Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 32 haftasi

Chorshanba17:46


Onaning holati
Bu haftada o'sib borayotgan
qorningiz sizga oz muncha
tashvish ham keltirishi mumkin.
Agar bola bu davrga kelib boshi
bilan pastga joylashib olgan bo'lsa,
uning oyoqlari sizning
qovurg'alaringizga botishi sezilishi
mumkin. Shuning uchun maksimal
ravishda qaddingizni rostlab
yuring.
Hozirgi kunda siz uchun eng katta
muammo bu organizmda suv
miqdorining ushlanib qolishi. Buni
qo'l va oyoq barmoqlari
shishganidan bilsa bo'ladi. Uzuk
va taqinchoqlarni yechib
tashlaganinzgi ma'qul. Siqib
yopishib turadigan kiyimni ham
kiymaslikka harakat qiling.
Dam olish siz uchun eng muhim
narsa. Kunduz kuni albatta dam
oling, kechki uyquga ham
vaqtliroq keting.
Imkoniyatingiz bo'lsa, bo'lajak
onalar uchun maxsus kurslarga
qatnashing.
Kindigingiz borgan sari kengayib
yassi ko'rinishga kelmoqda.
Kunduz kuni kamida 1-2 soat
davomida uxlang. Oyoqlaringizni
gorizontal holatda ushlang. Agar
uyqusizlik sizni bezovta qilayotgan
bo'lsa, uxlashdan oldin
homiladorlar uchun maxsus
relaksatsiya mashg'ulotlarini
bajaring. Yon tomonda oyqlaringiz
orasida yostiq qo'yib uxlang.
Shifokor bilan maslahatlashgan
holda anemiyani aniqlash, rezus-
faktor yoki boshqa kerakli
analizlarni topshiring.
Agar siz juda ham ... Читать дальше »

Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 33 haftasi

Chorshanba17:43


Onaning holati
Urug'lanish davridan boshlab
bachadoningiz ancha
kattalashgan. Endi fiziologik
anemiiya keskinligini
yo'qotmoqda.
Qizig'i shundaki, homilador
ayollarning tushlari juda ravshan
va rangbarang bo'ladi. Faqat
tundagi siydik qistashi sizni
tobora ko'proq bezovta qiladi.
Aslo siydigingizni ushlab yurmang,
bu siydik pufagini yallig'lanishiga
olib kelishi mumkin.
Endi siz bolaning tizza va
tirsaklarini ajratishni ham o'rganib
olgan bo'lishingiz mumkin. Lekin
uning harakatlari ancha
sustlashgan va oldinchalik o'tkir
emas.
Bachadon ichidan kelayotgan
sekin urilish bu bolaning hikichoq
tutishi bo'lishi mumkin. Bola
amniotik suyuqlikni ichib
yuborishi ko'pincha hikichokni
qo'zg'atib yuboradi.
Onaning uyqusi ancha buzilgan
bo'lishi mumkin.
Oldin bezovta qilgan ich qotishi,
tomirlarning kengayishi, beldagi
og'riqlar, quloq bitib qolishi,
burun va milklarning qonashi sizni
hali ham tark etmagan. Lekin ba'zi
ayollar bunday holatlardan butun
homiladorlik davomida xoli
bo'ladilar.
Kindigingizdan pastga tomon
cho'zilgan chiziqning rangi
to'qlashmoqda.
Kechki toksikoz xavfi hali ham
mavjud. Shuning uchun
vazningizga ahamiyat berishingiz
lozim.
Katta odamning qoni o'rtacha
4-4.5l ... Читать дальше »

Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 34 haftasi

Yakshanba15:50


Onaning holati
Endi Brekston Xiks tug'luqlari
muntazamlashmoqda. Bu og'riqlar
bachadonning yuqori qismida
boshlanib keyin past tomonga
yoyilib yo'q bo'ladi. Ba'zi ayollar bu
haqiqiy tug'luqlar deb bezovta
bo'ladilar. Lekin ularning haqiqiy
tug'luqlardan farqi ular tez tugab,
yaqin orada qaytmaydi.
Agar suv ketib qolsa, ya'ni qindan
tiniq suv ajralishi namoyon bo'lsa,
bu tug'ish jarayoni
boshlanganidan dalolat beradi.
Homiladorlikning bu davrida
ko'pincha ultra tovushli
diagnostika qilinadi. Bunda
bolaning joylashuvi, homila oldi
suvlar miqdori, yo'ldoshning holati
va uning yetukligi aniqlanadi.
Bolaning holati
Bolaning uzunligi 42 sm
Og'irligi 200 gr
Bolaning boshidagi sochlari
qalinlashgan, lekin ularning rangi
bola kattaroq bo'lganidagi
rangdan farq qiladi. Uning momiq
tuklari deyarli to'kilib bo'lgan, lekin
yangi chaqaloq moyi miqdori
ko'payib bormoqda.
Bolaning buyrak usti bezlari
kattalarnikiga nisbatan 10
barobar ko'proq steroid
gormonini ishlab chiqmoda. Bu
gormon laktasiya, ya'ni ona
ko'kragiga sut kelishini
ta'minlaydi. Undan tashqari
bolaning buyrak usti bezlari
razmeri ham xuddi kattalarniki
singari bo'ladi, faqat tug'ilganidan
so'ng ular kichiklashadi.
Bola o'z suyaklarini o'stirish ... Читать дальше »

Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 35 haftasi

Yakshanba15:48


Onaning holati
Sizning qorningiz ko'krak
qafasingizni siqishni
boshlamoqda, sizga nafas olish va
ovqatni hazm qilish borgan sari
qiyinlashmoqda. Kun mobaynida
tez-tez oz-ozdan yeganingiz
ma'qul.
Ko'proq dam oling, shishlarni
oldini olish maqsadida uzoq vaqt
davomida o'tirgan yoki turgan
holatda bo'lmang. Agar uzoq
yo'lga mashinada ketayotgan
bo'lsangiz, orada toza havoga
chiqib mushaklaringizni u'qalab
qo'ying. Hozir sizni uyqusizlik yoki
uyqu bilan bog'liq muammolar
bezovta qilishi mumkin. Kechasi
uyquga ketolmaslik yoki yaxshi
uxlab qolib keyin tun orasida
uyg'onib qayta uxlolmaslik,
uyquning chuqur bo'lmasligi, tuni
bilan g'imirlab joy topa
olmasligingiz sizni qiynab
yuborishi mumkin. Bu
muammolarni hal qilish
maqsadida uxlatadgan dori
vositalaridan aslo icha ko'rmang.
Bu yoqimsiz holatni sizni tabiat
ona bo'lganingizdagi bo'lajak
uyqusiz tunlarga tayyorlamoqda
deb o'ylang. Undan tashqari
siydikning tez-tez qistashi va
beldagi og'riqlar ham sizni chuqur
uyquga ketishingizga xalaqit
qiladi.
Homiladorlik davrida sizning
qoriningiz shakli va kattaligi
sizning bo'yingiz, og'irligingiz,
suyaklaringiz yo'g'on yoki
ingichkaligiga bog'liq.
Bolaning holati
Bolaning uzunligi 45 sm
Og'irl ... Читать дальше »

Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 36 haftasi

Yakshanba15:43


Onaning holati
Bachadon yuqori qismi shundoq
ko'krak tagida joylashgan. Nafas
olish qiyinlashmoqda, gohida
bolaning oyoqlari sizning
qovurg'alaringizni tepkilab og'ritib
qo'ymoqda. Endi sizning butun
hayotingiz va xayolingiz bo'lajak
onalik davri bilan bog'liq.
Siz bu kunlarga kelib ancha
charchagan bo'lishingiz mumkin,
lekin buning mevasi sizning
taqdiringiz, sizning hayot
mazmuningiz - farzandingizdir.
Qaysi tug'ruqxonada qanday yo'l
bilan tug'ish haqida ginekolog
bilan oldindan gaplashib oling.
Endi siz tuqquningizcha ginekolog
huzurida 1 haftada bir marta
bo'lishingiz kerak bo'ladi.
Ko'pchilik bolalar tug'ish yo'llari
tomon boshi bilan joylashgan
bo'ladilar. Lekin bolalarning 4 foizi
tozi bilan tug'ilish tomonga
qaragan holda joylashib olishi
mumkin. Xavotir olmang. Bu
haqda oldinroq biib oldingi
haftalarda tavsiya etilgan
mashg'ulotlarni amalga oshirib
ko'ring. Ko'pincha bola boshi bilan
ag'darilib oladi.
Shu davrda ona ishlamay bo'lajak
tug'ish jarayoniga jismonan va
ruhan tayyorlanish tavsiya qilinadi.
Agar bola hozir tug'ilib qolsa, u
bemalol yashab ketadi. Bolaning
boshi sizning tozingizga bosim
berishi mumkin. Kattalashgan
qorningiz sizning harakatlaringiz
muvofiqligini buzmoqda, shuning
uch ... Читать дальше »

Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 37 haftasi

Shanba02:26


Onaning holati
Shu hafta yoki keyingi haftalarda
tug'ish alomatlari paydo bo'lishi
mumkin. Bu degani bola boshi
(agar uning holati boshi bilan
pastga bo'lsa) bilan toz tomon
tobora ko'proq tushganini
bildiradi.
Natijada sizga nafas olish
osonlashadi, lekin siydik qistashi
bolaning siydik pufagini ezishi
tufayli ko'payadi. Tez-tez siyib
siydik pufagingizni bo'shatib
turing.
Bola hozir juda tez o'sib 40-
haftaga kelib uning oyoqlari
sizning ko'krak qafasingizni taqab
turadi. Homiladorlikning oxirgi
davrlarini yodingizda ushlab
qoling bu davrdan zavqlaning.
Bolangizni sizning bag'ringizdagi
qimirlashlarini eslab qoling, siz
ularni hali sog'inasiz.
Agar tug'ruq boshlanib qolsa,
shifoxonaga borish
imkoniyatingiz doim tayyor
ekanligiga amin bo'ling, o'sha payt
mashina topilmay qolsa, Tez
yordam chaqiring.
Homiladorlikning oxirgi
haftalarida shifokor huzurida
quyidagi testlar amalga oshiriladi:
- vazn va qon bosimini o'lchash;
- siydik analizlari;
- bolaning yurak urishini aniqlash;
- bachadon o'lchovlari;
- bolaning razmeri va joylashgan
holatini aniqlash;
- onaning qo'l va oyoqlarida
shishlar yo'ligiga amin bo'lish;
- onani bezovta qiladigan
savollarga javob olish.
Bolaning holati
Bola ... Читать дальше »

Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 38 haftasi

Shanba02:25


Onaning holati
Haqiqiy tug'luqlar boshlanishidan
oldin siz aldamchi tug'luqlarga
duch kelishingiz mumkin. Ular
Brekston -Xiks tug'luqlaridan
farqlanadi. Haiqiqiy tug'ish
jarayoni boshlandimi, yo'qmi siz
o'zingiz his eta olasiz. Ba'zi-
ba'zida qorin va toz sohangizda
keskin elektrik tok o'tgandek
og'riqlar bolaning boshi tozda
mahkamlanayotganidan va sizning
asablaringizga tegib
ketayotganidan dalolat beradi.
Homiladorlikning oxirgi
haftasidagi kichik bir noqulaylik
qorinda striya cho'zilishning
paydo bo'lishidir. Bu qizg'ish
rangdagi chiziqlar bo'lib, qorin va
bo'ksalarda namoyon bo'ladi.
Shunday bo'ladiki, bugun uyquga
ketganingizda yo'q bo'lib, ertasi
kuni ertalabdan ular ko'p
tarqalgan bo'lishi mumkin.
Tuqqaningizdan keyin ular
bunchalik ko'rinarli bo'lmay, rangi
ochilib ketadi.
Ko'kraklar hajmi og'irlashib
ketgan. Ulardan og'iz suti ajralishi
sizni ona bo'lishingizga
tayyorlamoqda.
Bolaning harakatlarini kuzatib
yuring. Uzoq vaqt mobaynida bola
qimirlamay qolsa, bu haqda
shifokorga xabar bering. Bolaga
hech narsa qilmagan bo'lsada, u
qiynalayotgan bo'lishi mumkin.
Qindan qon yoki suyuqlik ajralishi
tug'ish jarayoni
boshlanayotganidan dalolat
beradi. Qon ajralishi esa biroz
xavfliroq holat d ... Читать дальше »

Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 39 haftasi

Shanba02:23


Onaning holati
Hozir bachadon bo'yni qisqarib
ochilmoqda. Siydik pufagi esa
o'zida juda katta bosim his
etmoqda. Tug'ish payti
yaqinlashayotgan sari biroz
asabiylashishingiz mumkin.
Tug'ish jarayoni
boshlanayotganidan muntazam
ravishda qaytarilayotgan tug'luqlar
dalolat beradi. Tug'ish jarayoni
Tug'ish jarayoni yaqinlashmog'i
haqida yana bir belgi suv kabi
suyuqlikning qindan ajralishi yoki
biroz xavfliroq holatda qon
ajralishi. Bunda tezda shifoxonaga
borish yoki Tez yordam
chaqirtirish talab etiladi.
Tug'ishdan oldin bolaning boshi
tozda yaxshilab o'rnashib oladi. Bu
holat uning tug'ish jarayonida
oson harakatlanishiga yordam
beradi. Ayniqsa oldin tuqqan
ayollarda bunday bo'ladi.
Shuning uchun tuqqan ayollarda
tug'ish jarayoni osonroq,
davomiyligi esa qisqaroq bo'ladi. Saboq.Moy.Su saytidan olingan. Bolaning holati
Bolaning uzunligi 50 sm
Og'irligi 3000 gr
Bola asosiy momiq tuklarini
yo'qotib bo'ldi. Oyoq
barmoqlaridagi tirnoqlari o'sib
bo'ldi. Bolaning kindik ichakchasi
1.3 sm qalinlikda bo'lib u orqali
xali ham ozuqa moddalari bolaga
yetkazilib berilmoqda.
Sizning qoningizdagi
antimoddalarning kichik miqdori
bolaning qoniga yo'ldosh orqali
o'tib qolishi mumkin. Bu uning
immun tizimi ishga tushishi ... Читать дальше »

Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 40 haftasi

Shanba02:21


Onaning holati
Bola tug'ilishini kutayotib tinch
bo'lishga asabiylashmaslikka
harakat qiling. Og'riqlar bezovta
qilgan payti chuqur nafas oling.
Homiladorlikning oxirgi
kunlarida yoningizda doim
yaqinlaringizdan kimdir bo'lishi
kerak. Tug'luqlar boshlanib
qolganda shifoxonaga borish
uchun sizga yordam kerak
bo'ladi.
Shifokor tug'ish muddatini
belgilagan bo'lishiga qaramay,
aynan o'sha kuni tug'ishingiz
ehtimoli juda kichik. Shuning
uchun tug'ish jarayoniga oldindan
tayyor bo'lib yuring.
Siz endi umuman sekin
harakatlanadigan, bir joyga
sig'maydigan bo'lib qoldingiz.
Siz tug'ishga shoshayotganingiz
bilan endi oz qolganini bilib
turibsiz.
Uxlayotganda qulay holatda
bo'lish juda qiyin bo'lmoqda. Lekin
ko'proq dam olish haqida
unutmang. Uyqingiz kelmasa ham,
yotib yaxshi niyatlar qilib yoting.
Tug'ish jarayonida sizga juda ko'p
kuch kerak bo'ladi.
Bolaning harakatlariga ahamiyat
berib yuring. Uning uzoq vaqt
harakat qilmasligi u
qiynalayotganidan dalolat berishi
mumkin.
Aldamchi tug'luqlar soni ko'payib
borishi mumkin, lekin ba'zi ayollar
ularni sezmay birdaniga haqiqiy
tug'luqlar bilan tug'adilar.
Vahimada va xavotirda bo'lmang.
Tug'ish jarayonida kerak
bo'ladigan nafas olish
mashg'u ... Читать дальше »

Homiladorlikning 3-trimestri (28-42 haftalar)

Shanba02:18


Homila razmerlari tezlik bilan
ko'payadigan davr. Uchinchi
trimestr mobaynida homila
o'rtacha 3.2-3.5 kg og'irlikda
bo'lib, bo'yi o'rtacha 48-52 smga
teng bo'ladi.
Homiladorlikning 7 oyi ham yetib
keldi. Ko'pchilik ayollar shu
muddatga kelib yana oz
qolganidan yengil tortadilar.
Homiladorlikning ushbu
muddatida bachadon razmerlari
ancha kattalashgan bo'ladi. Homila
harakatlari ko'payadi va
kuchayadi. Endi tug'luqlar
namoyon bo'lishi ham mumkin.
Agar ular regulyar bo'lsa yoki 1
soatni ichida kamida 2 marta
qaytarilsa, u holda tezda vrachga
murojaat qilish shart.
Uchinchi trimestrda
bachadon siydik pufagini siqishi
tufayli homilador ayol tez-tez
hojatga chiqishi kuzatiladi. Vazni
ko'paygan homilador ayollarda
ko'p yurganda yoki harakat
qilganda nafas olishi qiyinlashishi
namoyon bo'lishi mumkin. Buning
sababi kattalashgan bachadon
o'pkani ham bir oz
siqayotganidadir. Shuning uchun
toza havoda ko'p bo'lish lozim,
onaga ham homilaga ham
kislorod juda kerak bo'ladi. Lekin
homiladorlikning oxirgi
haftalariga kelib homila pastroq
siljiydi va nafas olish, harakat
qilish osonlashadi. Shuning uchun
ko'pchilik homilador ayollar 9-
oyga kelib o'zini yengil bo'lib
qolgandek sezadi.
Ayrim ayollarda
Br ... Читать дальше »

Homiladorlikning 2-trimestri (14-28 haftalar)

Shanba02:15


Ushbu davr mobaynida
homilaning bo'yi 30 sm gacha
o'sadi, vazni 700gr gacha oshadi.
Homiladorlikning 2-trimestrida
bo'lajak farzand jinsini aniqlash
mumkin.
Ikkinchi trimestr ko'pchilik ayollar
uchun eng yengil va yoqimli
davrdir. Bu davrga kelib toksikoz
alomatlari deyarli yo'qolgan
bo'ladi. Qorin kattalashgani
bilinadi, birinchi bor
tug'ayotganlarda aynan shu
davrdan boshlab qorin chiqqani
atrofdagilarga ayon bo'ladi. O'n
oltinchi haftalarga kelib yo'ldosh
va homila organlarining deyarli
barchasi shakillanib bo'ladi. Agar
1-trimestrda homiladorlikni
saqlanishiga ayol organizmi ishlab
chiqaradigan progesteron javob
bergan bo'lsa, endi homiladorlik
uchun muhim bo'lgan gormon
ishlab chiqarilishini, tashqi
muhitdagi zararli moddalardan
homilani asrash kabi funksiyalarni
yo'ldosh bajaradi. Undan
tashqari, homilani oziqa va
kislorod bilan ta'minlash ham
yo'ldoshning vazifasi.
Birinchi farzand
kutayotganlarda
20-haftadan,
ikkinchi farzand
kutayotganlarda
esa 18-
haftadan
boshlab
homilaning
qimirlashi
seziladi.
Homilador ayol
uchun
homilaning
birinchi bor
qimirlashi juda
katta
xursandchilik
keltiradi. Saboq.Moy.Su saytidan olingan. Ikkinchi trimestrnin ... Читать дальше »

Homiladorlikning 1-trimestri (dastlabki 13 hafta)

Shanba02:13


Spermatazoid bilan tuxumdon
uchrashgan hujayra bachadonga
o'rnashishi (implantatsiya),
homilaga aylanishi va uning
deyarli barcha organlarining
shakllanishi davri. Odatda 1-
trimestr oxiriga kelib homila
uzunligi 9 sm ni tashkil etadi. Saboq.Moy.Su saytidan olingan. Birinchi trimestrda ayollarning
ko'krak shakli va razmeri o'zgara
boshlaydi, undan tashqari ko'krak
tomirlari kattalashgandek tuyulib,
ko'krak uchi to'qroq rangga
bo'yaladi. Ayrim ayollarda ko'krak
og'riqlari kuzatilishi mumkin.
Bularning sababi bo'lajak ona
ko'kragi sut ishlab chiqarishga
tayyorgarlik ko'rayotganidadir.
Birinchi trimestrning eng asosiy
alomati bu toksikozdir. Deyarli
70% homiladorlar 1-trimestrda
toksikozga uchraydi. Ko'ngil
aynash, qayd qilish, ayrim hidlarga
nisbatan nafrat, ayrim yeguliklarni
qumsash yoki aksincha ma'lum
yegulikdan bosh tortish kabi
tuyg'ular toksikoz
namoyondalaridir. Toksikoz
haqida bu yerda batafsil o'qing
Birinchi trimestrning
alomatlaridan yana biri ayolning
tez charchashi va uyquchiligi.
Bunday paytda ko'p dam olish
kerak, homilador ayolning
yaqinlari unga yetarlicha dam
olishi uchun sharoit yaratib
berishi kerak. Ayolning kuniga
kamida 10-12 soat uxlashi
homilaga ham foyda keltiriladi.
Gormonal o'zgarishlar n ... Читать дальше »

« 1 2 3 4
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Сайтга Кунда Неча Бор Кирасиз ???
Всего ответов: 86
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama