda
bachadon va bola tug'ishga
tayyorgarlik ko'rib pasayishni
boshlaydilar.
Siz endi homiladorlik davrining
yarmini o'tib bo'ldingiz. Endi siz
kuchingiz ko'payishini his qilasiz.
Soch va teringiz holati ancha
yaxshilanadi. Siz borgan sari
ochilib ketayotganingizni hamma
seza boshlaydi.
Ko'proq toza havoda shahardan
chetda dam olib turishda
aylanishga borib turing.
Ko'kragingiz kattalashgan bo'lib,
ko'krak uchlari rangi yanada
to'qlashgan. Ba'zi ayollarda
ko'krak ichidan sariq suyuqlik
ajralishi kuzatiladi. Uni aslo
siqmasdan, toza chit sochiq bilan
artib tashlang. Ko'krak bolani
emizish uchun sut ajratishga
tayyorgarlik ko'rmoqda.
... Читать дальше »

Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 21 haftasi

Seshanba00:31


Onaning holati
Keyingi 10 hafta davomida bola
yog' saqlashni boshlagani uchun
sizning vazningiz tez ko'payishni
boshlaydi. Bu davrda vazningiz
oshish darajasi butun
homiladorlik davomida orttirilgan
vazn miqdorining yarmiga teng
bo'ladi.
Undan tashqari sizning
ushtaxangiz oshayotganini
sezasiz, chunki hozir
organizmdagi modda almashinuvi
500 kalloriyaga ko'proq ozuqa
talab qilmoqda. Yaxshi
ovqatlaning, faqat yo'gliq
mahsulotlar va shirinliklardan
kamroq yeyishga harakat qiling.
Birdan g'alati narsa yegingiz kelib
qolsa, hayron bo'lmang. Ba'zi
ayollar qum yegisi kelib qolishi
ham mumkin. Bu shunchaki
homiladorlikning qiziq tomonlari,
xolos. Bachadonning yuqori qismi
taxminan kindikdan 1.25 sm
balandroqda. Sizning
ko'kraklaringiz ancha
kattalashgan. Ba'zi ayollarda
ko'krak uchidan suyuqlik ajralishi
kuzatiladi. Uni toza chit mato bilan
artib tashlang. Aslo siqmang.
Sizing soch va tirnoqlaringiz juda
tez o'smoqda. Oldin o'smagan
joylarda ham soch o'sishi
kuzatilishi mumkin.
Beldagi og'riqlarni kamaytirish
maqsadida quyidagilarni bilib
olganingiz ma'qul:
Og'irlik ko'tarmaslikka harakat
qiling. Agar ko'tarish talab etilsa, u
holda oyoqlaringizni keng ochib,
belni egmasdan tizzangizni
bukkan h ... Читать дальше »

Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 22 haftasi

Seshanba00:29


Onaning holati
Xuddi o'tgan haftalar singari
sizdagi qon hajmi tobora oshib
bormoqda. Bunga qondagi plazma
sababchi. Plazma bu qon
suyuqligining tarkibi bo'lib u qon
moddalarini eritish qobiliyatiga
ega. Shuning uchun ko'p
homilador ayollarda fiziologik
anemiya kuzatiladi.
Fiziologik anemiya normal holat
bolishiga qaramay, haqiqiy
anemiya emasligiga amin bo'lish
uchun shifokor bilan temir
moddasini qo'shimcha qabul
qilish haqida maslahatlashing.
Ikkinchi trimestrda siz juda aktiv
bo'lib, o'zingizni yaxshi his
qilmoqdasiz. Bu davrda toz
organlarida qon aylanish
tezlashgani tufayli sizning jinsiy
aloqadan lazzatlanishingiz
ko'payishi seziladi. Bundan
havotirga tushmang. Bolaga
buning zarari yo'q. Shifokor man
qilmagan bo'lsa, bemalol jinsiy
aloqa qilishingiz mumkin.
O'tirganingizda qaddingizni
rostlab o'tiring. Belingiz suyangan
holatda bo'lsin. Doim oyoqlaringiz
tagida kichik bir 20-30 smlik
tokcha bo'lsa, oyoq tomirlariga
tushayotgan og'irlik kamayadi.
Homiladorlikning 5-oyida
tovoningiz kattalashishi mumkin.
Buning sababi oyoq shishi, vazn
oshishi yoki bo'g'imlarning
bo'shashishi bo'lishi mumkin.
Bolaning holati
Bolaning uzunligi 27-27.5 sm
Og'irligi 420-425 gramm.
Bola atrof-muhitni qabul qil ... Читать дальше »

Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 23 haftasi

Seshanba00:26


Onaning holati
Homiladorlikning shu davridan
boshlab Brekston-Xiks tug'luqlari
boshlanishi mumkin. Ular
to'satdan vujudga keladigan qisqa
muddatli bachadondagi og'riq
sifatida namoyon bo'ladi. Bu
tug'luqlar bir necha soniya davom
etib, bachadonni asta sekin
kutilayotgan tug'ish jarayoniga
tayyorlaydilar.
Homiladorlik rivojlangan sari bu
tug'luqlar ham kuchayib boradi.
Faqat ularni haqiqiy tug'ish
tug'luqlari bilan adashtirib
yubormang.
Ginekolog huzurida
bo'lganingizda shifokor
qorningizni ushlab ko'rib bolaning
joylashishini aniqlay oladi, undan
tashqari maxsus o'lchagich orqali
bolaning taxminiy o'lchovlarini
aytib berishi mumkin. Ba'zi ayollar
qorni juda kichikligidan yoki,
aksincha, kattaligidan xavotirda
bo'ladilar. Bunga aslo o'rin yo'q,
chunki har bir ayolning jismoniy
tuzilishi har xil bo'lgani uchun
qorin shakli ham hammada har xil
bo'lishi mumkin.
Ba'zida homilador ayol qorindan
og'riqlar his etishi mumkin. Bu
og'riqlar bachadonni ushlab
turuvchi mushaklarning
cho'zilishidan namoyon bo'lishi
mumkin.
Ko'pincha shu davr atrofida
sizning sochlaringiz qalinlashib,
kuchlanishini sezishingiz mumkin
bo'ladi. Bunga qo'shimcha
ravishda kutilmaganda sizning
qorin, son, yuz va yelkalaringizda ... Читать дальше »

Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 24 haftasi

Seshanba00:25


Onaning holati
Vazningiz tobora oshib
bormoqda. Natijada esa, bosh
og'riqlari, oyoqqa og'irlik va
umumiy holsizlanish ham ko'payib
kelmoqda. Shuning uchun
yotganingizda oyoqlaringiz
tanangizdan doim balandroqda
bo'lishiga ahamiyat bering.
Ko'pchilikda 5-oy homiladorlikning
eng yaxshi oyidir. Siz juda ochilib
ketgan ko'rinib, o'zingizni
baxtiyor his etasiz.
Agar shu paytgacha siz asta-
sekinlik bilan semirib kelgan
bo'lsangiz, endi vazningiz bundan
ham tezroq ko'payadi.
Qo'l va yelkalaringizning biroz
shishganligi organizmda suv
miqdori qolib ketganligi
natijasidir. Homiladorlikdan so'ng
u o'tib ketadi. Yuzingiz ham biroz
shishgan bo'lib, ko'krak uchi
cho'chchaymoqda. Qorin esa
borgan sari kattalashmoqda.
Bachadonning yuqori qismi
kindikdan yuqorida joylashgan.
Endi siz bolangiz uxlayotganini
yoki o'ynab yotganligini bemalol
his qila olasiz.
Yoz faslida yetarlicha suv ichishga
harakat qiling. Organizmning
suvsizlanishi muddatidan oldin
tug'luqlarni chaqirishi mumkin.
Shu davrga kelib sizning
terlashingiz kuchayadi. Shuning
uchun sintetik kiyimlardan voz
keching.
Ko'proq dam olishga o'rganing.
Shifokor bilan maslahatlashgan
holda maxsus gimnastika yoga
yoki nafas olish mashg'ulotlarini
ama ... Читать дальше »

Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 25 haftasi

Seshanba00:24


Onaning holati
Sizning bachadoningiz razmeri
futbol koptogiga teng desak
bo'ladi. U sizning
oshqozoningizga bosim
bermoqda.
Bu faktor oshqozon faoliyatini
sekinkashtiruvchi progesteron
gormonining ta'siri bilan birga
oshqozon safrosi yuqoriga
qizilo'ngach tomon chiqishini
keltiradi. Natijada jig'ildoq
qaynashi kuzatiladi, ayniqsa ko'p
ovqatanishdan keyin bu keskin
namoyon bo'ladi.
Endi shifokor huzuriga ko'proq
borishingizga to'g'ri keladi.
Yigirma beshinchi haftaga kelib
bachadon, norma bo'yicha jinsiy
a'zolardan 25 sm balandlikda
joylashgan bo'ladi. Bu eng oddiy
o'lchov bo'lib, bolaning normal
rivojlanishini ko'rsatib beradi.
Bolaning holati
Homilaning uzunligi 31 sm
Og'riligi 700-709 gr
Bolaning yurak urushini maxsus
spetoskopda bemalol eshitsa
bo'ladi. Bundan tashqari xonada
jimjitlik bo'lib, eringiz qorningizga
quloq tutsa ham, yurak urushini
eshitish mumkin.
Bolaning jinsi endi aniq namoyon
bo'ladi. O'g'il bolalarda tuxumi
pastga tushmoqda, qizlarda esa,
qin shakllanmoqda.
Bolaning barmoqlari musht
ushlashni o'rgandi. Hozirdan bola
o'ng yoki chap qo'liga ko'proq
e'tibor qiladi, bu esa uning
chapaqay yoki o'npaqay bo'lishiga
asos bo'ladi.
Ushbu muddatga kelib bolaning
uxlash ... Читать дальше »

Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 26 haftasi

Seshanba00:23


Onaning holati
Vazningiz oshgan sari sizni kichik
muammolar bezovta qilib turadi.
Bu bosh og'riq, oyoq tomilarining
tortishi, bel va tozdagi og'riqlar.
Ba'zida bolaning tepinishlari ham
og'riq keltirishi mumkin bo'ladi.
Yotganingizda biqiningizda
yotsangiz og'riqlar kamayishi
mumkin.
Endi yon atrofdagilaringiz ham
qorningizga qo'lini qo'ysa
bolaning qimirlashini qorningizga
qo'lini qo'ysa seza oladi. Hozir siz
uchun muhim narsa - bu uxlash
uchun qulay holatni topish. Iloji
boricha ko'proq yostiq
atrofingizda bo'lsin. Kerak paytda
ularni yoningizga, oyoqlaringiz
tagiga yoki orasiga qo'yib
olishingiz foydali va qulayroq
bo'ladi. Chap biqiningizda
yotishga odatlaning.
Onada vujudga kelishi mumkin
bo'lgan holatlar:
bolaning qimirlashi kuchliroq
sezilishi;
qindan oz miqdorda ajralishlar
paydo bo'lishi;
ich qotishi;
jig'ildoq qaynashi;
burun yoki milklarning qonashi;
oyoq mushaklarining og'rishi;
tomir tortishi;
oyoq, qo'l va yuzning shishi;
oyoq tomirlarining varikoz
kengayishi;
qorin terisining qichishi;
bel og'rishi;
qorin va yuzga dog' tushishi;
ko'krak kattalashishi;
charchov.
Bolaning holati
Bolaning uzunligi 32.5-33 sm
Og'irligi - 794-800 gr
Ushbu haftadan boshlab b ... Читать дальше »

Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 27 haftasi

Seshanba00:22


Onaning holati
Homiladorlikning oxirgi oylarida
ayol qonidagi xolesterin darajasi
ko'payadi. Xolesterin yo'ldoshni
rivojlanishida muhim modda
bo'lib, uning yordamida yo'ldosh
ba'zi gormonlarni ishlab
chiqaradi.
Bu gormonlar ko'krak bezini
rivojlanishiga, bachadon
mushaklarini kuchlanishidan
saqlashga yordam beradi.
Endi 3-trimestr boshlandi.
Vazningiz borgan sari ortib
bormoqda. Lekin vazningiz faqat
sizning semirganingiz uchun
emas, balki homila oldi suvlari va
qon miqdorining ko'paygani,
ko'krak kattalashgani, homilaning
o'sishi va yo'ldoshning
og'irligidan ko'paygan.
Homiladorlik davomida qonning
umumiy hajmi 30-50% oshadi.
Semirib ketishdan qo'rqib aslo
dieta tutmang. Dieta bolaga va
homiladorlikni sog'lom kechishiga
salbiy ta'sir ko'rsatadi.
Ayolning ko'krak massasi o'rtacha
200 grammga teng, homilador
ayollarda esa u 780 grammga
boradi.
Bolaning holati
Bolaning uzunligi - 34 sm
Og'irligi - 900 gr
Shu va undan keyingi haftada
tug'ilgan bolaning yashab ketish
ehtimoli 85%ni tashkil etadi. U
endi yashash qobiliyatiga ega.
Lekin uning to'liq rivojlanishiga
hali kamida 11 hafta bor. Ungacha
tug'ilib qolgan bolani saqlash
uchun ko'plab muammolar yuzaga
keladi.
Bu muddatda bolaning ... Читать дальше »

Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 28 haftasi

Seshanba00:19


Onaning holati
Endi siz ginekolog huzurida
kamida 2 haftada bir marta
bo'lishinigiz talab etiladi. Aynan
shu haftada siz bir qator analizlar
topshirasiz.
Analizlar ichiga qondagi temir
moddasining miqdori va glyukoza
testi kiradi. Agar siz manfiy rezusli
qonga ega bo'lsangiz,
antimoddalar testini amalga
oshirish tavsiya etiladi. Bu test
yordamida sizning qoningizda
bolaning qoniga nisbatan
antimoddalar borligi yo yo'qligi
aniqlanadi. Antimoddalar
mavjudligi bolaning salomatligiga,
shuningdek hozirgi va keyingi
homiladorlik kechishiga salbiy
ta'sir ko'rsatishi mumkin.
Qaddingizni rostlab yurish haqida
unutmang. Ko'krak tomirlari
tobora ko'rinib bormoqda.
Bachadon yuqori qismi ko'krak va
kindik orasida joylashgan.
Ko'krakdan sutga o'xshash
suyuqlik ajralishi mumkin, lekin
sizda bunday holat yuz bermasa
xavotir olmang, Tuqqaningizdan
keyin u albatta keladi.
Suyuqlikning vaqtli yoki kech
ajralishi kelgusida ko'krak suti
miqdoriga hech qanday aloqasi
yo'q.
Qorin, toz va bo'ksalaringiz yog'
bilan qoplanishi mumkin.
Sizni jig'ildoq qaynashi ko'poq
bezovta qilishi mumkin.
Kunduzi albatta dam oling. Kechki
uyquga vaqtliroq keting.
Ishlayotgan bo'lsangiz, uzoq vaqt
bir holatda o'tirmang,
o'tirgani ... Читать дальше »

Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 29 haftasi

Seshanba00:18


Onaning holati
Bu davrga kelib ko'pchilik ayollar
ko'kragidan birinchi suyuqlik -
og'iz suti ajralishi boshlanadi.
Og'iz suti bolangizning birinchi
ozuqasidir. U asosiy sut
ajralishidan oldin kelib bola uchun
juda foydali hisoblanadi.
Asosiy sut bola tug'ilishidan
so'ng 2-3 kundan keyin keladi.
Endi sizning bachadoningiz
yanada kattalashgan bo'lib, u
qorin bo'shlig'i organlari, o'pka va
siydik pufagiga bosim bermoqda.
Natijada siz tez-tez siydik
qistashini sezasiz va harsillash
paydo bo'ladi.
Bola, bachadon va sizning
qorningiz kattalashgani tufayli
huddi ichingiz to'lib ketgandek
o'zingizni his qilasiz.
Uchinchi trimestr noqulayliklarini
yengillash uchun:
qulay holatda bo'ling;
sog'lom ovqatlaning;
shifokor tavsiyasi bilan
homiladorlar uchun maxsus
gimnastika yoki yoga
mashg'ulotlarini qiling;
ko'p dam oling va uxlang.
Bolaning holati
Bolaning uzunligi - 36-37 sm
Og'irligi - 1150-1160 gr
Ko'kragingizdagi sut paydo
bo'lishiga bola ham bevosita ta'sir
ko'rsatmoqda.
Bolaning buyrak usti bezlari
androgen (erkak jinsiy
gormonlariga o'xshash)ga
o'xshash moddalarni ishlab
chiqarmoqda. Ular bolaning qon
tizimi bo'ylab harakatlanib,
yo'ldoshga yetgach estrogenga
(estriol shaklida) aylanmo ... Читать дальше »

Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 31 haftasi

Seshanba00:16


Onaning holati
Homiladorlikning oxirgi oylarida
beldagi og'riqlardan afsuski
qutulib bo'lmaydi. Buning sababi
bel mushaklarining bo'lajak
tug'ish jarayoniga tayyorgarlik
ko'rib hozir bo'shashganidir.
Oyoqlarda tomirlarning kengayishi
ham hozirgi davrga kelib ko'p
uchraydigan holat.
Undan tashqari jig'ildoq qaynashi
sizni tobora ko'proq bezovta qilib
kelishi mumkin. Hozir sizning
organizmingiz relaksin gormoni
ishlab chiqarilmoqda. Aynan shu
gormon toz suyak va mushaklarini
bo'shatib, tug'ish jarayoniga
tayyorlamoqda. Ba'zi ayollarning
yurishi o'rdakka oxshab qolgani
ham shundan.
Lekin shunday ayollar borki ular,
bel og'rishi, tozdagi og'riqlar,
yurishning o'zgarishini boshdan
kechirmaydilar. Bu degani
organizm tug'ish jarayoniga
tayyorgarlik ko'rmayapti degani
emas. Bunga har xil faktorlar ta'sir
qiladi, masalan, ayolning jismoniy
holati va tayyorgarligi, irsiyati va
boshqalar.
Homiladorlikning 31-haftasiga
kelib ayolning umumiy vazni
o'rtacha 8.6 kgga oshgan bo'ladi.
Bu og'rilik bola, yo'ldosh, homila
oldi suvlari, kattalashgan
bachadonning og'riligidan bo'lib,
undan tashari organizmda qon
miqdorining, yog' qatlamlarining
va suv miqdorining oshganligi
hisobiga yig'ilgan.
Shu muddatda homilador ayol < ... Читать дальше »

Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 30 haftasi

Seshanba00:16


Onaning holati
Homiladorlikning 28-32-hafta
oralig'iga bolaga hali ham
vitaminlar, minerallar va foydali
ozuqalar juda kerak. Bularning
barchasini onaning organizmi
ta'minlab beradi.
Tug'ishdan oldin ko'proq dam
olish kerakligi haqida unutmang.
Uyda remont, katta o'zgarishlar,
ko'chish kabi tashvishlarni
boshlamang. Albatta, ertalabdan
kechgacha uxlash kerak emas.
Bo'lajak ona harakatda bo'lishi
kerak, lekin qattiq charchov ham
foydali bo'lmaydi. Undan ko'ra
toza havoda aylanib, homiladorlar
uchun maxsus jismoniy
mashg'ulotlardan qilishingiz
bolaga ham, bo'lajak tug'ishga
ham foydali bo'ladi.
Ko'p ayollarni qorinda gazlar
yig'ilishi bezovta qilishi mumkin.
Bunday holat yuz bermasligi
uchun uzum, karam, no'xat,
boshqa dukkakli mahsulotlar, oq
non va shirinliklardan yemaslik
kerak.
Lekin sizga va bolajoningizgan har
kuni ertalab 100-200 gramm
qirg'ichdan chiqarilgan sabzi bilan
olmaga smetana qo'shib
yeyishingiz juda ham yoqimli
bo'ladi.
Qatiq va quruq mevalar sharbati
ham juda foydali bo'ladi.
Homiladorlikning 3-trimestrida
ichni bo'shatadiga dorilardan aslo
ichmang. Ular bachadon
qisqarishini va tug'ruq boshlanib
ketishini qo'zg'atib yurborishi
mumkin.
Odatda bola homiladorlikning 32- ... Читать дальше »

« 1 2 3 4 »
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Каердан сайтимизни Топдингиз?
Всего ответов: 110
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama